Home / Madaniyat / Zamzam suvidan ichish va olib ketish

Zamzam suvidan ichish va olib ketish

zam-zamIbn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ichish uchun Zamzam tutdim. Bas, u Zot tik turgan hollarida ichdilar». Osim aytdi: «Ikrima, u Zot usha kuni tuyaning ustida edilar», deb qasam ichdi. Bukhoriy va Muslim rivoyat qilgan.
Muslimning lafzida: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam Zamzamdan, paqirda va tik turgan hollarida ichdilar», deyilgan.
Sharh: Shuning uchun bulsa kerak ulkamizda Zamzamni tik turib, qiblaga qaragan holda ichish odat bulgan.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «U kishi uzlari bilan Zamzam suvini kutarib olardi» deb Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning undan kutarib olishlari haqida khabar berardi. Termiziy rivoyat qilgan va sahih degan.
Sharh: Khuddi shunga amal qilib bugungi kungacha millionlab musulmonlar Zamzamdan uz yurtlariga kutarib olib ketadilar.

Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shuning uchundir», dedilar». Ibn Moja, Ahmad va Ibn Hibon rivoyat qilgan.
Sharh: Yani Zamzamni kim nima niyat bilan ichsa, usha niyatiga erishadi. Bu haqiqatni kupchilik mukhlis kishilar uz tajribalaridan utkazganlar.
Imom Dora Qutniy va al-Hokimlar keltirgan rivoyatda quyidagilar aytiladi:
«Zamzam suvi nima uchun ichilsa, shuning uchundir. Uni shifo talabida ichsang, Alloh senga shifo beradi. Uni panoh talabida ichsang, Alloh senga panoh beradi. Agar uni chanqogingni kesish uchun ichsang, Alloh chanqongingni kesadi. Agar uni tuyish uchun ichsang, Alloh seni tuydiradi. U Jabroilning ishorasidir. U Ismoilning ichimligidir», deyilgan.

Zamzamning tarikhi

Zamzamning tarikhini urganishni imom Bukhoriy uzlarining Jomeus Sahih kitoblarining «Badul khalq» bobida rivoyat qilgan hadisi sharifdan iqtibos keltirish bilan boshlaymiz.
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Ayollardan birinchi bulib belbog boglash Ismoilning onasi tomonidan bulgan. U Soraga bulgan uzining tasirini ketkazish uchun belbog boglagan.
(Usha vaqtda faqat khizmatkorlar belbog boglashar edi. Bibi Hojar bibi Soraning oldida uzini u bilan teng kundosh emas, balki uning khizmatkori qilib kursatish uchun shundoq qilganlar.)
Sungra Ibrohim uni va uning emizayotgan ugli Ismoilni olib kelib, baytning urniga quyib ketgan. Zamzam ustidagi katta darakht ostiga. Masjidning yuqori tarafiga. Usha paytda Makkada biror kishi ham, suv ham yuq edi.
U ikkovlarining oldilariga bir khurmosi bor khalta va suvli mesh quydi. Sungra Ibrohim ortiga qaytib ketdi. Ismoilning onasi unga ergashib:
«Ey Ibrohim! Bizni ins ham yuq, jin ham yuq, biror narsa ham unmaydigan vodiyga tashlab qayoqqa ketmoqdasan?!» dedi. U buni bir necha marta takrorladi. U esa unga ugrilib qaramas edi. Shunda:
«Alloh seni shunga amr qildimi?» dedi.
«Ha», dedi.
«Undoq bulsa, bizni zoe qilmaydi», dedi-da ortiga qaytdi.
Ibrohim esa uz yulida davom etdi. Qachonki u tepalik yulidan utganida, ular uni kurmaydigan bulganda baytga yuzlanib usha kalimalar ila duo qildi va ikki qulini kutardi:
«Ey Robbimiz, haqiqatda, men uz zurriyotimdan, Sening Baytul Haroming yoniga, giyohsiz vodiyga joylashtirdim», deb aytdi.
Ismoilning onasi Ismoilni emizib, haligi suvdan ichib turdi. Meshdagi suv tamom bulganda chanqay boshladi. Ugli ham chanqadi. Unga qarasa, u tulganib tipirchilar edi. Unga nazarim tushmasin deb, yurib ketdi. U uziga eng yaqin bulgan tog Safoni kurdi. Uning ustiga chiqib, biror kishini kurarmikanman deb vodiy tomon nazar sola boshladi. Hech kimni kurmadi. Keyin Safodan tushdi. Vodiyga etganida kuylagining etagini kutarib qattiq harakat qilgan insondek sayi qilib, vodiydan utdi. Sungra Marvaga keldi. Uning ustiga chiqib, biror kishini kurarmikanman deb, vodiy tomon nazar sola boshladi. Hech kimni kurmadi. Etti marta ana shundoq qildi.
Ibn Abbos roziyallohu anhu, Paygambar: «Ana usha odamlarning ikkisi orasidagi sayidir», dedilar», dedi.
U Marvaga chiqqan paytida bir ovoz eshitdi. Uziga uzi, jim, dedi. Sungra quloq osdi. Yana usha ovozni eshitdi.
Shunda u: «(Ovozingni) eshitdirding. Agar imkoning bulsa, menga yordam ber», dedi. U qarasa, Zamzamning urnida farishta turibdi. Tovoni ila yoki qanoti ila izlayapti. Okhiri suv chiqdi. U(Hojar) suvni tusa boshladi. Ikki quli bilan bundoq qilib hovuchlab olib, meshga quya boshladi. Hovuchlab olgandan keyin u yana otilib chiqar edi.
Paygambar sollallohu alayhi vasallam: «Alloh Ismoilning onasini rahmat qilsin. Agar Zamzamni tek quyganida yoki suvni hovuchlab olmaganida Zamzam kurinib turadigan buloq bular edi», dedilar.
U ichdi va bolasini emizdi. Farishta unga: «Zoe bulishdan qurqma. Bu erda Baytulloh bor. Uni manavi bola va uning otasi bino qiladi. Albatta, Alloh Uz ahlini zoe qilmaydi», dedi.
Baytning urni tepalikka ukhshash kutarilgan er edi. Sellar kelsa, ung va chap tomonlaridan utib ketar edi. Ana shundoq davom etdi.
Bir vaqt Jurhumdan yoki jurhum ahli baytidan bir guruh rafiqlar Kadaa yulidan kelib, utib qoldilar. Ular Makkaning past tomoniga tushdilar. Bas, aylanib uchayotgan qushni kurdilar. Ular, albatta. Bu qush suv bor joyda aylanadi, bu vodiyda, bilishimizcha, suv yuq edi, deb bir yoki ikki odamni yubordilar. Ular qaytib kelib, suvning khabarini berdilar. Ular borsalar, suv oldida Ismoilning onasi turibdi. Ular: «Sening huzuringga tushishimizga izn berasanmi?» dedilar.
«Mayli. Lekin suvda sizlarning haqqingiz yuq», dedi.
«Khup», dedilar.
Bu narsa Ismoilning onasiga yoqib tushdi. U unsi ulfatni khush kurardi. Ular usha erga tushdilar. Ahllariga ham odam yubordilar. Ular ham keldilar. Ulardan bir qancha ahli baytlar buldi. Bola yigit buldi. Ulardan arabchani urgandi. U yigit bulib ularning kuziga nafis kurindi, ularga yoqib qoldi. U voyaga etganida uni uzlaridan bir ayolga uylantirishdi. Ismoilning onasi vafot etdi».
Keyinchalik Jurhum qabilasi Alloh taologa gunoh va Baytullohga hurmatsizlik qilgani uchun, Zamzam suvi quridi va quduqning uzi kumilib ketdi.
Zamonlar utdi. Avlodlar birin-ketin kelib ketdi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalib bir kuni Kabai Muazzamaning yonida ukhlab yotganida, tushida birov kelib: «Tiybani kovla», dedi.
«Tiyba nima?» dedi Abdulmuttalib.
Sungra haligi ovoz egasi goyib buldi. Ertasiga yana usha joyda ukhlab yotganida, kechagi shakhs tushiga kirib:
«Barrani kovla», dedi.
«Barra nima?» dedi Abdulmuttalib.
Sungra haligi ovoz egasi goyib buldi. Ertasiga yana usha joyda ukhlab yotganida, kechagi shakhs tushiga kirib:
«Maznunani kovla», dedi.
«Maznuna nima?» dedi Abdulmuttalib. Sungra haligi ovoz egasi goyib buldi. Ertasiga yana usha joyda ukhlab yotganida, kechagi shakhs tushiga kirib:
«Zamzamni kovla», dedi.
«Zamzam nima?» dedi Abdulmuttalib.
«U hech qurimas va yomonlanmas. Kup hojilarni sugorur. U tezak va qon bor joyda. Qarga er chuqiyotgan joyda. Chumoli bor joyda», dedi.
Abdulmuttalib uyqusidan turib borib odamlar hayvonlarini suyadigan joyni, hozirgi Zamzam qudugi urnini, topdi. U erda qarga er chuqib turar, chumoli gizillab yurar edi.
Abdulmuttalib usha erni qaziy boshladi. Usha paytda faqat birgina ugli, al-Horisgina bor edi. Uzi yolgiz ogir ishni amalga oshirishda juda qiynaldi. Lekin bor kuchini ishga solib, tishini tishiga bosib, jon-jahdi bilan er qazidi. Uning uchun bu ishning okhiri kurinishi, suv chiqishi qiyinga ukhshab ketdi. Ushanda uziga yordam beradigan ugillari yuqligidan uksidi. Agar Alloh taolo menga un dona ugil bersa, ulardan birini Uning yulida qurbonlik qilaman, deb nazr atadi.
Ammo Abdulmuttalib azimatli inson edi. U maqsadi yulida har qanday ishni qilishga, har qanday mashaqqatga dosh berishga odatlangan edi. Shuning uchun ham unga uzining yolgizligi ham, ishning ogirligi ham tasir qilmadi. Hech bushashmay er kovlashda davom etdi. Qurayshliklar esa qani nima bular ekan, deb uzoqdan kuzatib turar edilar.
Abdulmuttalib suvni kurganda, «Allohu akbar!» deb takbir aytdi. Qurayshliklar uni uz maqsadiga erishganini angladilar. Abdulmuttalib qazishda davom etib quduq atrofidan Ismoil alayhissalomdan qolgan tabarruk narsalarni ham birin-ketin topa boshladi. U har bir narsani topganda, takbir aytar edi. Qurayshliklar esa uni yana bir narsaga erishganini bilishar edi.
Abdulmuttalib Zamzamni qayta kovlab bitirganidan keyin, qurayshliklar unga egalik qilishda sherik bulmoqchi buldilar. Ular Abdulmuttalibga, «Bu Ismoilning qudugi, shuning uchun unga egalik qilishda biz ham senga sherik bulishimiz kerak», dedilar.
Abdulmuttalib esa bush kelmadi. «Buni mening uzim qazidim, mening uzim egalik qilaman», dedi.
Qurayshliklar Abdulmuttalibning yakhshiligini bilganlaridan, uzlariga ham Zamzamdan foydalanishga ijozat berishiga ishonganlaridan gaplaridan qaytdilar.
Darhaqiqat, hammalari Zamzam suvidan ichib, barakasidan bahramand buldilar. Hammalari bu ishdan khursand buldilar. Uzlariga izzat va karomat qaytib kelganidan mamnun buldilar. Chunki Zamzam Ismoil alayhissalom, u kishinig otalari Ibrohim alayhissalom va onalari Bibi Hojarlarga tegishli narsa edi. U zotlar esa arablarning fakhri edi.
Asrlar davomida Zamzam qudugiga bir necha bor uzgarishlar buldi. Ulardan bazilarini eslab utmogimiz mumkin.
Khalifa Horun Rashid davrida uni bir necha arshin chuqurroq qilib qazildi. Khalifa Mahdiyning davrida ham shunga ukhshash ish qilindi.
Khalifa Aminning davrida quduqning chuqurligi qirq arshinga etdi.
Khalifa Mutasimning davrigacha Zamzam qudugining usti ochiq bulgan. Keyin uning usti yopilgan. Vaqt utishi bilan boshqa uzgarishlar ham kiritilgan.
Saudiylar davrida kupgina ishlar qilindi va qilinmoqda. Tavof maydonini kengaytirish buyicha birinchi ishlar olib borilayotgan 1377 hijriy sanada, Zamzam uyini tamoman boshqacha qilindi. Tavof qiluvchilarga qulaylik tugdirish maqsadida Zamzam uyini er ostiga olindi. Uning ustidan ham tavof qilish yulga quyildi. Quduqning uziga tamin betondan devor qilinib, ustiga marmar qoplandi.
1399 hijriy sanada, ikkinchi kengaytirish ishlari olib borilayotganda Zamzam qudugining chuqurligi un sakkiz metr, oltmish santimetr edi.
Abbosiy khalifalar davrida Zamzam suvini quduqdan tortib olib usti ochiq havzalarga quyilar va ulardan odamlar olishar edi. Keyinchalik suv saqlanadigan omborlarga jumraklar quyildi. Zamzamchilar meshkoblarda odamlarga suv tarqatadigan buldi.
1383 hijriy sanadan boshlab Zamzamni motorda tortib olish yulga quyildi. Harami sharifning ostiga tortilgan suvni tuplab, sovutadigan markaz qilindi. Usha markaz Marvaning ostida. Markaz va unga tegishli barcha narsalar sunggi zamonaviy asbob-uskuna va kompyuterlar bilan jihozlangan. Markazdagi suvga Zamzamning uzidan qilingan muz qushiladi. Sungra hamma taraflarga tarqatiladi. Hozirda harami sharifning uzida etti yuz uttiz uchta jumrakdan suv ichish mumkin. Buning ustiga sakkiz mingta makhsus katta termoslar ham doimiy ravishda Zamzamga tulgizib turiladi.
Ammo Zamzam tarqatish shu bilan kifoyalanib qolmaydi. Harami sharifdan uzoqroq joylarga Zamzamni idishlarda olib ketish uchun markazlar qilingan. Ulardan millionlab hoji va umrachilar kutarganlaricha olib ketmoqdalar. Suv tashish mashinalari tinmay Madinai Munavvaraga va Saudiyaning boshqa shaharlariga Zamzam tashiydilar.
Shunchalar kup ishlatilishiga qaramay kichkina bir quduqning suvi hech kamaymasligining uzi katta mujizadir.
Okhirgi sel paytida Zamzam mujizasini kurgan ikki kishining kamina khodimingizga aytishlaricha, harami sharifni sel loyqasi qoplaganda Zamzam loyqaning ustida kutarilib pok-pokiza holida otilib chiqib turavergan. Loyqa kutarilsa, Zamzam ham uning ustida kutarilib boravergan. Sel qaytib loyqa pasayganda Zamzam ham uning ustida pasayib-pasayib, okhiri uz urniga tushgan.
Alloh taolo barchamizga Zamzamdan qayta-qayta, tuyib-tuyib ichishni va maqsadlarimizga etishni musharraf qilsin! Omin!

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари