AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo 2–3 fevral kunlari Toshkentga keladi. Bu haqda 24 yanvar kuni AQSh tashqi ishlar vazirligi akhborot khizmati khabar qilgan.
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo
Foto: Flickr
Tashrif Pompeoning Buyuk Britaniya, Ukraina, Belarus, Qozogiston va Uzbekistonga sayohati doirasida amalga oshiriladi.
AQSh davlat kotibi Toshkentda prezident Shavkat Mirziyoev hamda tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan uchrashadi.
Shuningdek, u «Markaziy Osiyo—AQSh» («C5+1») formatidagi Uzbekiston, Qozogiston, Qirgiziston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvda ishtirok etadi.
Pompeo Qushma Shtatlarning Markaziy Osiyo mintaqasi yangi strategiyasini qullab-quvvatlashini tasdiqlagan, deyiladi khabarda.
Mavzuga doir: Mayk Pompeo AQSh Venesuelada hokimiyatni uzgartirish loyihasi ustida ish olib borayotganini malum qildi
Maykl Pompeoning Ukraina, Belarus, Qozogiston, Uzbekiston va Kiprga tashrifi 3–7 yanvar kunlari utishi rejalashtirilgandi, ammo Iroqdagi vaziyatning chigallashuvi, Amerika elchikhonasida norozilik namoyishlari utkazilgani tufayli tashrif kechiktirilgandi.