Home / Madaniyat / Vird va ibodatlar taqsimi

Vird va ibodatlar taqsimi

ibodatAlloh taoloning marifati va vadasining tasdigi hosil bulsa hamda umrning qisqaligi anglab etilsa, usha qisqa umrda qisqalikka yul quymaslik vojib buladi. Nafs bir narsani qayta-qayta takrorlayversa, uni malol olib qoladi. Shuning uchun uni turli ishlarga solib turish kerak.

Alloh taolo «Inson» surasida: «Ertayu kech Robbing ismini zikr qil. Va kechasida ham Unga sajda qil va uzoq kechalarda Unga tasbih ayt», degan (25-, 26-oyatlar).

Bu va bunga ukhshash boshqa oyatlardagi manolar Alloh taoloning yulida yurishda vaqtni tartibga solish va uni virdlar ila davomli ravishda obod qilib turish kerakligini anglatadi.

Alloh taolo «Furqon» surasida: «U ibrat olmoqni iroda qilgan va shukr qilmoqni iroda qilgan kishi uchun kecha-kunduzni birin-ketin qilgan Zotdir», degan (62-oyat).
Yani kechada qila olmay qolganini kunduzi yoki aksincha qiladi. Shunday qilib khilma-khillik yuzaga keladi.

Kundalik virdlar va ularning tartibi

«Kundalik virdlar va ularning tartibi» deganda, bugungi kunning tabiri bilan aytganda, muridning kun tartibi kuzda tutiladi. Albatta, bunda muridning yoshi, ilmi, kasbi, shakhsi va boshqa barcha omillar hisobga olinadi.
Kitoblarda umumiy tarzda aytib utilsa ham, alohida yolgiz bir shakhsga kelganda ana usha umumiy narsalardan unga mos kelgani tatbiq qilinadi. Utgan mashoyikhlar ham bu narsaga alohida etibor berganlar.

Khususan, imom Fazzoliy rohmatullohi alayhi juda nodir tarzda ajoyib fikrlarni bayon qilganlar: «Bilki, bir kecha-kunduz yigirma turt soatdan iboratdir. Uning uchdan birida, yani sakkiz soat ukhlash mutadillikdir. Kim bundan oz ukhlasa, badani uchun iztirobdan omon bula olmaydi. Kim bundan kup ukhlasa, dangasaligi ziyoda buladi. Kechasi etarli ukhlagan kishi kunduzi ukhlamaydi. Kechasi uyqusi kam bulgan odam, nahorda kamini tulgazib oladi».

Oishadan: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning malum kunlarga biror narsani khos qilib quyish odatlari bor edimi?» – deb suraldi.
U kishi: «Yuq! Ul Zotning amallari doimiy edi. Sizlardan qay biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qodir bulgan narsaga qodir bula olar edi?!» – dedilar».

Uchovlari rivoyat qilishgan.

Nahorgi virdlar

Virdlar tong sahardan boshlanadi. Subh chogi sharafli va barakali vaqtdir. Alloh taolo Quroni Karimning «Takvir» surasida subh ila qasam ichgan:
«Nafas olib kirib kelgan tong bilan qasam» (18-oyat).
Uyqudan uygongan murid Alloh taoloni zikr qilmogi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga iqtido qilib, quyidagi hadisda kelgan duoni uqimogi lozim.

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uygongan vaqtlarida: «Bizni uldirganidan keyin tiriltirgan Allohga hamd bulsin. Va tuplanish Uning Uzigadir», der edilar».
Bukhoriy rivoyat qilgan.

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kim Bomdod namozidan keyin oyogini yiqqan holida turib, gapirmasdan oldin un marta «Laa ilaaha illallohu, vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu, yuhyi va yumiytu va huva ala kulli shayin qodir» desa, unga un hasanot yozilur, un khatosi uchirilur, uning un darajasi kutarilur. Usha kuni u barcha yoqimsiz narsadan himoyada bulur va shaytondan saqlanur. Usha kuni uni gunoh ham tutmas, magar Alloh taologa shirk keltirmagan bulsa».
Termiziy rivoyat qilgan.

Kupchilik mashoyikhlar va utgan azizlar ushbu rivoyatda kelgan duoni uzlariga kundalik vazifa qilib olganlar. Har bir kishi bunga amal qilmogi lozim. Chunki Bomdod namozidan keyin urnidan turmay, oyoqlari yigilgan holda, dunyoviy gaplarni gapirmay turib bu duoni uqigan odamga kupgina yakhshiliklar vada qilinmoqda:
1. Unga un hasanot yozilur.
2. Uning un khatosi uchirilur.
3. Uning un darajasi kutarilur.
4. Usha kuni u barcha yoqimsiz narsadan himoyada bulur.
5. Shaytondan saqlanur.
6. Usha kuni uni gunoh ham tutmas, magar Alloh taologa shirk keltirmagan bulsa. Agar Alloh taologa shirk keltirgan bulsa, ishi chatoq buladi.

Bomdodning farzini uqib bulganidan sung, namozdan keyin qilinadigan zikr va duolarni uqiydi. Iloji bulsa, «Yaasin» surasini uqib, quyosh chiqqunicha kutadi.

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon Bomdodni uqisalar, to quyosh chiqquncha namozgohlarida ultirar edilar.»
Termiziy rivoyat qilgan.
Bomdod namozidan keyin quyosh chiqquncha bulgan vaqt qanchalar fazilatli vaqt ekanini bilib oldik.
Bu payt er yuzida farishtalar almashish uchun jam buladigan paytdir. Nima amal qilinsa, usha jam bulgan farishtalar guvoh buladilar.

Bu paytda rizq ulashiladi. Ana shundoq paytni zikr qilib utkazish katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu vaqtni zikrda utkazganlar. Biz ham shunga odatlanmogimiz lozim.

Kechaning virdlari

Uyqu. Mashoyikhlarimiz uyquni vird hisoblashlari bejiz emas. Agar uning odoblariga rioya qilib, niyat bilan qilinsa, ibodat hisoblanadi.
Ulug sahobiy Muoz roziyallohu anhu: «Men uygoqligimda savob umid qilganimdek, ukhlaganimda ham savob umid qilaman», degan ekan.

– Uyquning odoblaridan biri – tahorat bilan yotish.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Paygambar sollallohu alayhi vasallam qachon junub bulsalar, emoq yoki ukhlashni iroda qilsalar, namozga tahorat qilganlaridek tahorat qilar edilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.

Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhu aytadi: «Ruhlar ukhlanayotgan vaqtda osmonga olib chiqiladi va Arshning oldida sajda qilishga amr qilinadi. Agar tahoratli bulsa, Arshning oldida sajda qiladi. Ammo tahoratli bulmasa, Arshdan uzoq joyda sajda qiladi».

– Uyqudan oldin tavba qilish. Zero, sirti tahoratli bulgandan keyin, ichi ham toharatli bulishi kerak. Ehtimol, uyqusidan turmay vafot etar.

– Uyquning odoblaridan biri – musulmon kishiga nisbatan qalbida gilli-gash bulsa, uni ketkazmoq, zulm qilishni niyat qilmaslik va uygonganda gunoh qilishga azm qilmaslik.

– Vasiyat qilishi lozim bulgan odamning vasiyatini yozib quyib ukhlashi ham uyquning odoblariga kiradi.

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Vasiyat qilgudek narsasi bor musulmon kishiga vasiyatini yozilgan holda huzuriga quymay ikki kecha (bemor bulib) yotib qolishi durust emas», – dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan.

– Uyquning odoblaridan biri – uyqu golib kelmaguncha ukhlamaslik. Salafi solihlarning odatlari shunday bulgan.

– Qiblaga qarab, ung tarafi bilan, hadislarda kelgan duolarni uqib yotish uyquning odoblaridan.

Imom Bukhoriy va Muslim rivoyat qilishgan hadisda:

«Bismika Robbiy, vazotu janbiy va bika arfauhu. Fa in amsakta nafsiy farhamhaa va in arsaltahaa fahfazhaa bimaa tahfazu bihi ibadakas-solihiyn», degan duo uqilishi aytilgan.
Manosi: «Isming ila Robbim, yonimni quydim va Sening ila uni kutarurman. Agar jonimni tutib qoladigan bulsang, unga rahim qilgin. Agar uni quyib yuboradigan bulsang, uni solih bandalaringni muhofaza qiladigan narsa ila muhofaza qil».
Imom Bukhoriy Oisha onamizdan rivoyat qiladilar:

«Nabiy sollallohu alayhi vasallam har kecha joylariga yotsalar, ikki kaftlariga «Qul huvallohu ahad», «Qul auuzu birobbil falaq» va «Qul auuzu birobbinnaasi» suralarini uqib, dam solib, badanlariga etgan joyigacha boshlari va yuzlaridan boshlab old taraflariga surtib yotardilar. Buni uch marta qilar edilar».

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar:
«Ikki khislat yoki odat bor. Mumin banda ularni muhofaza qilsa, albatta, jannatga kiradi. Ikkisi osondir va ularga amal qiladigan ozdir. Har bir namozdan keyin un marta tasbih aytadi, un marta Allohga hamd aytadi va un marta takbir aytadi. Usha hammasi tilda bir yuz ellikta. Tarozuda bir ming besh yuzta.
Qachon yotar joyini olsa, uttiz turt marta takbir, uttiz uch marta hamd va uttiz uch marta tasbih aytadi. Bular tilda yuzta, tarozuda mingta».
«Batahqiq, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ularni qullari bilan sanayotganlarini kurdim. Shunda: «Ey, Allohning Rasuli! Ularning oz bulgani va ularga amal qiladigan oz bulishi qandoq?» – deyishdi.
«Shayton biringizga uyqusida keladi va uni aytishidan oldin ukhlatib quyadi. Namozida kelib, uni aytishidan oldin holatini esiga soladi», – dedilar».

Sunan egalari rivoyat qilishgan.

Murid uyqusidan oldingi okhirgi kalomi Alloh taoloning zikri bulishi uchun harakat qiladi.
Shuningdek, kechasi tahajjudga uygonganda ham, avvalgi kalomi zikr bulishi uchun harakat qiladi.

Kechaning beshinchi virdi

Kechaning oltidan biri qolgan vaqt. Buni sahar vaqti ham deyiladi. Bu vaqt istigfor aytiladigan vaqtdir.

Alloh taolo «Zaariyat» surasida:«Va ular saharlarda istigfor aytarlar», degan (18-oyat).

Sahar chogida turish, istigfor aytib, gunohining kechirilishini surash juda ham fazilatli ish bulib, buni qilgan kishilar khayr-baraka, ulug martabalarga erishadilar.

Hadisi shariflardan birida Paygambarimiz alayhissalom shunday deganlar: «Albatta, Alloh taolo har kuni kechaning uchdan biri qolganda dunyo osmoniga tushadi va tong otguncha: «Tavba qiluvchi bormi, tavbasini qabul qilaman; istigfor aytuvchi bormi, magfirat qilib, gunohini kechaman; surovchi bormi, suraganini beraman», deydi».
Shuning uchun iloji boricha, saharda turib, ibodat qilish, istigfor aytishga urinish lozim.

Tovus rahmatullohi alayhi bir kishini sahar chogi kelib surasa, ukhlayotganini aytishibdi. Shunda u: «Sahar chogi biror kishi ukhlamasa kerak, deb uylardim», degan ekan.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари