Home / Siyosat / Vazirlik: OTMlarda yangi uquv binolariga ehtiyoj yuq
Место рекламы

Vazirlik: OTMlarda yangi uquv binolariga ehtiyoj yuq

Uzbekistonda yildan yilga OTMlarga qabul kvotalari oshirilmoqda. Shunga qaramay, mazkur tendensiya binolarga bulgan katta ehtiyojni yuzaga keltirmaydi, deb malum qildi Oliy va urta makhsus talim vazirligi Bosh boshqarma boshligi Abduvali Kholiqov.

Foto: Oliy va urta makhsus talim vazirligi

«Akademik lisey va kollejlarning yuzga yaqin binolari OTM tasarrufiga berildi. 2022 yilgacha [qushimcha] uquv binolariga ehtiyoj bulmaydi. 2023 yildan boshlab ehtiyoj seziladi va qushimcha binolarni qurish buyicha amaliy harakatlar olib boriladi», – dedi Kholiqov.

Kun.uz mukhbirining khabar berishicha, vazirlik mulozimi bu haqda 6 mart kuni AOKAda bulib utgan matbuot anjumanida aytib utgan.

«2017 yilgacha OTMlarga qabul kursatkichi 9 foiz atrofida uzgarmay kelgan. 2018 yilda 13 foizga, 2019 yilda 20 foizga usish kuzatildi.

Joriy uquv yilida esa kursatkichni kamida 25 foizga oshirishni rejalashtirganmiz», – dedi Abduvali Kholiqov.

Uning suzlariga kura, 2019-2020 uquv yilida oldingi yilga qaraganda 146 ming nafar kuproq talaba uqishga qabul qilingan.

«Joriy yil respublika buyicha umumiy urta talim maktablarini 641 ming nafar uquvchi tugatadi. Demak, 2020-2021 yilda 160 mingdan ortiq yoshlarni oliy talimga qabul qilishimiz kerak.

Buni amalga oshirishga imkoniyatimiz etarli. Bugungi kunda 468 ming nafar talaba bulsa, keyingi uquv yilida 550 mingdan ortiq talaba oliy talimga qamrab olingan buladi.

2030 yilga kelib esa oliy talimga qamrab olish darajasi 50 foizdan oshadi», – dedi OUMTV Bosh boshqarma boshligi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

«Rahbarlar befarq bulmasa, vaziyatdan chiqib ketamiz» – Prezident hokimlarni koronavirusga qarshi ogohlikka chaqirdi

19 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoev koronavirus pandemiyasining aholi turmushi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy tasirini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари