Germaniya Fransiya va Buyuk Britaniya bilan Eron yadro dasturi masalasida AQSh bilan muloqotga yondashuvni muvofiqlashtirish niyatida. Bu haqda Evroittifoq TIV rahbarlari uchrashuvi arafasida Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel malum qildi, deya khabar beradi «TASS».

img-33034-1503760620-680x357Zigmar Gabriel.

Foto: DW

«Biz fransuz va britaniyalik hamkasblar, shuningdek, Evropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bilan mavjud kelishuvni saqlab qolish uchun AQSh bilan qanday muloqotga kirishishni muhokama qilamiz», — dedi Zigmar Gabriel.

«Shu bilan birga, Eronning mintaqadagi roli mavzusi ham yana kun tartibida buladi», — deb qushimcha qildi vazir.