Home / Jamiyat / Vladimir avtohalokati qurbonlari va jabrlanuvchilarini olib qaytish uchun Uzbekistondan makhsus bort uchadi
Место рекламы

Vladimir avtohalokati qurbonlari va jabrlanuvchilarini olib qaytish uchun Uzbekistondan makhsus bort uchadi

Uzbekiston hukumati Rossiyaning Vladimir viloyatida 6 oktyabr kuni yuz bergan avtobus va poezd tuqnashuvi oqibatida halok bulgan va omon qolgan Uzbekiston fuqarolari uchun makhsus bort yuboradi. Bu haqda «Daryo»ning hukumatdagi manbalari malum qildi.

Manbalar bergan malumotga kura, makhsus bort 6 oktyabr kuni tushdan sung Rossiyaga uchib ketishi kutilmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot khizmati va boshqa masullari vaziyat yuzasidan batafsil akhborot yaqin vaqt ichida taqdim etilishini malum qildi.

Avvalroq Uzbekiston Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan Vladimirdagi avtohalokat oqibatida jabrlangan Uzbekiston fuqarolariga tibbiy yordam kursatish uchun tezkor guruh tuzilgani va u Rossiyaga uchib ketishga tayyorligi malum qilingan edi.

Rossiyaning Vladimir viloyatidagi temiryul kesishmalaridan birida 6 oktyabr kuni avtobus va poezd tuqnashuvi yuz berdi. Tuqnashuv oqibatida, sunggi malumotlarga kura, 19 kishi halok bulgan, ularning 18 nafari Uzbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda (avvalroq 15 uzbekistonlik halok bulgani malum qilingan edi). Shuningdek, yana ikki bola ogir ahvolda shifokhonaga yotqizilgan.

Qozogiston Tashqi ishlar vazirligi malumotlariga kura, avtobusda jami 57 kishi bulgan. Ularning ikki nafari qozogistonlik haydovchi, qolgan 55 nafari esa uzbekistonlik yulovchilar bulgan. Avtobus temiryul kesishmasi ustida uchib qolgani aytilmoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

9tEzX_yVpVHSHZLZ7CmHrwfjRzZvsvrP

1,7 milliard sumlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek quyildi

Toshkent viloyati bojkhona boshqarmasi Kontrabanda va bojkhona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bulimi khodimlari Toshkent viloyati …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари