Amerikaning BuzzFeed media-portali o‘zbek milliy taomlariga bag‘ishlangan maqolani chop etdi, deb yozadi “Nuz.uz”.

1510065607_9-600x450

Foto: “Nuz.uz”

Maqola “Siz zudlik bilan tatib ko‘rishingiz kerak bo‘lgan 16 ta o‘zbek tansiq taomlari” deb nomlandi. Maqola muallifi Dayana Bryuk yozishicha, o‘zbek taomlari boyligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Buning ustiga, ro‘yxatga kirgan taomlarning barchasi tabiiy mahsulotlar asosida tayyorlanadi.

16 talik ro‘yxatga kabob, somsa, manti, to‘y palovi, sho‘rva, lag‘mon, chuchvara, norin, dimlama kabi o‘zbek oshxonasining mumtoz taomlari kirdi. Shuningdek, “Toshkent” go‘shtli salati va “Achchiq-chuchuk” salati ham kirdi. Desertga esa BuzzFeed xolvaytar va choy taklif qiladi.