Home / Madaniyat / Voqea surasini uqish

Voqea surasini uqish

suraVoqea surasi Makkai Mukarramada nozil bulgan bulib, 96 oyatdan iborat. «Voqea» qiyomat kunining nomlaridan biridir. Ushbu suraning ilk oyatida «Voqea voqe bulganda» deya keladi, yani bu oyatda qiyomat qoim bulishi haqida suz bormoqda.

Voqea surasida qiyomatning manzaralari, jannat va duzakhning vasfi, ularning ahllari haqida suz yuritiladi. Suraning nomi shundan olingandir. Voqea surasi boshqa suralar kabi nihoyatda fazilatlidir. Bu surani har kecha uqib yurgan kishi aslo muhtoj bulmasligi haqida vadalar kelgan.

مَنْ قَرَأَ سُورَة (الْوَاقِعَةِ) فِى كُلِّ لَيْلَةٍ لَمْ يُصِبْهُ فَاقَةٌ أَبَدًا.
(رواه البيهقى عن ابن مسعود)
«Kim Voqea surasini har kecha uqisa, unga aslo muhtojlik etmaydi»
Imom Bayhaqiy Ibn Masud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan.

Bas, shunday ekan, kamchiliklardan shikoyat qilavermay, sababini qilish bilan birga, ushbu surani har kecha uqishni yulga quyaylik. Ibn Masud roziyallohu anhuning uzlari bu vadaga qanchalar ishonganlari, unga amal qilganlari quyidagi rivoyatdan malum buladi.

Hofiz ibn Asokir Abdulloh ibn Masud haqida shunday rivoyat qiladi:

«Abdulloh ibn Masud vafot etishi arafasida betob bulib qoldi. Usmon ibn Affon uning ziyoratiga kelib:
— Nimadan shikoyating bor? – deb suradi.
Ibn Masud:
— Gunohlarimdan,– dedi.
Usmon ibn Affon:
— Nimani khohlaysan? – deb suradi.

Ibn Masud:
— Robbimning rahmatini,– dedi.
Usmon ibn Affon:
— Senga tabib buyuraymi? – dedi.
Ibn Masud:
— Tabib (yani Alloh) meni betob qildi, ― deb javob qildi.
Usmon ibn Affon:
— U holda senga hadya buyurtiraymi? – deb suradi.
— Unga hojatim yuq, – dedi Ibn Masud.

Usmon ibn Affon:
— Senda hojat bulmasa, sendan keyin qizlaringga qoladi, – dedi. Ibn Masud bunga javoban:
— Qizlarimning kambagal bulib qolishlaridan qurqyapsanmi? Men ularga har kechada Voqea surasini uqishni buyurganman. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kimki har kechada Voqea surasini uqisa, zinhor qashshoqlikka uchramaydi», deganlarini eshitganman, – deb javob berdi.

Bu zotlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vadalariga naqadar kuchli ishonishgan! Uzlari bunga amal qilganlar va farzandlariga ham shuni buyurganlar. Bu haqda bilmagan bulsak, endi bildik. Voqea surasini har kechada uqishlikni odat qilaylik.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари