Home / Madaniyat / Zakot va sadaqa halol bulgan va bulmagan kishilar

Zakot va sadaqa halol bulgan va bulmagan kishilar

zakotAlloh taolo: «Albatta, sadaqalar faqirlar, miskinlar, unda ishlovchilar, qalblari ulfat qilinadiganlar, qullar, qarzdorlar, Allohning yulida va vatangado uchundir. Alloh tomonidan farz qilingandir. Alloh uta biluvchi va uta hikmatli Zotdir», degan (Tavba, 60).

Sharh: Ushbu oyati karimada musulmonlarning mollaridan chiqarilgan zakotni olishga kimlar haqdor ekani aniq bayon qilinmoqda. Shunga kura, zikr qilingan sakkiz toifa zakotga haqdor hisoblanadi, ularga birorta boshqa toifani qushib ham bulmaydi, bu toifalardan birortasini kamaytirib ham bulmaydi. Bu ishni Alloh taolo Uz zimmasiga olgandir. Hatto Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham bu ishga dakhl qila olmaganlar va qilmaganlar ham.

Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan sadaqadan ulushni surab keldi. Bas, u Zot:«Albatta, Alloh sadaqalarda Paygambarning va boshqaning hukmiga rozi bulmadi. Hattoki, u (zakot) haqida Uning Uzi hukm qildi. Uni sakkiz juzga buldi. Agar sen usha juzlardan bulsang, haqingni beramiz», dedilar».
Abu Dovud rivoyat qilgan.
Sharh: «Agar sen usha juzlardan bulsang?..» Bu degani «Agar Alloh zikr qilgan sakkiz juzda bulmasang, bermaymiz», deganidir.
Tafsilotga kirishdan oldin «Alloh nima uchun zakotni bulishni Uz zimmasiga oldi?» degan savol haqida uylab kuraylik.
Zakot kitobining avvalida Alloh Quroni Karimda zakotning farzligini bayon qilib, kimlardan olinishini va kimlarga berilishini aytib quygani bayon etildi. Qolgan tafsilotlar Paygambar alayhissalomning sunnatlari orqali kelgani aytildi va ushbu haqiqatga shohid ham buldik. Nisoblar, chiqariladigan zakot miqdorlari, zakotning vaqti, hisob-kitobi, oluvchi va beruvchining odoblari hamda boshqa kuplab masalalar hadis orqali bayon qilindi.
Endi tuplangan zakotni taqsimlashga kelganda bu ishni Alloh Uz zimmasiga olib, Quronda bayon qilib, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning ham, boshqaning ham dakhli yuq bulib turibdi. Nima uchun?
Uylab kuradigan bulsak, qachon, qaerda bulsin, zakotni jamlashda ikhtilof, kelishmovchilik yuq. Hamma chekiga tushgan ulushni beraveradi. Ammo tuplangan molni bulish mushkul masala. Hamma urish-janjal shu erdan chiqadi. Har kim uzini mazlum sezadi. Ulush tegmay qolganlar u yoqda tursin, ulush tekkanlar ham «menga oz tegdi» deyishga utadi.
Boshqalarni quyib turib, Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallamning davrlariga nazar solsak, u Zot mol bulganlarida kelib yoqalaridan olib, «Allohdan qurq! Adolat qilmading!» deganlar bulgan.
Shuning uchun ham zakotni bulishni Alloh Uz zimmasiga olgan. Eng adolatli taqsimlash, eng tugri bulish – shu! Bu bulishdan hech kim norozi bula olmaydi. Chunki u nohaq buladi. Isyon qilgani uchun kofir buladi. Mana, kurdingizmi, nima uchun Alloh taoloning Uzi zakot bulishni zimmasiga olgan?!
Endi zakotga haqdor mazkur sakkiz toifa ila oyati karimada kelgan tartibda tanishamiz. Ular kimlar? Zakot olishga qay tarzda haqdor buladilar? Zakotdan qancha oladilar? Shu va shunga ukhshash masalalar echimini topamiz.

FAQIR VA MISKINLAR TOIFASI

Bu ikki toifa bir-biriga juda yaqin, qorishib ketgan, hatto bazi vaqtlarda ularni ajratish ham mushkul. Shu bois ularni bir joyga jam qildik.
Shuning uchun ham fiqh ulamolari bu masalada turli gaplar aytib, hukmlar chiqarishgan.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:«Odamlar atrofida aylanib bir luqma, ikki luqma yoki bir khurmo, ikki khurmo olib qaytadigan miskin emas. Lekin miskin uzini behojat qiladigan boylik topa olmagan, unga etibor berilib sadaqa qilinmaydigan, uzi turib odamlardan suramaydigan kishidir», dedilar».
Beshovlaridan faqat Termiziy rivoyat qilmagan.

Sharh: Ushbu hadisi sharifda Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam musulmon kishi noiloj holda miskinlikka uchrab qolganida ham uzini qanday tutishi lozimligini bayon qilmoqdalar.
Aslida musulmon odam miskin, faqir-kambagal bulishi kerak emas. Qulidan kelgan barcha halol imkoniyatlarni ishga solib, uzini-uzi taminlab, farovon turmush kechirishga intilishi lozim. Bu – musulmonga farz. Ammo dunyo bir khil turmaydi. Turli hodisalar ruy beradi, inson khohlagan narsa bulavermaydi. Ana shu sababga kura, tang holatga tushib qolgan musulmon ham uzini bardam tutishi va odamlar uning bu holini bilib qolmasligi kerak. Darhol birovlardan yordam, sadaqa surashga shoshilish yakhshi emas. Uzini ana shundoq tutgan odam miskin buladi. Boshqa musulmonlar ularni qidirib topishlari, zakotga haqdor sanab, haqlarini topshirishlari lozim.
Odamlardan khiralik ila narsa surab yurish, bir-ikki luqma uchun ham tilanishdan qaytmaslik – tilanchining ishi. Tilanchilik esa musulmonlikda qoralangandir. Tilanchi shu yul bilan hojatini chiqarsa, miskin uzi suramagani uchun kishilar uning holidan khabardor bulib turadilar.
Hanafiy mazhabi tarifida, miskin hech narsasi yuq, faqir esa bazi narsalari bor-u, lekin moli shariy nisobga etmagan odamdir. Boshqacha qilib aytadigan bulsak, zakot berishi vojib bulmagan odamdir.
Bir odamning maskani va mulki bulib, undan keladigan daromad kharajatini qoplay olmasa, boy hisoblanmaydi, zakotga haqdor bulib turaveradi. Qolaversa, uziga etarli kiyimlari, hayitda kiyadigan okhorli kiyimlari, hunar asboblari, kitoblari, ayollarida uziga yarasha taqinchoqlari bulgan kishi ham boy hisoblanmaydi.
Birovning moli bulsa-yu, undan foydalanish yulida tusiq bulib, ogir ahvolda qolsa, miskin-faqir sanalib, ular zakotning miskin va faqirlarga ajratilgan ulushiga haqdor hisoblanadilar.

ZAKOT OLIShI MUMKIN BULMAGAN KIShILAR

1. Boy odam zakotning miskin va faqirlarga ajratilgan ulushidan olishi mumkin emas.
Hanafiy mazhabi buyicha boy ikki khil buladi:
Qaysi turdagi moldan bulsa ham, nisobga etgan moli bor odam.
Zakot chiqarilmaydigan mollardan hojatiga etarli miqdorga ega bulgan odam.
Boshqa mazhablarda uziga kifoya qilgudek moli bor, muhtojligi yuq odam zakot olishi harom, deyiladi.
Bunga quyidagi hadisni dalil ham qiladilar.

Qobiysa ibn Mukhoriq as-Saqafiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir (pul) yukini elkamga oldim-da, unda yordam surab Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldim. U Zot:
«Toki bizga sadaqa kelguncha turib tur, undan senga ham berishni amr qilurmiz», dedilar. Sungra:
«Ey Qobiysa, surashlik faqatgina uch holatda halol buladi, kholos.
Bir kishi (pul) yukini elkasiga olgan bulsa, uning uchun usha narsani topguncha surash halol buladi. Sungra uzini tiyadi.
Bir kishiga ofat etib molini olib ketsa, unga maishatiga etgudek surash halol buladi.
Bir kishiga qattiq faqirlik etsa-yu, uning qavmidan utkir aqlli uch kishi «falonchiga qattiq faqirlik etdi» desa, usha odamga maishatiga etgudek surash halol buladi.
Ushalardan boshqa surashlik haromdir. Ey Qobiysa, u haromdir, egasi uni harom eydi», dedilar
».
Muslim, Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilishgan.
Sharh: hadisda ikki marta takrorlangan «(pul) yukini elkaga olish» degan iborani bir oz sharh qilishga tugri keladi. Bu mano arabchada «hammola» deyiladi. Ikki urishib qolgan, pul manosida kelisholmay turgan tarafni yarashtirib yuborish uchun boshqa bir kishi tomonidan: «Sizlar yarashinglar, pulni men tulayman», deb uz buyniga pul tulash masuliyatini olishga «hammola», deyiladi.
Ushbu rivoyat egasi Qobiysa ibn Mukhoriq as-Saqafiy roziyallohu anhu ham shundoq qilib, zimmalariga pul yukini olganlar. Bu yukni ado etishda yordam surab, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelganlar. U Zot zakotga olingan mollardan kelib qolsa, yordam berishni vada qilganlar. Shu bilan birga, bunga ukhshash zakot olishga, undan yordam surab kelishga haqli yana ikki toifani ham aytib berganlar.
Biror ofat etganligi sababli mol-mulki halokatga uchragan kishilar ham turmush kharajatlariga yarasha olsalar, halol ekan. Turli sabablarga kura qattiq faqirlikka uchragan kishi ham, uni taniydigan uch kishi guvohlik bersa, zakot mablagidan olsa, bular ekan.
Jumhur ulamolar bu hadisni keltirish bilan hojati yuq odam zakot olmasligi kerak, demoqchi buladilar. Bu bilan moli nisobga etmasa, olsa bulaveradi, degan hanafiylarga qarshi dalil keltiradilar. Aslida esa hech qanday qarama-qarshilik yuq.
Hanafiylar, eng muhtojlar birinchi navbatda haqli, deydilar. Agar ular bulmasa yoki ulardan ortib qolsa, moli nisobga etmaganlar ham olsa buladi. Lekin boylar olishi mumkin emasligiga shubha yuq.
2. Kasb qilishga qodir, soglom kishiga ham zakot molidan olish tugri kelmaydi.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sadaqa boyga va qudrat egasi va salomat kishiga ham halol bulmaydi», deganlar
».
Sharh: Demak, kasbga qodir, uzi soglom kishi ham zakot molidan olishi tugri emas. Bu kasb qilishga qodir odam jamiyat elkasiga ortiqcha yuk bulmay, uzi ishlab rizqini topsin, deganidir. Islomning talimoti –shu.
Kasbga qodir, soglom kishiga zakotdan ulush bermaslik uchun unda quyidagi shartlar mavjud bulishi kerak:
1. Uz kasbiga yarasha ish mavjud bulishi.
2. Bu ish – halol ish bulishi.
3. Mazkur ish toqatidan tashqari, chidab bulmaydigan darajada bulmasligi.
4. Unga ukhshaganlarga loyiq, obrusini tukmaydigan ish bulishi.
5. Uziga va qaramogidagilarga etarli kasb qilish imkoni bulishi.
3. Tarki dunyo qilib, ibodatga berilgan odamga zakotdan ulush berilmaydi. Chunki fuqaholarimiz u odam uzi uchun ibodat qiladi, jamiyatga foydasi tegmaydi, deydilar. U ishlashi lozim, unga uz mehnati bilan rizqini topib eyishga amr qilingan. Islomda tarkidunyochilik yuq. Halol kasb qilish nafl ibodatdan yakhshidir.
Ilmga ajrab chiqqan odamga esa zakot molidan olish joiz. Chunki u farzi kifoyani ado etmoqda. Kelajakda etuk mutakhassis bulib, jamiyatga khizmat qiladi. Bazi ulamolarimiz tolibi ilmga zakot molidan berishga uning utkir zehnli, tirishqoq va qobiliyatli bulishini shart qilganlar. Qobiliyatsiz, dangasa odamlar ilm talabini uziga parda qilib olib, musulmonlar yaratgan imtiyozlardan foydalanib yurmasliklari kerak.
Endi «Zakot olishga haqdor bulgan miskin va faqirga zakotdan qancha miqdor beriladi?» degan savolga kelaylik.
Shofeiy mazhabi ulamolari umr buyiga etgulik beriladi, deganlar. Molikiy va hanbaliy mazhablari ulamolari bir yilga etadigan mol beriladi, deganlar. Hanafiy mazhabi ulamolari esa har bir kishiga bir nisob miqdoricha ikki yuz dirham qiymatida beriladi, deganlar.
Zakot berishdan maqsad miskin va faqirning qornini bir-ikki bor tuygazish yoki bir-ikki oyga etadigan sarf-kharajatini berish emas. Eng kam deganda nisobga etadigan mol berib, «boy» nomini oladiganlar qatoriga qushib quyishdir. Bir yillik kharajatini tuliq bersa, agar iloji bulsa, bir umrga etadiganini bersa, yana ham yakhshi buladi. Demak, zakot berishdan maqsad yakhshi turmush sharoitini yaratishga yordam qilishdir.
Yakhshi turmush sharoiti deganda, oila azolari uchun turar joy, etarli taom, qishki va yozgi kiyim-kechaklar tushuniladi.
Bizning vaqtimizda ilm olish va davolanish uchun ham sharoit va mablag bulishi kerak. Bu narsalarning miqdori zamonga, sharoitga, urfga va boshqa omillarga qarab belgilanadi.
Bu borada alohida zikr qiladigan narsalardan biri nikoh masalasidir. Islom musulmonlarni oila qurishga qattiq targib qilgan. Bu ishni khohlab tursa-yu, ammo miskinlik tufayli qodir bulmasa, zakotdan tushgan puldan yordam beriladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib:
«Ansorlardan bir ayolga uylandim», dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qanchaga uylanding?» dedilar.
«Turt uvqiyaga», dedi. (Turt uvqiya 160 dirhamga teng).
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Turt uvqiyaga?! Nima?! Sizlar kumushni manavi togdan kuchirib olyapsizlarmi?! Bizda senga beradigan narsamiz yuq. Ehtimol, seni bir guruh ila yuborarmiz, biror narsali bulib qolarsan», dedilar».
Demak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odat buyicha uylanganlarga zakot molidan berib turganlar. Bu sahobiyni ham zakot yiguvchilar bilan qushib yuborishga vada berganlar. Ana shundan uylanishga muhtoj kishiga zakotdan bersa buladi, degan hukm chiqadi.
Umar ibn Abdulaziz rahmatullohi alayhining davrlarida har kuni jarchi: «Miskinlar qani?! Qarzdorlar qani?! Nikoh talablar qani?!» deb jar solar ekan. Kelganlarga zakot molidan berilar ekan.
Zakotning pulidan kambagal tolibi ilmga kitob sotib olishga ham beriladi.
Kurib turibmizki, zakot tizimi miskinlik, faqirlik, hojatmandlikka qarshi doimiy kurash chorasidir. U orqali noqulay holga tushib qolgan musulmonlar uzlarini unglab olishlari uchun qulay sharoit yaratilib beriladi.
Utmishda shu yul bilan musulmonlar kuplab ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy masalalarni hal qilganlar. Keling, usha vaqtning hodisalaridan biri bilan tanishib quyaylik.
Abu Ubayd quyidagicha rivoyat qiladi:
«…Kunduz kuni Umar bir darakht ostida ukhlab yotar edi. Bir arobiya ayol kelib odamlarga alanglab qaradi-da, u(Umar)ning oldiga kelib:
«Men bir miskina ayolman. Mening bolalarim bor. Muminlarning amiri Umar ibn Khattob bizga Muhammad ibn Maslamani zakotchi qilib yubordi. U bizga hech narsa bermadi. Alloh khayringni bersin, sen bizga bir shafoatchilik qilsang», dedi.
«Yarfo!» – dedi hazrati Umar khodimiga.  Menga Muhammad ibn Maslamani chaqirib kel!»
«Meni uning oldiga olib borsang, hojatim chiqarmidi?..» dedi ayol.
Umar hazrati:
«Inshaalloh, u hojatingni chiqaradi», dedi.
Yarfo Muhammadni chaqirib keldi.
U kelib:
«Assalomu alaykum, ey muminlar amiri», dedi.
Ayol uyalib ketdi. Hazrati Umar:
«Allohga qasamki, men sizlardan yakhshilaringizni tanlashda kamchilikka yul quymovdim. Agar Alloh azza va jalla bu ayol haqida surasa, nima deb javob berasan?!» dedi.
Muhammadning ikki kuzidan yosh oqdi. Sungra hazrati Umar: «Alloh taolo bizga Paygambar sollallohu alayhi vasallamni yubordi. Biz u Zotga iymon keltirdik va ergashdik. U Zot Alloh taolo nimaga amr qilsa, shunga amal qildilar. Bas, sadaqani to Alloh taolo u Zotni qabz qilguncha miskinlarga berib turdilar. Sungra Alloh taolo Abu Bakrni khalifa qildi. U ham Alloh taolo uni qabz qilguncha u Zotning sunnatlariga amal qildi. Sungra meni khalifa qildi. Men sizlardan yakhshilaringizni ikhtiyor qilishda nuqsonga yul quymadim. Agar seni yana yuboradigan bulsam, u ayolga bu yilning va utgan yilning sadaqasini bergin. Bilmadim, ehtimol, seni yubormasman», dedi.
Keyin ayolni chaqirib bir tuya, un va yog berdi-da: «Buni olgin-da, bizga Khaybarda yana uchragin, biz usha erga bormoqchimiz», dedi.
Ayol Khaybarda oldiga keldi. U unga ikki tuya berdi va: «Buni ol, senga Muhammad ibn Maslama kelguncha etib turadi. Men unga sening bu yilgi va utgan yilgi haqingni berishga amr qildim», dedi».
Hazrati Umar beva-bechoralarning haqiga qandoq rioya qilishini hamda zakot ijtimoiy tenglik uchun qandoq khizmat qilganini kurib quying.

ZAKOTDA IShLOVChILAR TOIFASI

Bu toifa «zakotchi», «sadaqachi», «zakot omili» deb ham atalgan. Shuningdek, zakot idorasi, tashkiloti yoki shunga ukhshash munosib nom bilan nomlash mumkin.
Ular zakotni boylardan yigib olib, haqdorlariga tarqatguncha buladigan ishlarni ado etadilar. Bevosita zakot yiguvchimi, hisobchimi, qorovulmi, kotibmi yoki boshqami, baribir, shu toifaga kiradi.
Quroni Karim zakot yigish muhim ish bulgani uchun bu ishlovchilarni sakkiz toifadan uchinchisi qilib belgilangan.
Quronda zakot ishchilariga zakotdan alohida ulush ajratiladi. Bu Islomda zakot ishiga alohida etibor berganini kursatadi.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir qancha sahobalarni zakotchi qilib turli taraflarga yuborganlar.
U Zotning khalifalari ham zakot yigib, haqdorlarga tarqatish ishiga alohida etibor berganlar.
Hazrati Abu Bakr miskin va faqirlarning haqlarini himoya qilib, zakotni man qiluvchilarga qarshi qandoq urush ochganlarini yakhshi bilasiz.
Islomda zakot ishlari majlisi ikki idoradan tashkil topadi.
1. Zakot yigish idorasi.
2. Zakot tarqatish idorasi.
Birinchi idora zakot berishi kerak bulgan kishilarning ruykhatini tuzadi, mol-mulklarning turlarini, miqdorini aniqlaydi. Ulardan qancha zakot chiqishini hisoblaydi. Eng muhimi, usha mollarni shariat kursatganidek yigib olib, zakot tarqatish idorasiga topshiradi.
Ikkinchi idora esa zakot olishga haqli kishilarni aniqlab, ularning ruykhatini tuzadi, hojatlari qancha ekanini aniqlaydi. Ularga shariatda kursatilgan miqdorda zakotdan ulush taqsimlab beradi.
Mazkur idoraning bir necha bulimlari buladi. Ular quyidagilar:
1. Ojizligi uchun ishlay olmay qolgan va faqirga aylangan qariyalar, beva-bechoralar, etimlar, mayib-majruhlar, kasalmandlar, kuzi ojizlar, nochorlar va boshqa shunga ukhshash toifalar bilan shugullanuvchi bulim.
2. Daromadi oz bulgan shakhs va oilalar bilan shugullanuvchi bulim. Bu bulim ish haqi ozligi, ayolmandligi, narkh-navo ortib ketganligiga ukhshash sabablarga kura nochor ahvolga tushib qolganlar bilan shugullanadi.
3. Qarzdorlar bulimi. Turli sabablarga kura qarzdor bulib qolgan kishilar bilan shugullanadi. Ularning qarzdor bulish sabablarini hamda shariy yullar bilan haqiqatda zakotga haqli yoki haqsiz ekanini aniqlab, ishni okhiriga etkazadi.
4. Muhojirlarga, qochqinlarga va shunga ukhshash vatanidan uzoqda bulgan kishilar bilan shugullanadigan bulim.
5. Islom talimi tarqatish ishlari bilan shugullanadigan bulim.
Bu bulimlarning har biri uziga tegishli sohadagi kishilarning zakot olishga haqli yoki haqsiz ekanini tekshirib aniqlaydi.
Bazi shartlar quyidagilardan iborat:
Faqir va miskin ulushidan zakot olishga haqli bulish uchun uziga va uning qaramogidagi kishilarga kifoya qilgudek moli yoki mol topishga kasbi yuq bulishi.
Uziga yarasha ish topa olmayotgan ishsiz kosib ham zakot olishi mumkin.
Ishlab turib, etarli daromad topa olmayotgan shakhs esa etmaganini oladi.
Uziga, holiga va obrusiga munosib ish etiborga olinadi. Agar shundoq ish topilmasa, etibori yuq. Olim yoki adib odam noqulay holga tushib qolsa, jamiyat uni yukchilik yoki farroshlik qildirib quymaydi. Aksincha, munosib ish topgunicha zakot pulidan kifoyasini berib taminlab turadi.
Kasbga qodir bulsa-yu, lekin talabi ilm bulib, qiynalib qolgan kishilardan qobiliyatli, kelajakda jamiyatga foyda keltirishi mumkin bulganlariga ham zakotdan beriladi.
Kuchmas mulki bor-u, undan tushayotgan daromadi ozligi uchun qiynalib qolgan kishilarga ham zakotdan beriladi. Ularni kuchmas mulkini sotishga majbur qilinmaydi.
Agar ilmiy ish bilan mashgul kishilar noqulay iqtisodiy holatga tushib qolsalar, zakotdan olishga haqlidir. Kitoblarini, ilmiy tajriba uchun kerakli asbob-anjom va boshqa narsalarini sotib kun kurishlariga yul quyilmaydi.
Bir kishi boyligi malum va mashhur bulsa-yu, keyin faqirlik davosini qilib kelsa, to hujjat bilan davosini isbotlamagunicha uning suzi qabul qilinmaydi.
Bir kishining boyligi nomalum bulsa-yu, faqirlik davosi qilib kelsa, suzi qabul qilinadi. Birov kasbi yuqligini davo qilib kelsa-yu, tashqi kurinishidan gapi tugriga ukhshasa, suzi qabul qilinadi. Birov kasbi yuqligini davo qilsa-yu, tashqi kurinishi ukhshamasa, qasam ichiriladi.
Faqir va miskin bola-chaqasi borligi, maoshi etmasligini davo qilsa, hujjat bilan tasdiqlashi kerak. «Qarzdorman» degan odam khat-hujjat olib kelishi kerak. Qilingan davolar tugri yoki notugri ekanini aniqlash buyicha Islomdagi ajoyib uslublarning hammasi ishga solinadi.

ZAKOT IDORASI KhODIMI SIFATLARI

Zakot ishlari nozikligi kurinib turibdi. Shuning uchun bu soha kishilariga ham nozik shartlar quyilgan.
Avvalo, zakot idorasi khodimi musulmon, balogatga etgan, oqil, ishonchli kishi bulmogi kerak.
Chunki u uta nozik moliyaviy ishga masul buladi. Fosiq va fojir kishilar bu ishga, umuman, yaqin yulatilmaydi. Chunki din amrlarida uziga erk berishni ravo kurgan odam pul amrida khiyonat qilishi mumkin.
U zakot ahkomlarini bilmogi, ishga qobiliyatli, yaroqli bulishi hamda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning qarindoshlaridan bulmasligi kerak. Chunki u Zot uzlari buni man qilganlar. Agar u Zotning qarindoshlari maosh olmay ishlasa, joiz.
Zakot khodimi zakotdan qancha oladi?
Alloh taolo zakot khodimiga ham zakotdan ulush ajratdi. U zakotdan olishga haqdor sakkiz toifadan biri. Zakot khodimi boy bulsa ham, zakotdan oladi. Chunki u khizmati uchun oladi. Qancha olishi esa makonga, zamonga va sharoitga qarab belgilanadi. Yani bajargan ishiga qancha haq berish kerak bulsa, shuncha oladi. Boshqacharoq qilib aytadigan bulsak, tuzgan shartnomasiga binoan oladi.
Lekin ushandan boshqani olishi qatiyan man qilinadi. Zakot khodimi masullar tomonidan ishga quyilganidan keyin ushalar nima desa, shuni qiladi. Ular kursatgan mintaqadagina zakot yigadi va ular kursatgan joylardagina zakot tarqatadi. Quliga tushgan molning zarrachasini ham uz foydasiga yoki uzboshimchalik bilan sarf qilmaydi.
Adiy ibn Umayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
«Kimni bir ishga quysag-u, u bizdan bitta ignani yoki undan kuproq narsani berkitsa ham, khiyonat qilgan buladi», deganlarini eshitdim. Shunda ansoriylardan bir qora kishi turib oldilariga bordi-da:
«Ey Allohning Rasuli, mendan ishingizni qabul qilib oling. Men sizning bundoq-bundoq deganingizni eshitdim», dedi.
«Men hozir yana aytaman. Sizdan kimni bir ishga quysak, ozini ham, kupini ham olib kelsin. Unga nima berilsa, oladi. Nima berilmasa, olmaydi», dedilar» (Muslim, Abu Dovud va boshqalar rivoyat qilishgan).
Shuningdek, zakot khodimi mol egalaridan olgan sovga pora buladi. Chunki u qilgan khizmatiga yarasha kifoya qilgudek maoshini olib turibdi.
Abu humayd as-Sodiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Paygambar alayhissalom Addan ibn Lutayba degan odamni sadaqaga ishga quydilar. U qaytib kelganida:
«Bu narsa sizlarga. Bu narsa menga hadya qilindi», dedi.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam urinlaridan turib, Allohga hamdu sano aytdilar va sungra:
«Ammo badu. Men sizlardan bir kishini Alloh menga topshirgan ishda bir ishga quyaman. U esa kelib: «Bu narsa sizlarga. Bu narsa menga hadya qilindi», deydi. Ota-onasining uyida utirib kursin-chi, unga hadya kelarmikin?! Kuramiz, gapi tugrimikan! Allohga qasamki, sizdan kimki, biror narsani nohaqdan olsa, albatta, qiyomat kuni uni kutargan holida keladi. Zinhor birortangizni Allohga muloqot bulganingizda pishqirib turgan tuyami, bukirib turgan sigirmi yoki marab turgan quynimi elkasida kutarib yurganini bilmayman», dedilar-da, qullarini qultiqlarini oqi kuringuncha baland kutarib: «Ey bor Khudoyo! Etkazdimmi?!» dedilar» (Bukhoriy, Muslim va Abu Dovud rivoyat qilishgan).
Zakotchi zakotni olgandan sung mol egasi haqiga duo qiladi.
Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Ey bor Khudoyo, Oli Abu Avfoga salavot yuborgin», deb zakot bergan buyuk sahobiyning haqiga duo qilganlarini bilamiz.

QALBLARI ULFAT QILINADIGANLAR TOIFASI

«Qalblari ulfat qilinadiganlar» deganda Islomga kirishidan yoki Islomda sobit bulishidan umid qilinayotgan kishilar hamda Islomdan ularning yomonligini tusish, Islom yulida khizmat qildirish, musulmonlarga yordam berish kuzlanayotgan kishilar tushuniladi.
Ular bir necha qismga bulinadilar:
1. Zakotdan ulush olsa, uzi ham, ahli ayoli, urug-aymogi ham Islomga kirishi umid qilinadigan kishilar.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Safvon ibn Umayyaga shundoq muomala qilganlar. Makka fath qilingan kuni unga omonlik elon qilganlar, turt oy muhlat berganlar. U safarda edi. Qaytib kelib, kofir holida, hunayn urushida musulmonlar bilan birga qatnashgan. Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu urushga chiqishdan oldin uning silohini qarzga olgan edilar. Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga bir vodiydagi kup tuyalarni yuklari bilan berganlar.
Imom Muslim va Imom Termiziylar qilgan rivoyatda Safvon ibn Umayya:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam men uchun eng yomon odam bulib kuringanlarida mol berdilar. Ular mol berishda davom etaverdilar va okhiri men uchun eng mahbub odamga aylandilar», degan.
Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam Islom uchun nima suralsa, shuni berar edilar. Shu tariqa Islomga kirganlar ham anchagina bulgan.
2. Islom va musulmonlar uchun yomonlik qilishi mumkin-u, mol olsa, usha yomonligini qaytarish imkoni bor.
Bazi odamlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelishar, ularga zakotga tushgan moldan bersalar, Islom juda yakhshi din-da, deb maqtab ketishar, bermasalar, yomonlab ketishar edi.
3. Islomga yangi kirgan-u, unga zakot molidan berilsa, unda sobit bulishi umid qilinadigan odamlar. Chunki odatda Islomga yangi kirgan odam ota-onasi, qarindosh-urugi, jamiyati va eski dini ahli tomonidan turli tazyiqlarga, jumladan, iqtisodiy tazyiqlarga ham uchraydi. Unga shuning uchun yordam berish kerak.
4. Obru-etiborli, ammo boshqa millatlardan tengdoshlari bor musulmonlar. Agar ularga yakhshi muomala qilinsa, usha tengdoshlari ham musulmon bulishdan umid qilinsa, usha musulmonlarga ham zakotdan berilgan.
Hazrati Abu Bakr roziyallohu anhuning Adiy ibn Hotim va Zaburqon ibn Barrlarga yakhshi musulmon va qavmlariga obru-etiborli bulishlariga qaramay, zakotdan ulush berganlari bunga hujjat qilib keltiriladi.
5. Uz qavmlarida katta obruga ega bulgan, ammo hali iymoni zaif boshliqlarga ham kungillarini ulfat qilish uchun zakot moli berilgan. Paygambarimiz alayhissalom ana shundoq kishilarga havazondan tushgan uljalardan berganlar. Ularning kuplari Makka ahli edilar. Keyin haqiqatda ham ular yakhshi musulmon bulib ketdilar.
6. Dushman bilan chegaradosh joylarda himoya-mudofaa ishini bajarib turgan musulmonlar.
7. Zakot yigish ishlarida obru-etiborlari ila yordam beradigan musulmonlar.
Albatta, bazi mazhab va ulamolarning bu haqda uzlariga yarasha mulohazalari bor.
Hozirgi kunda qalblari ulfat qilinadiganlar ulushidan olishga haqli kishilar bormi? Ulamolarimiz bu haqda kupgina gaplarni aytganlar.
Hanbaliy mazhabi bu ulushga haqlilar doimo bor, deydi.
Hanafiylar esa bu hukm naskh bulgan, hozir qalbi ulfat topganlar yuq, deydilar.
Zamondosh ulamolardan kuplari bu ulushni qullash kerak. Hozir Islomga yangi kirayotgan va Islomda sobit qolishga ehtiyoji borlar kup, boshqa holdagilar ham mavjud, deydilar.

QULLAR TOIFASI

Alloh taolo er yuzini Islom nuri bilan munavvar qilgan vaqtda butun dunyoda, jumladan, Arabiston yarim orolida ham qulchilik hukm surar edi. Islom dini dunyoda birinchi bulib qulchilikka qarshi kurash boshladi. Buning uchun, avvalo, tushuntirish ishlari olib borildi. Keyinchalik qul ozod qilishga targib qilindi. Sungra bazi moliyaviy ibodatlarni qul ozod qilish yuli bilan ado etadigan qilib quyildi.
Zakot farz bulganda esa Alloh taolo zakotdan tushgan pullar sarf qilinadigan sakkiz toifadan biri qul ozod qilish etib belgilab quyildi.
Qullar ikki khil buladi:
1. Mukotab. Yani khojasi bilan shartnoma tuzib, malum miqdor pulni topib bersa, ozod bulishga kelishib olgan qul. Usha mukotabga khojasi bilan kelishgan pulni topishda zakotga tushgan moldan yordam qilinadi.
2. Oddiy qul. Birovga mulk bulib yurgan odam. Uni egasidan sotib olib, ozod qilinadi. Dunyoda qulchilik qolmaganidan keyin ulamolarimiz zakotning bu ulushini asir musulmonlarni ozod qilishga, mustamlaka khalqlarni mustamlakachi asoratidan qutulish yulidagi kurashiga yordam qilish uchun sarflash kerak, deganlar.

QARZDORLAR TOIFASI

Turli sabablarga kura, boshqa bir odamdan qarz bulib qolgan odam qarzdor hisoblanadi. Turli ofatlar tufayli nochor holatlarga tushib qolganlar ham shu toifaga qushiladi.
Qarzdorlar ikki turga bulinadilar:
Uzi uchun sarflab qarz bulib qolganlar;
Uzgalar uchun sarflab qarz bulib qolganlar.
Uzi uchun sarflab qarz bulganlarga zakotdan berish shartlari:
1. Qarzini uzi tulay olmaydigan holatda bulishi kerak.
2. Qarzni halol va muboh ishga ishlatish uchun olgan bulishi kerak. Yani shariat rukhsat bergan ishlarga ishlatish uchun qarz olib, tulay olmay qolgan bulishi kerak. Agar qarzni aroqkhurlik, zino, qimor, ayshu ishrat va boshqa noshariy ishlarga ishlatish uchun olgan bulsa, zakotdan unga berilmaydi. Muboh, lazzat ishlarga isrof qilish uchun qarz olgan bulsa ham, berilmaydi.
3. Qarzni hozir tulashi kerak bulishi.
Agar qarzni tulash muddati kelmagan bulsa, berilmaydi. Bazi ulamolar shu yil ichida berishi kerak bulsa, olishga haqli, deganlar. Bu holda qarz va zakot puli miqdoriga qarab har bir holatni alohida kurib chiqib hal qilinsa, yakhshi buladi.
4. Qarz tulamasa, qamalish hukmi bor bulsa. Yani odamlarning haqiga oid qarz bulishi, Allohning haqiga oid qarz bulmasligi kerak. Allohning haqiga oid qarzlar – zakot, kaforatlarga oid qarz bulsa, zakotdan berilmaydi. Uz foydasiga qarz olib tulay olmagan odamga qarzini uzishga zakotdan etarli mol beriladi.
Uzganing foydasini kuzlab qarzdor bulib qolgan odamga zakotdan berish shartlari:
Ikki janjallashgan tomonni yaratish uchun ularning urishuviga sabab bulib turgan molni tulab quyishni zimmasiga olgan, musulmonlar ommasiga foydali bulgan madrasa qurish, shifokhona, etimkhona va boshqa joylar foydasi uchun qarz olib, bera olmay qolgan odamga ham qarzini uzish uchun zakot beriladi.
«Ulgan odamning qarzini zakotdan uzib quysa buladimi?» degan savolga Shofeiy, Hanbaliy va Hanafiy mazhablari bulmaydi, deb javob qilishgan.
Zamondosh ulamolarimiz muhtoj kishilarga zakotdan qarzi hasana berib tursa buladi, deb fatvo chiqarganlar. Birovga qarz bergan odam, qarzni zakot hisobidan kechib yuborishi mumkin emas. Chunki u holda mulk qilib berish sodir bulmaydi. hiyla qilmasdan, oldin kelishib olmasdan zakotni berib, sungra qarzingni ber, deyishi mumkin.

ALLOHNING YULIDAGI TOIFA

Zakotni taqsimlashda haqdor toifalardan ettinchisi bulmish bu toifa haqida kup munozaralar bulib kelgan.
Bu munozaralar turli fiqhiy mazhablar orasidagina emas, balki har bir mazhabning ichida ham, jumladan, hanafiy mazhabi ulamolari orasida ham bulganini kuramiz. Chunki «Fiysabilillah» – «Allohning yulida» istilohi keng kulamli bulib, Quroni Karimda ham, sunnati mutohharada ham turli manolarda ishlatilgan. Binobarin, har bir savobli ishni «fiysabiylillah» deyish urf bulib qolgan.
Shuning uchun ham zakotdagi fiysabilillah toifasi haqida usha manolarning hammasidan kelib chiqib, juda keng bahs yuritilgan. Ularning hammasini jamlab urganib chiqqan ulamolarimiz, quyidagi khulosalarga kelganlar:
1. Jumhur ulamolar «fiysabilillah» jihod, gazot va askariy ishlarga bogliqdir, deganlar.
2. Jumhur ulamolar mujohid va chegara quriqchisi agar boy bulsalar ham, zakotdan olsa buladi, deyishgan.
3. Jumhur ulamolar zakot pulidan jamiyat foydasiga, qurol-aslaha, harbiy markablar, harbiy inshootlar va harbiy kemalarga sarflasa buladi, deganlar.
Ulamolar hammasi ittifoq qilganlariga kura, zakot pulidan khayriya ishlariga, tugon, kuprik, masjid, madrasa, yul qurilishi kabi ishlarga sarflab bulmaydi. Mazkur ishlarga ulja va kharoj kabi boshqa daromadlardan sarflanadi.
Hamasr ulamolarimiz, ushbu toifaga atalgan ulushni Islom erlarini ozod qilishga sarflanishi kerak, deganlar. Shu bilan birga, bugungi kunimizda holat va istilohlarning uzgarganini etiborga olish kerak.
Misol uchun, musulmonlarga qarshi madaniy, marifiy va mafkuraviy hamla qilinmoqda. Shunga yarasha musulmonlar ularning bu hamlalarini qaytarish uchun madaniy, marifiy va mafkuraviy harakat qilishlari kerak. Bu turdagi ish ham uz-uzidan bulavermaydi. Unga kuplab mablag lozim buladi. Kitoblar, turli nashrlar, turli film, kursatuv, eshittirish va targibot-tashviqot ishlari uz-uzidan bulmaydi. Shuning uchun mazkur ishlarni ham islomiy ishlar deyish kerak va unga «fiysabiylillah» ulushidan mablag sarflash kerak, deganlar.

IBN SABIYL TOIFASI

«Ibn» suzi arabchada «ugil» manosini, «sabiyl» esa «yul» manosini anglatadi. «Ibn sabiyl»  «yul ugli» degan manoni bildiradi.
Yurtdan tashqariga chiqib, uz yurtidan aloqasi uzilib qolgan kishi «ibn sabiyl» deyiladi. Quroni Karimda bu turdagi kishilarga alohida etibor berilgan. Kupgina oyati karimalarda ibn sabiylga yakhshilik qilish zarurligi qayta-qayta takidlanadi.
Okhiri kelib, zakotga haqdor sakkiz toifadan biri «ibn sabiyl» deb elon qilingan. Agar «ibn sabiyl» yurtida boy bulsa ham, musofirlikda qiyin ahvolga tushib qolsa, unga zakotdan ulush beriladi.
Ibn sabiylga bunchalik etibor berilishini ulamolarimiz quyidagicha sharhlaydilar. Islom dinida bir necha sabablarga binoan, safar qilish, yurish va kurishga targib qilingan.
1. Rizq talab qilish uchun safar qilish.
Quroni karimda:
«U(er)ning elkalarida yuring va U Zot (Alloh)ning rizqidan talab qiling», deyilgan.
Boshqa bir oyatda:
«Va boshqalar er yuzida (javlon) urib yururlar, Allohning fazlini talab qilurlar», deyilgan.
2. Ilm, nazar va etibor uchun safar qilish.
«Er yuzida yuringlar va nazar solinglar», degan oyatlar anchagina bor. Islom ulamolarining ilm talabida qilgan safarlari insoniyat tarikhining nodir sahifalariga aylangani hech kimga sir emas.
3. Allohning yulida ish qilish uchun safar.
4. Ibodat safari deb atalgan haj va umra safari.
Shunchalik ishlarga Islom uzi amr qilib quyganidan keyin mazkur safarlar oqibatida noqulay holga tushib qoladigan «ibn sabiyl»larga alohida etibor berilishi tabiiy.
Qadimdan musulmon ulkalarida musofirlarni ehtirom qilishlari, ularga imkoni boricha izzat-ikrom kursatishlari bejiz emas. Musofirlar foydasi uchun qurilgan musofirkhonalar, takiyalar, qilingan vaqflar va boshqa khayriya ishlari ham behuda emas. Demak, dunyo tarikhida hech kim, hech qanday tuzum musofirlarga musulmonlarchalik ahamiyat bermagan.
Safari davomida vataniga eta olmay, yuli tusilib qolgan har qanday odamga ham zakot berilavermaydi. Balki quyidagi shartlar mavjud bulishi lozim tutiladi:
1. Uzi turgan joyidan vataniga etib olishga mablagi bulmasligi. Agar vataniga etib olgudek mablagi bulsa, unga zakot pulidan berib bulmaydi. Chunki yordamdan maqsad uni yurtiga etkazib quyishdir.
2. Safari masiyat safari bulmasligi kerak. Odam uldirish, ugrilik, harom tijorat, musulmonlarga zarar etkazadigan ishlar uchun safarga chiqqan odam «ibn sabiyl» bulib qolsa, unga hech narsa berilmaydi. Chunki Islom harom, gunoh ishlarga yordam berishni harom qilgan.
3. Uz yurtida mol-mulki bor «ibn sabiyl» qarz olish imkonini topa olmasa. Yani undoq odam oldin uyiga etib olishi uchun qarz olishga urinishi kerak. Qarz olishning yulini topa olmagandagina zakotchilarga murojaat qilishi mumkin.
Bu shartlarni uzida mujassam qilgan «ibn sabiyl»ga qasd qilgan joyiga etib olguncha etarli taom va kiyim hamda ulov bilan yordam beriladi. Uning vataniga etib olishi uchun zarur kharajatlarga zakotdan pul ajratiladi.
Bugungi kunda «ibn sabiyl»larning anchagina turi bor. Safarga chiqib, vatanida mol-mulki bulsa ham, noqulay holga tushib qolganlar tez-tez uchrab turadi. Qochoqlar va muhojirlar hamma erda mavjud. Uz yurtida mol-mulki bulaturib urush tufayli, zolimlarning zulmi tufayli «ibn sabiyl»ga aylanganlar musulmonlar ichida juda ham kup. Shuningdek, uy-joysiz, kuchada qolganlar ham yuq emas. Ushbu toifalarning hammasiga zakotning «ibn sabiyl» ulushidan ajratish lozim.

Zakot haqdorlarga qanday bulinadi?

Zakot tuplashni va unga kimlar haqdor ekanini urganib chiqdik. Zakot tuplandi, haqdorlar aniqlandi. Endi uni bulish masalasi qanday buladi?
Agar bugungi kunimiz etibori bilan oladigan bulsak, hozir qullar yuq. Ammo ularning urniga musulmon asirlar quyilishi mumkin. Kupgina joylarda zakotchilar ham yuq. Mol egasining uzi yoki uning vakili beradi. Bu holda zakotchi ulushi ham tushib qoladi.
Qadimda ulamolarimiz zakotni bulish masalasida «Bir toifaga berilsa, buladimi?», «Hamma toifaga berish shartmi?», «Bulinganda hammaga teng bulinadimi?» kabi savollarga turlicha javob berganlar. Bu ishlar har bir zamonning va makonning sharoitiga qarab echilishi lozim bulgani uchun ham Quron va Sunnatda asosiy yunalishlari kursatib quyilib, tafsilotlari musulmonlarning ulamolariga havola etilgan. Ular uz zamonlari, makonlari sharoitidan kelib chiqib, asosiy qoidalarga suyangan holda juziy masalalarni echaveradilar.
Ushbu masalani tuliq urganib chiqqan ulamolarimiz khulosa tariqasida quyidagilarni aytadilar:
1. Agar zakotga tushgan mol kup bulsa, barcha toifadagi haqdorlarga berish kerak.
Mavjud haqdor toifalardan birortasini mahrum qilishga hech kimning haqi yuq.
2. Hamma toifalarga teng bulish ham vojib emas.
Bunda holatga qaraladi. Misol uchun bir yurtda mingta faqir, yuzta qarzdor va unta «ibn sabiyl» bulishi mumkin. Albatta, tushgan zakotni uchga bulib uch toifaga berilmaydi, ehtiyojga qarab taqsimlanadi.
3. Zakotni bazi toifalargagina berish ham joiz. Bu ish ham sharoitga qarab buladi. Shu bilan birga, bir toifaga oid haqdorlarning hammasiga bir khil miqdorda mol berish ham shart emas. Holat va ehtiyojga qarab turlicha bulishi mumkin. Albatta, bu khilda bulishda havoi nafs amri emas, shariat amri, adolat yuzasidan qarash yuli ustun turadi.
4. Miskin va fuqarolar toifasi hammadan oldinda turadi. Chunki zakotning birinchi navbatdagi haqdorlari ushalar. Faqir va miskinlarni quyib boshqa kharajatlarga zakotdan tushgan mablagni ishlatishga hech kimning haqi yuq.
5. Agar zakot idorasi, zakotchilar bulsa, ular uchun sakkizdan bir ulushdan ortiq molni olib bulmaydi.
6. Zakot oz miqdorda bulsa, bir toifaga va yoki bir kishiga bergan maqul. Chunki oz narsani kupchilikka tarqatilganda zakotdan kuzlangan maqsad hosil bulmaydi. Ozga tarqatilganda esa oz bulsa ham hosil buladi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари