Home / Madaniyat / Zakot olishi mumkin bulmagan toifalar

Zakot olishi mumkin bulmagan toifalar

zakotSaid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim bir uvqiya qiymatida moli bulaturib surasa, khiralik qilgan buladi», dedilar
».
Boshqa bir rivoyatda:
«Batahqiq, khiralik ila surabdi», deyilgan.

Men: «YOquta (nomli) tuyam uvqiyadan yakhshiroq, dedim».
Abu Dovud, Nasaiy va Ahmad rivoyat qilishgan.

Sharh: Bir uvqiya qirq dirhamga teng. Bundan uziga etarli puli va moli bor odamga zakot olish durust emasligi kurinadi.
Hanafiy mazhabidan boshqa mazhab ulamolari ushbu hadisni va shu manodagi boshqa hadislarni hujjat qilib, nisobdan oz bulsa ham, uziga yarasha molga ega odam zakot olishi mumkin emas, deganlar.

Sahl ibn Hanzoliya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Uzining hojatiga etarli narsasi bulaturib, suragan odam, albatta, duzakhdan kuproq suragan buladi», dedilar
».
Boshqa rivoyatda:
«Jahannamning chugidan», deyilgan.
«Ey Allohning Rasuli, hojatiga etarli narsa nima?» deyishdi.
«Tushlik va kechqurunlik taomiga etarli miqdor», dedilar
».
Boshqa bir rivoyatda esa:
«Bir kecha-kunduz tuyishiga etarli narsasi borligi», deyilgan.
Abu Dovud va Ibn Hibbon rivoyat qilishgan va «sahih» deyishgan.
Sharh: Bu hadis tilanchilik qilish manosida aytilgan hadisdir. Shunday bulsa ham, bu erda keltirishdan maqsad, uzidan muhtojroq kishilar borligini bilaturib, zakotga uzini urish yakhshi emasligini anglatishdir.

Ato ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Sadaqa boyga halol bulmaydi. Magar besh kishiga: Alloh yulida goziylik qiluvchiga, u (sadaqa) uchun omilga, qarzdorga, uz moli ila u(sadaqa)ni sotib olgan odamga yoki bir odamning miskin qushnisi bulsa-yu, miskinga berilgan sadaqasini boyga hadya qilsa, buladi», dedilar
».
Abu Dovud, Ahmad va hokim sahih hadis sifatida rivoyat qilishgan.
Sharh: Boyga zakot faqat besh holatda halol buladi:
1. Alloh yulidagi ishga chiqsa.
Albatta, Alloh yulidagi ishga uz molidan sarflasa, juda yakhshi buladi. Ammo zakot molidan sarflasa ham, harom bulmaydi.
2. Sadaqaga omil bulsa, yani zakotchi bulib ishlasa, ish haqini boy bulaturib zakotdan olishi joiz. Chunki Alloh taolo Uzi bunga rukhsat bergan.
3. Qarzdorga.
Uzi boy bulib, ammo kupchilik foydasi uchun biror kattaroq sarfni buyniga olib qarzga botgan odam ham zakotdan olib qarziga bersa, joiz.
4. Bir kambagalga, misol uchun, zakotdan bir dona quy tegdi. Uni boy odam uz puliga kambagaldan sotib oldi. Bu, albatta, joiz. Lekin zakotni sotib olish ham durust emas ekan, degan tushuncha chiqmasligi uchun hadisda bayon qilingan.
5. Kambagal uziga zakotdan tekkan narsadan boyga hadya qilsa, boy olishi joiz. Bu ham oldingiga ukhshab, boyga zakot bulgan narsa hadya shaklida kelsa ham, harom, degan fikr chiqmasligi uchun aytilgan. Zakot kambagalning mulkiga aylanadi, demak, uzi qanday khohlasa, shunday tasarruf qiladi.
Ulamolarimiz bu masalaga oid hamma hujjat va dalillarni atroflicha urganib chiqib, quyidagi khulosaga kelganlar. Shunga binoan, zakot olishi harom bulganlar quyidagilar:
— Boylar.
— Kuchli, biror kasbga qodir kishilar.
— Dinsizlar, din dushmanlari va ahli zimma.
— Zakot beruvchining bolalari, ota-onalari va ahli ayoli.
— Paygambar alayhissalomning qarindoshlari.
Endi ushbu toifalarni birma-bir, batafsil urganib chiqishimiz lozim.

Boylar
Aslida boylar zakot berishlari kerak. Binobarin, ularning zakot olishlari mutlaqo mumkin bulmaydi.
Shunday bulsa ham, utgan hadisi sharifda urganganimizdek, zakot ishida qatnashgan hamda kupchilik manfaati uchun qarzdor bulib qolgan boylarga zakotdan olishlari mumkinligi aytib utildi.
Bazi bir kishilar uzlaridan boshqalarning boyligi tufayli ham boy hisoblanadilar va zakot olishlari durust bulmaydi. Misol uchun, balogatga etmagan yosh bola otasining boyligi tufayli boy hisoblanadi. Shuningdek, faqir ayol erining boyligi ila boy hisoblanadi. Chunki uning nafaqasi eriga vojib buladi.
Bu masalada: «Nafaqasi boyga vojib bulgan kishilarga, uning bolalari, khotini, ota-onasi va shunga ukhshash yaqinlariga zakot olish haromdir», deyilgan.

Jumhur ulamolar bu toifadagi kishilarga zakot olish joiz emas, desalar ham, hanafiy ulamolari moli nisobga etmagan bulsa, olsa bulaveradi, deydilar.

Dinsizlar, din dushmanlari, ahli zimmalar
Dinsizlarga va din dushmanlariga hech narsa berib bulmasligi malum. «Ahli zimma» deb ataluvchi boshqa din vakillariga zakot berib bulmaydi. Chunki zakot musulmonlardan olinib, musulmonlarga berilishi shart.
Ammo ahli zimmaga nafl sadaqalardan, sadaqai fitrdan bersa buladi. Chunki avval aytilganidek, zakot moliyaviy ibodat bulib, uni berish uchun ham, olish uchun ham musulmon bulish kerak.
Fosiqlarga zakot berib buladimi?
«Fosiq» deb bazi gunoh ishlarni qilib nomi chiqqan odamga aytiladi. Aslida musulmonu, lekin gunoh ishlar ham qilgan odamlarga qadimgi ulamolar zakot bersa buladi, deganlar. Shu bilan birga, zakotni olgandan keyin uni fisq va gunoh ishlarga sarflamasligi kerak, degan shart quyganlar. Bu bilan zakot berish asnosida uni fisqni tark etib, taqvo yulini tutishiga davat qilinadi. Lekin fisqi ila musulmon jamiyatiga, dinga va din ahliga yomonlik qilgan odamga zakot berilmaydi.
«Benamozligi bilan fosiq bulgan odamga zakot beriladimi?» degan savolga, bazi ulamolarimiz: «Uni namoz uqishga chaqiriladi, agar namoz uqishga vada bersa, beriladi, bulmasa yuq», deganlar.

Zakotni erga, ota-onaga va qarindoshga bersa buladimi?
Zakotni bolalarga, khotinga berish mumkin emasligi haqida aytgan edik. Shuningdek, ota-onaga ham berish mumkin emas. Chunki bolaning mol-mulki ota-onaniki hisoblanadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir farzandga, sen ham, moling ham otangga mulksizlar, deganlar.
«Boy-badavlat khotin uzining kambagal eriga zakotini bersa buladimi?» degan savolga bazi mazhablar «buladi», deb javob berganlar.
Hujjat manosida, Abdulloh ibn Masud roziyallohu anhuning khotinlari Zaynab roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Zakotimni erimga bersam, buladimi?» deb suraganida, ul Zot: «Buladi», deb javob qilganlarini keltiradilar.
Hanafiy mazhabi ulamolari esa, Zaynab roziyallohu anhoning hodisasi khususiy, deb biladilar va khotin eriga zakotini berishi durust emas, chunki er uni olib, yana khotinning uziga ishlatadi, deydilar.
«Boshqa qarindoshlarga zakotini bersa buladimi?» degan savolga, bazi ulamolar «Ularning nafaqasi lozim bulsa, bulmaydi, nafaqa urniga zakot berish ila uzi foyda topadi», deyishgan.
Ammo Hanafiy mazhabi ulamolari, «buladi», deyishgan. Chunki nafaqa uziga yarasha shartlar bilan vojib buladi, yaqin qarindoshlar bilan ota-bolaga ukhshab mulki birlashib ketishi yuq. Yaqin qarindoshga berilganda mulk zakot beruvchidan zakot oluvchiga kuchadi. Bu holat esa zakot berish mumkin ekanligi garovidir, deyishadi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари