Home / Madaniyat / Ziroatlar zakoti haqida

Ziroatlar zakoti haqida

ziroatAlloh taolo: «Va uning haqini hosilini yiqqan kuni bering. Isrof qilmang. Chunki U Zot isrofchilarni yakhshi kurmas», degan (Anom: 141).
Sharh: Ushbu oyatda Alloh ziroat ekinlari hosilini yiqqan kunda haqini – zakotini berishga amr qilmoqda. Bu ziroat boyliklaridan zakot berish farz ekanini bildiradi.

Abu Said al-Khudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Besh vasaqdan kamda sadaqa yuq. Besh zavaddan kamda sadaqa yuq. Besh uvqiyadan ozda sadaqa yuq», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Bu rivoyatdagi ulchovlar bilan tanishib olaylik;
1. Vasaq ogirlik ulchovi bulib, bir vasaq 130,6 kg buladi. Besh vasaq esa 653 kg buladi. Demak, ziroat mahsuloti 653 kilogrammga teng bulganda nisobga etgan buladi.
2. Zavad – oz sonli tuyaga ishlatiladigan suz. Tuyaning soni beshtaga etishini avval urganib utdik.
3. Uvqiya – kumush pulning ulchovidir. Bir uvqiya qirq dirhamga tengdir. Demak, kumush pul ikki yuz dirhamga etganda nisobga tenglashgan buladi.
Bizga, ushbu mavzumizda ziroat boyliklariga tegishli qism kerak, chunki hayvonot boyliklariga tegishlisini urganib utdik. Tillo-kumushnikini esa, Alloh khohlasa, kelajakda urganamiz.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Anhorlar va bulutlar sugorgan narsalardan ushr (undan bir), suv chiqaruvchi hayvon ila sugorilgandan ushrning yarmi», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Boshqa bir rivoyatda:
«Osmon, anhorlar, buloqlar yoki tomiridan suv ichganlaridan ushr. Suv chiqaruvchi hayvonlar va suv chiqaruvchi asboblar ila sugorilganlardan ushrning yarmi», deyilgan.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda ishlab chiqarishda ishlab chiqaruvchi tomonidan sarflangan mablag va khizmat qanchalik qadr-qiymatga ega ekanligi ochiq-oydin kurinib turibdi. Ekinlarni sugorish uchun inson uz khizmati va mablagini sarflab suv chiqarganda, undan oddiy holatdagining yarmicha zakot olinishi shuni kursatadi.
Ushbu bobda keltirilgan oyat va hadislar ziroat boyliklaridan zakot berish farzligini ham kursatadi.
Shuningdek, Alloh taolo «Baqara» surasida: «Ey iymon keltirganlar, kasb qilgan pok narsalaringizdan va sizga erdan chiqarib bergan narsalarimizdan infoq qilinglar», degan.
Islom ummati ziroat boyliklaridan zakot (ushr) yoki ushrning yarmini chiqarish farzligiga doimo ijmo qilgan. Ziroat mahsulotlaridan zakot chiqarish haqidagi hujjat va dalillar hamda ularni tushunish ham har khil bulganidan, ularning qaysilaridan zakot chiqarish masalasi esa turlicha bulgan.
1. Ibn Umar va yana bir guruh salaflar ziroat mahsulotlaridan faqat bugdoy, arpa, khurmo va mayizdan zakot chiqariladi, boshqalaridan chiqarilmaydi, deyishgan.
Ular dalil sifatida ikkita hadis keltiradilar. Ularda ushbu turt narsa zikr qilingan, kholos.
2. Molikiy va Shofeiy mazhablari odamlarga qut buladigan, yani uz ikhtiyorlari ila ovqat qilib oladigan narsalar va saqlash mumkin bulgan ziroat mahsulotlaridan zakot beriladi, boshqalaridan berilmaydi, deganlar.
Ularning fikricha, yongoq, bodom, pista kabi narsalardan zakot olinmaydi. Chunki ular oddiy holatlarda qut hisoblanmaydi.
Shuningdek, olma, anor, nok, shaftoli, poliz ekinlari va shunga ukhshash kup tursa aynib qoladigan mahsulotlardan ham zakot olinmaydi.
Bu mazhablar uz fikrlarini quvvatlash uchun bir necha hadislar keltirishgan, ammo u hadislar ulamolar nazdida kuchli hujjat bulish darajasida emas.
3. Imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhning mazhablari buyicha har bir quritiladigan, bir muddat boqiy qoladigan va eyiladigan narsadan zakot olinadi.
Bu mazhab oldingilardan kengroq bulib, poliz ekinlari hamda turmaydigan mevalardan zakot olinmaydi, deydi.
4. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhablarida erdan chiqqan har bir narsadan zakot olinadi.
U kishining hujjatlari:
Alloh taolo Quroni Karimda: «Va sizga erdan chiqarib bergan narsalarimizdan infoq qilinglar», degan.
U Zot birini aytib, ikkinchisini quymagan. Bir ziroat mahsulotini boshqasidan ajratmagan.
Alloh taolo: «Va hosilini yiqqan kunda haqini bering», degan.
Usha oyatning avvalida bogu roglarni, khurmoni, ziroatni, zaytunni va anorni zikr qila turib, keyin infoq qilishga amr qilgan.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Osmon sugorganlardan ushr, suv kutarib sugorganlardan ushrning yarmi», deganlar.
Qut buladigan, bulmaydigan yoki quriydigan, qurimaydigan, demaganlar.
Abu Hanifa rahmatullohi alayhning mazhablari dalil tomonidan ham, aql tomonidan ham, mantiq tomonidan ham, voqelik tomonidan ham qadimdayu  hozirda ham, kupchilik ulamolar tomonidan qullab quvvatlangan. Barcha ziroat mahsulotlaridan zakot berish zarurligi takidlangan.

ZIROAT MAHSULOTI NISOBI

Utgan hadislardan ziroat mahsulotlarining nisobi besh vasaq ekanligini bildik. Ushbu hadislar asosida jumhur ulamolari besh vasaqdan kam miqdordagi ziroat mahsulotlaridan zakot olinmaydi, deydilar.
Abu Hanifa rahmatullohi alayh esa ziroat mahsulotlarining ozidan ham, kupidan ham zakot olinadi, deydilar. Bu gapni Ibrohim Nakhaiy, Ato ibn Abi Raboh, Umar ibn Abdulaziz va boshqalar ham aytganlar. Ular zakot farzligi tugrisidagi oyat va hadislarda nisob haqida suz yuqligini hujjat qilib keltiradilar.
Hamasr ulamolarimizdan bazilari jumhurning qavlini qabul qilishadi.
Don va mevalarning nisobi besh vasaq, deyishadi. Bir vasaq oltmish so, deyilgan, demak uch yuz so don va mevalarning nisobi buladi. So esa ogirlik ulchovi bulgan. So malum miqdordagi donni uziga sigdiradigan idish bulgan. Uning qancha ogirlikdagi donni sigdirishi haqida qadimgi va hozirgi ulamolar turli miqdorlarni aytganlar.
Jumladan, kilogramm manosida suz ketganda 2.176, 2.751 va 3.800 kg.lar zikr qilingan. Ehtiyot yuzasidan eng ozi 2.176kg olinadigan bulsa, nisob 652.8kg. buladi.
Nisobni aniqlashda mahsulot qurib, tozalanib bulgandan keyingi miqdor hisobga olinadi. Tozalanmasdan qobigi yoki boshogi bilan saqlanadigan narsalarni mutakhassislar aniqlaydilar.
Tabiiy holatda keladigan suv ila sugorilgan ekinlardan olingan ziroat mahsulotlaridan ushr (undan bir) zakot olinadi.
Suv chiqarishga charkhpalak, hayvon va boshqa narsalarni ishlatib qiynalgan bulinsa, ushrning yarmi miqdorida zakot olinadi. Sugorishdan boshqa ishlarda qilingan sarf va harakatlar etiborga olinmaydi.
Har bir tur ziroat mahsulotning nisobida ham, zakot chiqarishda ham alohida hisob qilinadi.
Hanafiy mazhabi buyicha vaqf erlardan chiqqan ziroat mahsulotlaridan ham zakot olinadi. Chunki ziroat boyliklari zakotida chiqqan hosil etiborga olinadi. Ijaraga olingan erdan chiqqan mahsulotlardan beriladigan ushr Hanafiy mazhabi buyicha ijaraga beruvchidan olinadi.
Chiqqan ziroat mahsuloti zakot farz bulgandan keyin mulk egasining aybisiz nobud bulsa, Zakot soqit buladi.
Erlar ikkiga bulinadi:

1. Ushr erlari.
2. Kharoj erlari.

Ushr erlari quyidagi erlar;
Egalari molik bulib turib Islomga kirgan erlar. Madina, Toif, Yaman, Bahrayn va Makka erlari kabi.
Musulmonlar bilan egalari orasida urush bulgandan keyin musulmonlar quliga utgan va khums sifatida mujohidlarga bulib berilgan erlar. Beshdan bir qismi Quronda aytilgandek taqsim qilingan erlar.
Egasiz erlarni davlat boshligi malum kishilarga bulib bergan bulsa ham, ushr eri buladi.
Uzlashmagan erni musulmonlar uzlashtirgan bulsalar ham, ushr eri buladi.
Kharoj erlari quyidagi erlar;
Musulmonlar usha er ahli bilan urush qilib egallagan, lekin bulib bermay musulmonlarning umumiy mulki, deb elon qilingan erlar. Iroq, Ahvoz, Foris, Kirmon, Isfahon, Ray, Misr va Magrib erlari kharoj erlari bulgan.
YOki musulmonlar bilan usha erlarning ahli orasida sulh tuzilgan buladi. Najron, Davmatul Jandal, Fadk, Armaniston va Khurosonga ukhshash kharoj erlari ahdnoma orqali kishilarga beriladi va ular har yili malum miqdorda Islom davlatiga haq berib turadilar.
Davlat bu mablagni askar va maosh uchun ishlatadi. Yana sharoitga qarab boshqa yullarda ishlatsa ham buladi.
Kharoj erlaridan ushr olinadimi, yuqmi? degan savolga ulamolarimiz ikki khil javob berganlar.
Hanafiy mazhabi, kharoj erlaridan ushr olinmaydi, degan.
Jumhuri fuqaholar esa, kharoj erlaridan ushr olinadi, degan.
Ularning kursatmalari buyicha oldin kharoj chiqarib quyiladi. Keyin esa qolgan mahsulotdan ushr chiqariladi.

UZUM VA KhURMONI ChAMALASh

Attob ibn Asiyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uzumni ham khurmoga ukhshatib chamalashga amr qildilar. Uning zakoti mayiz holida olinadi. Khuddi khurmoning zakoti u qurigandan keyin olinganidek».
Sharh: Uzum va khurmo darakhtlarida turgan mevalarni chamalab, undan qancha zakot chiqishini bilishlikni arab tilida «khars» deyiladi.
Uzum va khurmoning mevasiga tam kirishi bilan chamalovchi mutakhassis odam kelib, mevazorni aylanib chiqadi, sungra bu bogdan buncha meva chiqadi, uni quritganda esa buncha qoladi, binobarin, zakoti buncha buladi, deydi. Keyin mevazorning egasi usha miqdordagi quruq khurmo yoki mayizni berishi kerak buladi.
Ushbu khars uslubini qullagan ulamolar, bu ishda fuqarolar haqini himoya qilish va bog egasiga kharsdan keyin khohlagan narsasini qilish uchun kenglik berish bor, deydilar.

Sahl ibn Hasamata roziyallohu anhudan rivoyat:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Chamalaganingizdan keyin olaveringlar va uchdan birini quyib quyinglar. Agar uchdan birini quymasangiz, turtdan birini quying», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilishgan.
Sharh: Yani chamalab chiqish lozim bulgan miqdor aniqlangandan sung uzum yoki khurmo egasi mevaning uchdan yoki turtdan birini zakotni berishga qoldirib qolganini esa, quritmay turib sotsa yoki yana boshqa maqsadlarga ishlatsa buladi.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Ravohani Khaybar yahudiylariga yuborar edilar. U khurmoga tam kirganda eyilmasdan turib chamalar edi. Sungra yahudiylarni uni usha chamalash bilan olish yoki u(faqir)larga berish ikhtiyorida quyar edi. Shu bilan meva eyilishidan va tarqatilishidan oldin zakot saqlanib qolar edi».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Sharh: Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Khaybarda yashovchi yahudiylarning mevalarini chamalab, ulardan chiqadigan mevani, binobarin, zakotni ham takhminan belgilab berish uchun Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhuni yuborishlarida chamalovchi shakhs tugrisidagi shartlar kelib chiqadi.
Demak, khars qiluvchi-chamalovchi shakhs  erkak kishi bulishi, bitta odam bulsa ham joizligi, odil, omonatli, hur, chamalashni biladigan kishi bulishi kerak. Chamalovchi har bir darakhtni borib kuradi, navini etiborga oladi. Har navga alohida chama qiladi.
U chamalab bulgandan keyin, bog egasiga zakot qancha bulishi kerakligini aytadi. Sungra ikki ishdan birini qilishni uning ikhtiyoriga quyadi. Khohlasa, zakotning miqdorini utab, u yogini uzi bilaversin, khohlasa, mevani muhofaza qilib, quritib, keyin bersin.
Agar bog egasi muhofaza qilishni ikhtiyor qilsa-yu, keyin mevani yuq bulishiga uzi sababchi bulsa, chamalangan zakot miqdorini tulaydi. Agar ofati samoviy sababli meva nobud bulsa, tulamaydi. Bazisi nobud bulib, bazisi qolsa, qolgani ulushicha zakot beradi.
Ushbu hadisi sharifda mulohaza qilingan narsa shulki, Khaybar yahudiylari musulmon bulmaganlar, musulmon bulmaganlarga esa zakot farz bulmaydi.
Qanday qilib Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhu ularning mevalarini chamalab, zakot miqdorini aytib berishlari mumkin? Shu erda, zakot emas, kharoj bulsa kerak, degan mulohaza qilishdan boshqa chora qolmaydi. Yahudiylar khiyonat qilmasinlar, degan mulohaza bilan Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Ravoha roziyallohu anhuni khars qilish uchun yuborgan buladilar.
Hanafiy mazhabi kharsni, yani mevaga tam kirganda chamalab zakot miqdorini aniqlashni qabul qilmagan.
Ularning nazdida khars ishlari ribo harom qilinguncha bulgan. Ushbu hadislar ham usha vaqtga oid. Ribo harom qilingandan keyin khars qilish mumkin bulmay qolgan. Shuning uchun ularda uzumdan ham, khurmodan ham, boshqa mevalardan qandoq zakot olinsa, shundoq olinaveradi.
Tohoviy Jobir roziyallohu anhudan Paygambarimiz kharsdan nahiy qilganlari, bu hukm naskh bulganligini tasdiqlovchi hadis rivoyat qilgan.
Endi «Ziroat boyliklaridan zakot berish farzini ziroatchilar qandoq ado etmoqdalar?» degan savolni berib kuraylik.
Kupgina joylarda «ushr»ning nima ekanligi unutilib ketgan desak, yolgonchi bulmaymiz. Boshqa joylarda ziroat boyliklaridan zakot berish ziroatchilarning uziga bogliq. Khohlasa beradi, bulmasa yuq. Berganlar ham uz tushunchalariga muvofiq beradilar. Shariat hukmi asosida, tushungan holda, hamma tomonlarini urniga quyib ziroat boyliklari zakoti buyicha farz ibodatini ado etish qaerda va kimlarda risoladagidek bulayotganini Allohning Uzi biladi.
Musulmonlar boshiga kelayotgan kupgina balo-ofatlarning ushbu farz ibodatning ado etilmayotgani bilan aloqasi yuqmikan? Ziroatchilar topgan daromadlarining qut-barakasi uchib ketayotgani nimadan ekan? Ana shular haqida bir uylab kurib, zakotni, shu jumladan ziroat mahsulotlari zakotini uz urnida ado etishimiz lozim.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари