Home / Madaniyat / Zulhijja oyi golibi buling!

Zulhijja oyi golibi buling!

zulhijjaSport musobaqalariga qatnashuvchilar zafar qozonishlari uchun yil buyi tayyorgarlik kurishlari hammamizga malum. Demak, biz ham golib bulish uchun tayyorgarlik kurishimiz kerak. Shuni unutmaylikki, hamma tayyorgarlik kurganlar ham muvaffaqiyatli urinlarga erishavermaydi. Chunki tayyorgarliklar turlicha buladi. Kim kuproq jiddu-jahd bilan tirishib tayyorlansa, mukofot uniki buladi.

Nomiga tayyorgarlik kurganning kursatkich natijasi ham uziga munosib buladi. Umuman tayyorlanmagan yoki tayyorgarlik haqida uylab ham kurmagan kishini uzingiz tasavvur qilavering. Unga mukofot qaerdan ham kelsin. Dunyoviy musobaqalarga kuriladigan tayyorgaliklarga nazar solganda, okhirat musobaqasi bundan-da haqliroq ekanini unutmaylik.

Chunki dunyo yutugi bilan okhirat yutugini tenglashtirib bulmaydi. Okhirat yutugi uchun shoshilish munosibroq emasmi? Bugun biz ana shunday jannatga erishish uchun musobaqalashadigan muborak kunlarni qarshisida turibmiz.

«Robbingizdan bulgan magfiratga shoshilinglar» (Oli Imron, 133)
«Bas, musobaqalashuvchilar mana shunda musobaqa qilsinlar!» (Mutoffifin, 26)

Alloh taoloning bazi kunlarni boshqa kunlardan kura ortiqroq va afzalroq qilib quyishi bandalariga savoblarini kupaytirib olishlari uchundir.

عَنْ مُحَمَّدِ ابن مَسْلَمَةَ الأَنْصَارِيِّ رضي الله عنه قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم :«إِنَّ لِرَبِّكُمْ فِي أَيَّامِ دَهْرِكُمْ نَفَحَاتٍ، فَتَعَرَّضُوا لَهُ، لَعَلَّهُ أَنْ يُصِيبَكُمْ نَفْحَةٌ مِنْهَا، فَلا تَشْقَوْنَ بَعْدَهَا أَبَدًا» .

Muhammad ibn Maslama al Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zamoningizda Robbingizning tuhfalari bor, uni qarshi olinglar. Shoyad, ulardan bir tuhfa sizlarga etib, undan sung hech qachon bakhtsizlik kurmasangizlar», dedilar.

(Tobaroniy rivoyati)

Bandalarga tuhfa qilingan mavsumlardan biri Zulhijja oyining avvalgi un kuni hisoblanadi. Bu kunlarni ganimat bilgan, ularni bekorga utkazib yubormagan inson qandoq ham bakhtli insondir. Bunday ulug kunlar bandadan uni guzal qarshi olishi va unda kuproq solih amallar qilishini talab qiladi. Inson dunyoda guyoki musofir kabidir.

Musofir safarga tayyorgarlik kurib chiqsa, safari khayrli, barokatli buladi. Biz uchun dunyodan okhirat safariga tayyorgarlik kurib bormogimiz lozimdir. Bu kunlar esa uta qimmatli va qaytib kelmaydigan kunlardir.

Zulhijja oyining fazli

Quroni Karim va sunnati nabaviyada uning fazliga dalillar bor: «Qasamyod etaman tong (vaqti)ga va un kechaga,…..» (Fajr, 1-2) Ibn Kasir, Ibn Abbos, ibn Zubayr va Mujohidlar roziyallohu anhumolar bu un kechadan murod Zulhijjaning un kechasidir, deganlar. Alloh taoloning bu kechalarga qasam ichishi shu kechalarning fazilatli ekaniga kifoya qiladi. Demak, bu kunlar uta qimmatli kunlardir.

عن ابن عباس رضي الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: «ما العمل في أيّام أفضل في هذه العشرة، قالوا: ولا الجهاد، قال: ولا الجهاد إلاّ رجل خرج يخاطر بنفسه وماله فلم يرجع بشئ». رواه البخاري.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Boshqa kunlardagi amal bu un kunchalik afzal emas», dedilar. Ular: «Jihod hammi?» deyishdi. U Zot: «Jihod ham, faqatgina bir kishi joni va molini khatarga quyib chiqsa-yu, biror narsa bilan qaytmasa, bundan mustasnodir, dedilar. (Yani, moli-yu joni bilan chiqib, uzi ham shahid bulib ketgan kishi bundan mustasnodir.) (Bukhoriy rivoyati)

عن ابن عمر رضي الله عنهما قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: «مامن أيّام أعظم عند الله سبحانه ولا أحب إليه العمل فيهن من هذه الأيام العشر، فأكثروا فيهن من التهليل والتكبير والتحميد». رواه الطبراني في المعجم الكبير.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hech bir kundagi solih amal Alloh subhanahu va taoloning huzurida ushbu un kunchalik ulugroq va mahbubroq emas. U kunlarda tahlilni (laa ilaha illalloh), takbirni (Allohu akbar) va tahmid (alhamdu lillah)ni kupaytiringlar», dedilar.

Ibn Hajar roziyallohu anhu aytadilar: «Bu un kunning afzalligining sababi, bu kunlarda namoz, ruza, haj, arafa kuni va sadaqalar berishdan iborat ulug ibodatlar jamlangandir. Boshqa kunlarda bunday ulug ibodatlar birga jamlanmaydi.

Bu un kun Alloh taoloning huzurida eng ulug va eng mahbub kunlar ekan, buning qadriga etmogimiz kerak. Bu kunlarda har bir ibodatga shoshilaylik. Aslida uzimizga jadval qilib olishimiz kerak. Yani qachon qaysi ibodatlarni qilishga aniqlik kiritib olsak, kunlarimiz barokatli utadi. Qimmatli vaqtimizni behuda narsalarga sarflab quyishdan ehtiyot bulaylik!

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари