Home / Madaniyat / Zakotga oid turli masalalar

Zakotga oid turli masalalar

zakotZAKOT BERIShDA KhATO QILSA, NIMA BULADI?

Aytaylik, bir kishi zakotni berishdan oldin yakhshilab surishtirgan bulsa, zakotini berayotgan odam zakot olishga haqiqatda haqli, deb bilgandan sung bersa-yu, keyin usha odam zakotga haqli bulmay chiqsa, zakot bergan odam javobgar bulmaydi. Chunki u uz imkonidagi ishni qildi. Imkonidan tashqari ishga esa masul emas. Shuning uchun zakotni qaytadan bermaydi.
Ammo zakot beruvchi surab-surishtirmay berib yuborsa, keyin u odam zakotga haqsiz bulib chiqsa, zakotni boshqatdan berishi lozim buladi.
Ikki holda ham zakot oluvchi uzi insof qilib olgan zakotini qaytarib berishi kerak. Agar qaytarib bermasa, miskin va faqirning haqini egan buladi, qorniga duzakhning olovini egan buladi.

ZAKOTNI ADO ETISh YULI

Eng avvalo, zakot ishlarini, uni tuplash va taqsimlash ishlarini musulmonlarning ishboshilari uz zimmasiga olmogi lozim. Alloh taolo zakot olishga haqli sakkiz sinf ichida zakotchilarni ham zikr qilishi bu ishga musulmonlarning ishboshilari masul ekanini kursatadi. Chunki har kim uzini zakotchi qilib tayinlab olmaydi, aksincha, musulmonlarning ishboshilari tomonidan tayinlanishi kerak.
Alloh taolo «Tavba» surasida Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamga khitob qilib:
«Ularning mollaridan sadaqa olib, ularni u ila pokla va tozala», degan. Bu ham musulmonlarning ishboshilari Zakotni tuplashi kerak ekanini kursatadi.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uz hadislarida Muoz ibn Jabal va boshqa omillariga zakot olish va taqsimlashni yulga quyishni topshirganlar.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam uzlari bu ish qanday bulishini amalda kursatganlar. U Zot sollallohu alayhi vasallam uzlariga tobe bulgan hamma joylarga zakotchilar yuborib, Zakotni tuplatib, haqdorlarga taqsimlab berganlar.
U Zot sollallohu alayhi vasallamdan keyin khalifalari ham bu ishni ogishmay davom ettirganlar. Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhu esa zakotni berishdan bosh tortganlarni «murtad», deb elon qilib, ularga qarshi jihod boshlaganlar.
Islom nizomi zakotda musulmonlarning ishboshilari tomonidan zakotchilar tayin qilinishini taqozo qiladi.
Bundan tashqari, zakot ishiga musulmonlarning ishboshilari aralashishga quyidagi boshqa bir qancha sabablar ham bor:
1. Hamma ham bir khil bulavermaydi. Bazi kishilar uzlari bilsa ham, zakot bergilari kelmasligi yoki uzicha fikr yuritib Abu Bakr roziyallohu anhu davrlaridagilarga ukhshab «bermasa ham bulaveradi», deb, bunga turli bahonalarni rukach qilishi mumkin.
2. Bazi odamlar tushunmasligi, zakotni qandoq qilib ado etishni bilmasligi, haqdorlarni topib berishga imkoni bulmasligi mumkin.
3. Miskin va faqirlarning haqini musulmonlarning ishboshilari olib bersa, ularning khijolatligi yuqoladi. Ortlarida hukumat turganini sezadilar, miskinsan deyishlik va ozor berish kabi narsalardan uzoqda buladilar.
4. Agar zakotni har kim uzi tarqatsa, tartibsizlik yuzaga kelishi mumkin. Bir miskinga bir necha boy zakot berib, boshqa miskinlar, umuman, zakotsiz qolib ketishlari mumkin.
5. Zakotni faqat miskin va faqirlargagina emas, balki boshqa toifalarga ham tarqatish kerak. Bu ishlarni bilimdonlar qilmasa, bilimsiz yakka shakhslarning qilishi qiyin.

ZOHIRIY MOLLAR VA BOTINIY MOLLAR

Ulamolarimiz mollarni ikki qismga bulganlar:

Zohiriy mollar.
Botiniy mollar.

«Zohiriy mollar» deganda egasidan boshqalarga ham kurinib-bilinib turadigan mollardir. Bunga hayvonot boyliklari va ziroat boyliklari kiradi.
Zohiriy mollar zakoti bilan musulmonlarning ishboshilari shugullanishi kerakligiga hamma ulamolar bir ovozdan kelishganlar.
Aksincha, uz egasidan boshqalarga kurinib-bilinmaydigan, boshqalar nazaridan uzoqda turadigan mollar, botiniy mollar, deyiladi.
Botiniy mollarning zakotini taqsimlash haqida esa turlicha fikr bildirganlar.
Hanafiy mazhabi, botiniy mollarni ham musulmonlarning ishboshilari tuplab tarqatishi kerak, lekin hazrati Usmon roziyallohu anhuning vaqtlarida mol egalari ikhtiyoriga topshirilgan, deydi.
Khulosa qilib aytilsa, musulmonlarning ishboshilari zakot ishlarini tuliq tartibga solgani yakhshi. Shu bilan birga, mol egalariga ham malum miqdor mablagni qoldirib, uz ikhtiyorlaricha taqsimlash imkoni berilishi yakhshi buladi. Ammo musulmonlarning ishboshilari zakot ishi bilan shugullanmaydigan joylarda, masalan, hozirgi paytda mol egalari uzlari harakat qilib, zakotlarini ado etmoqlari shart. Chunki musulmonlarning ishboshilari olmasa, kimga beraman, deb utirishga ularning haqlari yuq.

MOLINI BERKITGAN, BERIShNI KhOHLAMAGAN VA YOLGONDAN «ZAKOTNI BERDIM» DEGANLAR HUKMI

Avval aytib utganimizdek, odamlar har khil buladi. Bazi kishilar turli yullar bilan zakotni bermaslikka harakat qilishlari ham mumkin, shunday bulgan ham. Shuning uchun zakot ishiga musulmonlarning ishboshilarining aralashishi shart qilingan.
Hanafiy mazhabi ulamolari shunday deydilar:
«Zakotchi boyga kelib «molingning zakotini ber», desa-yu, mol egasi «Hali molim nisobga etganiga bir yil tulgani yuq, qarzim bor, boshqa zakotchiga berib yubordim», kabi bahonalarni aytsa, undan qasam ichish talab qilinadi. Qasam ichsa, unga ishoniladi. Keyin yolgoni oshkor bulib qolsa, necha yil utgan bulsa ham, zakoti olinadi.
Zakotni berishdan bosh tortgan odam zakot berishi kerak emas, degan etiqodda bulsa, kofir buladi. Faqat noqulay sharoitda usib, bu gaplardan bekhabar qolgan bulsa, unga talim berishga utiladi.
Agar zakotning farzligini inkor qilmasa-yu, bakhillik qilib zakotdan bosh tortsa, baribir, molidan zakot olinadi, uziga esa tazir beriladi. Tazir qamoq buladimi yoki boshqa narsami buni valiyul-amrlar belgilaydilar.
Utgan boblarda zakotni bakhillik qilib bermaganlardan zakotga qushib molining yarmi ham musodara qilinishi aytilgan va bu haqdagi hadisi sharif ham keltirilgan edi.

ZAKOTGA OID TURLI MASALALAR

Zakotni har bir molning uzidan chiqarish shartmi yoki uning qiymatini puldan chiqarsa ham buladimi?
Bu savolga Hanafiy mazhabi ulamolari, qiymatini chiqarsa ham buladi, bazi vaqtlarda qiymatini berish miskin va faqirlar uchun manfaatliroq ham buladi, deydilar.
Ular uzlarining bu fikrlariga juda ham kuchli hujjat va dalillar keltiradilar. Hamasr ulamolarimiz bu boradagi barcha malumotlarni tuliq va atroflicha urganib chiqib, Hanafiy mazhabining tutgan yuli hozirgi zamon uchun juda ham munosib, degan fikrga kelganlar.
Zakot qaerdan tuplangan bulsa, usha yurtning miskin-fuqarolari, haqli kishilarga berish afzal. Agar u yurtning ehtiyoji kuproq bulsa ham, davlatning masul khodimlari hamma tomonni urganib chiqib, uzlari bir qarorga kelishadi.
Zakotni iloji boricha uz vaqtida bergan yakhshi. Har bir narsa uz vaqtida bulgani maqulligi hamma narsaga ham oid.
Zakotni vaqtidan oldin berish ham joiz. Buni ulamolarimiz chegaralamaganlar. Qancha oldin berishni khohlasa, shuncha oldin berilaveradi. Ammo keyinga surish esa uzrsiz bulsa, mutlaqo joiz emas. Uzrli bulsa, khususan, kupchilikning foydasi uchun zarur vaqtni kuzlab kechga surish bulsa, joiz.
Zakotni chiqargandan keyin, u mol egasining aybi bilan zoe bulsa, qayta chiqaradi. Agar bunda mol egasining aybi bulmasa, qayta chiqarmaydi.
Zakot vojib bulgandan keyin egasining imkoni bulib turib chiqarmasa va molning bir qismi yuq bulsa, zakot vojib bulgan vaqtdagi miqdor hisobidan chiqaradi. Agar mol egasining imkoni bulmagan bulsa, qolgan moldan zakot chiqaradi.
Zakot farz bulgan vaqtda uni chiqarmagan bulsa, necha yil utsa ham zakotning farzligi tushmaydi. Chunki bu miskin va faqirlarga haq ularoq Alloh taolo tomonidan farz qilingandir. Bu sobit haq bulib, vaqt utishi bilan soqit bulmaydi.
Zakot farz bulganidan keyin mol egasi vafot etib qolsa ham, uning molidan zakot chiqariladi.
Zakotni soqit qilish uchun turli hiylalar ishlatish, umuman, mumkin emas.
Zakotni chiqarish uchun mol egasi ishonchli va omonatga khiyonat qilmaydigan odamni vakil qilsa buladi.
Zakotni ochiq-oydin, aytib chiqargan afzal, deyishadi ulamolarimiz. Chunki, boshqalar ham bundan urnak oladi, odamlar mol egasidan gumon qilmay quyadi. Bu khuddi farz namozni jamoat bilan ochiq-oydin uqish afzal ekaniga ukhshashdir.
Zakotni faqir kishiga berganda, uning faqirligini, haqligini bilib turib berayotgan moli zakot ekanini aytish durust emas, deydi ulamolarimiz.
Imom Ahmad va Imom Moliklar, bu ishda faqirning kunglini sindirish bor, shuning uchun makruhdir, deganlar.
Hozirgi soliqlarni zakot hisoblasa buladimi? degan savol bilan turli ulkalar musulmonlari ulamolarga murojaat qilishgan.
Bu savolga sal oldinroq ham javob berilgan ekan. Jumhur ulamolar soliqlar hech qachon zakot urniga utmasligini takidlashgan.
Ibn Hajar al-Haysamiy, Alloma Ibn Obidin al-Hanafiy, Shaykh Aliysh, Sayyid Rashid Rizo, Shaykh Mahmud Shaltut, Shaykh Muhamad Abu Zahra va boshqalar shular jumlasidandir.
Chunki zakotning uziga yarasha shartlari bor. Ularni urganib chiqdik. Endi zakot bilan soliqlarni solishtirish jarayonida bazilarini yana bir bor eslab kuraylik:
1. Zakotdan olinadigan miqdorni shariat undan bir, undan birning yarmi yoki choragi bulishini tayin qilib quygan. Soliqda esa hukumat uzi khohlagan miqdorni oladi.
2. Zakotda Allohga ibodat qilish niyati bor, soliqda bu niyat mutlaqo yuq, bulishi mumkin ham emas.
3. Zakot makhsus sakkiz sinfga sarflanadi. Soliq esa boshqa narsalarga ham sarflanadi.
Kurinib turibdiki, hech bir holda soliqni zakot deb bulmaydi. Tugri, bu masala musulmon kishiga ogir keladi. U ham soliq, ham zakot tulashi kerak. Lekin musulmon uchun Allohning amrini bajarish hamma narsadan ustun turadi.

KhOTIMA

Zakotga tegishli malumotlarni urganib chiqqanimizdan keyin bu nizom tengi yuq mukammal bir nizom ekaniga ishonchimiz hosil buldi. Bu ilmiy izlanish, urganish tufayli erishgan natijamizdir.
Zakot Alloh taolo joriy qilgan narsa ularoq shunday bulishi ham shart.
Zakot-moliyaviy nizomdir.
Zakot-iqtisodiy nizomdir.
Zakot-ijtimoiy nizomdir.
Zakot-akhloqiy nizomdir.
Zakot-ruhiy nizomdir.
Zakot-diniy nizomdir.
Ushbu manolarni bu ilohiy nizomni urganish davomida yaqqol kurdik. Zakotning ushbu fazilatlarini bazi bir ajnabiy, musulmonmas kishilar ham anglab etganlar. Ular uz mulohazalarini ochiq-oydin aytganlar ham. Ulamolarimiz usha ajnabiy olimlarning etiroflarini ham dalil sifatida keltiradilar.
Mashhur olim Tomas Orland uzining «Islomga davat» nomli kitobida quyidagilarni aytadi: «Haj nizomi bilan birga zakotni ham boshqa bir farz ekanini kuramiz. Bu musulmonga Allohning, «Albatta, muminlar birodardirlar» degan suzini eslatib turadi.
Zakot guzal bir sifatda yuzaga chiqadigan diniy nazariyadir. U kishini dahshatga soladigan darajada ajoyib. Islom jamiyatida yangi musulmonga nisbatan uning jinsi, rangi va utmishidan qatiy nazar shafqat qilishda namoyon buladi. U muminlar jumlasiga qabul qilinadi va boshqa musulmonlar bilan bir qatorda uz joyini topadi».
Miyud Rush bulsa quyidagilarni aytadi: «Olamni mashgul qilib turgan ikki ijtimoiy muammoning hal qilinishini Islomda topdim;
Birinchisi, Quronning «Albatta, muminlar birodardirlar» degan gapidir. Bu – ishtirokiy-sosializmning eng guzal asosidir.
Ikkinchisi, har bir mol egasiga zakotni farz qilishdir. Hamda faqirlarga agar boylar berishga monelik qilsalar, uni kuch bilan bulsa ham, olish haqqini berilganidir. Bu – boshdoqlikning davosidir».
«Islom va arab sivilizasiyasi» nomli kitobida ajnabiy olimlardan birining ushbu gaplari keltiriladi:
«Bu (zakot) soliq diniy farz bulib, uni hamma ado qilishi lozimdir. Zakot umumiy ijtimoiy nizomdir. U ila Muhammadiy davlat faqirlarga madad beradi va ularni boy qiladi. Bu yakhshi nizom asosida, istibdod va majburlashga, vaqtinchalik tadbirga suyanmay buladigan ishdir.
Islom ushbu qoyilmaqom nizomga bashariyat tarikhida birinchi bulib asos solgan. Zakot soligi boy, tojir va mol egasi bulgan tabaqalardan davlat tomonidan olinib, miskin va ojizlarga beriladi. U bir davlatda yashovchi odamlar orasidagi tusiqni parchalab tashlab, millatni bir odil ijtimoiy doirada birlashtiradi. Shu orqali Islom nizomi «uzim bulay» fikri asosida emasligiga yorqin dalildir».
Mashhur Fransuz sharqshunosi Moshnyun aytadi: «Islom tenglik fikrini yuzaga chiqarish buyicha har qancha fakhr qilsa oz. Bu narsa zakotni farz qilinishida uz aksini topgan bulib, har bir shakhs uni Baytul Molga beradi. Bu ribokhurlik asosidagi qarzlar va birlamchi, zaruriy hojatlarga solinadigan soliqlardan tamoman boshqachadir. U shu bilan bir vaqtda ham yakka mulkchilik, ham tijoriy sarmoya yonini oladi. Yana bir marta Islom kapitalistik va kommunistik nazariyalar orasidagi urtacha yulni tutadi».
Mashhur italyan yozuchisi Vogliriy uzining «Islom himoyasi» kitobida quyidagilarni yozadi:
«Barcha dinlar sadaqalarning katta akhloqiy va ijtimoiy ahamiyati borligini etirof qilganlar. Uni rahm-shafqatning hissiy tabiri sifatida ado etishni tavsiya qilganlar. Lekin faqat Islomgina majburiy sadaqani joriy qilish ulugvorligini uzida mujassam qilgan. Bu bilan u Masihning talimotlarini dunyoda tatbiq qilgan. Har bir musulmon qonun hukmi buyicha uz boyligidan bir bulagini faqirlar, muhtojlar, musofir va gariblar foydasiga ajratmogi lozim. Ushbu diniy majburiyat insonni insoniylikdan ham chuqurroq hissiy imtihon qiladi. Uning ruhini bakhillikdan tozalaydi va uni ilohiy mukofot tomon undaydi».
Bunga ukhshash gaplar juda ham kup.
Musulmon ulamolar esa Islom nimaligini, zakot nimaligini yakhshi bilganlari tufayli va musulmonlarning Islomdan ham, zakotdan ham uzoqdaliklarini bilganlaridan kelib chiqib dard va hasrat bilan suz yuritadilar. Keling, ulardan bazi birlarining mulohazalariga quloq soliq kuraylik:
Sayyid Muhammad Rashid Rizo hazratlari uzlarining «Manor» tafsirlarida ushbularni yozadilar: «Islom boshqa barcha dinlar va shariatlardan uzining zakotni farz qilishi bilan ajrab turadi. Bu haqiqatni barcha millatlarning hukamo va uqalolari (donishmandlari) ham etirof qiladilar. Agar musulmonlar uz dinlaridagi ushbu ruknni qoim qilganlarida edi, Alloh ularning uzlarini kup, rizqlarini keng qilib quyganidan keyin ichlarida birorta ham faqir yoki qarzdor qolmas edi».
Abu Alo Mavdudiy rohmatullohi alayhi quyidagilarni yozadi: «Haqiqatda Islom boylikni jamiyatdagi bir joyda jam bulib qolmasligini khohlaydi. Boylikdan toleyi ochiqligi yoki uddaburonligi tufayli kup nasibaga ega bulganlar uz ehtiyojidan ortigini infoq qilmay bosib olib yotishlari kerak emas. Balki ular tolelari kulmaganligi tufayli etarli nasibaga ega bulmagan birodarlariga boylikdan berishlari kerak.
Shu maqsadda Islom uzining oliymaqom akhloqiy talimotlari ila, bir tomondan tasirli targib qilish va qurqitish ila sahiylik, quli ochiqlik va haqiqiy ijtimoiy hamkorlik ruhini vujudga keltiradi. Toki odamlar uzlarining tabiiy mayllari ila ortiqcha boylikni uzlaricha behuda ushlab turishni yoqtirmaydigan bulishsin va uzlaricha infoq qiladigan bulishsin.
Boshqa tomondan esa odamlarning mollaridan malum miqdorni jamiyat saodati va manfaati uchun olishni farz qiladi. Ushbu «malum miqdor» zakotdir. Zakotning islomiy-iqtisodiy nizomda qanchalik katta ahamiyatga ega ekani sizga malum bulsa kerak. Zakot Islomda namozdan keyingi eng muhim rukndir. Quronda ochiq-oydin aytilishicha, «kim mol tuplasa, zakotini bermaguncha, uning moli halol bulmaydi. Bas, unda: «Ularning mollaridan alarni poklash va tozalash uchun ol»», deyilgan.
«Zakot» suzining uzi inson jamlagan boylikning undan 2,5 foizini har yili Khudoning yulida chiqarmaguncha pok bulmasligiga dalolat qiladi. Alloh boydir. Sizning molingiz Unga etib bormaydi. U sizning molingizga muhtoj ham emas. «Allohning yuli»dan maqsad faqirlarni saodatmand qilish uchun harakat qilish va millatning hamma tabaqalariga naf beradigan khayriya ishlarni kuproq qilishdan iborat, kholos.
Alloh: «Albatta, sadaqalar faqirlarga, miskinlarga, unda omil bulganlarga, qalblari ulfat qilinganlarga, qullarga, qarzdorlarga, Alloh yuliga va vatangadolarga», degan.
Mana shu narsa-musulmonlarning ijtimoiy hamkorlik jamiyatlaridir. Mana shu narsa – ularning ijtimoiy taminot shirkatlaridir. Mana shu – ularning ehtiyot mollaridir. Mana shu – ulardan ishsizlariga kafolot boyligidir. Mana shu narsa – ojizlarga, bemorlarga, etimlarga, tullarga, beriladigan yordam, gamkhurlik va hollaridan khabar olishdir. Buning ustiga, bu narsa musulmonni ertaning gamini eyishdan qutqaradi.
Islomning tabiiy va sodda goyasi bunday: «Agar sen bugun boy bulsang, uzingdan boshqaga yordam ber, agar ertaga sen muhtoj bulsang, senga boshqa kishi yordam beradi».
Shu asosda sen uz khayolingni: «Ertaga faqir bulib qolsam, holim ne kechar ekan», degan fikr ila mashgul qilmaysan. Shuningdek, ertaga ulib okhiratga ravona bulsang, khotining, bola-chaqang ne kuyga tushishlarini uylab, tashvish qilmaysan.
Uzingga bir musibat etsa, bemor bulsang, yonginga yoki suv toshqiniga duchor bulib qolsang, holing ne kechishini uylab tashvish qilmaysan. Safarga chiqaningda moling tugab qolsa, nima qilishga bosh qotirib yurmaysan. Zakot seni bunga ukhshash hollardan abadiy ravishda qutqaradi.
Uzing tuplagan molning ikki yarim foizini Allohning sugurta muassasiga bersang buldi. Keyin barcha ofatlardan emin bulib yuraverasan. Sen hozir mazkur molga muhtoj emassan. Uni hozir muhtoj bulib turganlarga berib tur. Ular uni uz hojatlariga ishlatib tursinlar. Ertaga bu mablag tulaligicha sening uzingga qaytib keladi. Balki sening yoki sening farzandlaringning hojati tushib qolsa, hozirgisidan ham kuproq bulib qaytib keladi».
Sayyid Abul Hasan Nadaviy esa jumladan, quyidagilarni yozadilar: «Zakotning farzliligi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mujizakor va hikmatli lafzlari ila belgilangan shariy sifatidir. U Zot sollallohu alayhi vasallam: «U (zakot) boylardan olinadi, kambagallarga beriladi», deganlar. Zakotning asl shariy holati shundoq bulgan va qiyomatgacha shundoq bulib qoladi. U shartlari mavjud bulgan va muayyan nisobga ega bulgan boylardan olinadi va Quronda tayin qilingan toifalarga taqsimlanadi. Alloh u toifalarni aniqlashni qonun, hokim yoki olimning fikriga havola qilib quymadi. «Albatta, sadaqalar faqirlarga…» oyati ila bayon qildi. Shariatda, Paygambar alayhissalomning hadislarida bayon qilinganidek, zakotni u yigilgan yurtning kambagallariga taqsimlab berish afzaldir.
Alloh Uzining boy-badavlat bandalariga farz qilgan zakot millat uchun lutfu marhamat bulgan. U eng ulkan nemat bulmish paygambarlikning natijasi bulgan. Agar uni soliq, deb atashimiz lozim bulsa, eng oz, eng engil soliq bulgan. Eng barakali va eng foydali soliq bulgan. Chunki u boylardan olinib kambagallarga berilgan».
Bunga ukhshash ajoyib fikrlarni kuplab keltirish mumkin.
Zakot kitobidagi gaplarni uqib, «kambagal bulish ham maza ekan-da, boylar uzi senga zakotini keltirib berib tursa», degan khayolga bormaslik kerak. Chunki, urganib utganimizdek, Zakotni kim kuringanga, har bir kambagalga ham berilavermaydi, balki surab-surishtiriladi. Bir necha shartlarni uzida mujassam qilgan kishigagina beriladi. Shu bilan birga, zakot olish sharafli ish emasligi doimiy ravishda eslatilib, u odamlarning kiri ekanligi takidlab turiladi.
Shuningdek, doimiy ravishda iffatli bulib birovdan narsa olishdan uyalish, uz peshona teri bilan kun kurishiga targib qilib turiladi.
Bu talimotlar, albatta, kambagallikka qarshi kurashning targibot va tashviqot shubasi hisoblanadi. Quyida ana shu masalaga oid bazi hadisi shariflarni urganamiz.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари