Home / Madaniyat / Vaqf nima? Khayriya jamoat fondi qanday ishlaydi

Vaqf nima? Khayriya jamoat fondi qanday ishlaydi

Joriy yilning 11 iyul kuni Media-markaz binosida Khalqaro Press-klubning «Vaqf: khayriya mablaglari boshqaruviga shaffof yondashuv» mavzusida sessiyasi bulib utdi. Unda shu yilning 16 aprel kuni Uzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolangan «Diniy-marifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi farmoni buyicha tashkil etilgan «Vaqf» khayriya jamoat fondi haqida malumotlar berildi.

Foto: Khalqaro Press-klub

«Vaqf» khayriya jamoat fondi

Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 apreldagi «Diniy-marifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida»gi PF-5416-son Farmoni buyicha «Vaqf» khayriya jamoat fondi tashkil etildi. Fond 10 may kuni Adliya vazirligi tomonidan davlat ruykhatidan utkazildi.

Vaqf uzi nima?

«Vaqf» suzi lugatlarda «tutib turish», «tukhtatish» manolarida keladi. Vaqfning shariy tarifi borasida turli fikrlar bildirilgan. «Vaqf – narsani Alloh mulki hisobida saqlashdir». Yani, vaqf qilingan narsa vaqf qiluvchining mulkidan chiqadi va Alloh mulkiga aylanadi. Vaqf qilingan narsadan keladigan foyda vaqf qiluvchi uni vaqf etishda tayinlagan jihatga (masalan, talabalar, musofirlar, kambagallar kabi) sarf qilinadi va savobi vaqf qiluvchiga abadiy buladi. Vaqf qilingan narsa sotilmaydi, hadya qilinmaydi, meros bulmaydi.

Fondning asosiy mulki vaqf mulkidan kelgan mablaglarmi?

Fondning mablaglari 3 qismga bulinadi.

1. Khayriya bulimi

2. Vaqf bulimi

3.Zakot, ushr, fitr va fidya bulimi.

Bilishimiz kerakki, hozirgi kunda 3 ta bulimning ham banklarda alohida-alohida hisob raqamlari mavjud. Masalan, bir kishi zakot uchun fondga mablag utkazsa, ushbu mablag zakot bulimiga tushadi. Shu bilan birga, shariatda aytilgan urinlarga sarf qilinishi aytilmoqda. Umumiy qilib aytganda fond faqatgina vaqf mulkidan iborat emas.

Fondning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

Fondga kelib tushgan mablaglar masjidlar va diniy talim muassasalarining binolarini qurish, tamirlash, rekonstruksiya qilish, diniy talim muassasalari professor-uqituvchilari, tadqiqotchilari, mutakhassislari va uquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qullab-quvvatlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shakhslarni moddiy va manaviy qullab-quvvatlash kabi bir qator ishlar uchun sarflanadi.

Foto: Khalqaro Press-klub

Fondga mablaglar qay tartibda yigiladi?

Hozirgi vaqtda fond khayriya mablaglarni odamlar qiyinchiliksiz utkazishlari uchun elektron tulov tizimlariga ulanmoqda. Jumladan, Click, Payme tizimlariga ulanib bulindi.

Bu degani siz plastik karta orqali istasangiz zakot, vaqf yoki khayriya mablaglarini fondga utkazishingiz mumkin. Undan tashqari Uzbekistondagi barcha infokioskalar orqali fondga khayriya qilish imkoniyati yaratildi. Ulardan fondning istalgan bulimiga naqd yoki plastik karta orqali pul utkazish mumkin.

Iyun oyi hisoboti

Vaqf khayriya jamoat fondi iyun oyida jami bulib 231 838 600 sum zakot va khayriya mablaglarini shariatda kursatilgan urinlarga etkazdi. Mablaglar muhtojlar, bemorlar, uysizlar, qarovchisi yuq yoshi uluglarga, kuzi ojizlar va nogironlar jamiyatiga naqd pul yoki plastik karta orqali berildi.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари