Home / Jamiyat / «Vaqf» fondi rahbari — ikki yillik faoliyat sarhisobi va oldindagi rejalar haqida
Место рекламы

«Vaqf» fondi rahbari — ikki yillik faoliyat sarhisobi va oldindagi rejalar haqida

Ramazon – Quron va rahmat oyi. Bu oyda moli nisobiga etgan mumin-musulmonlar zakot ibodatini ham ado etishadi.

Uzbekiston musulmonlari idorasi fatvo hayati Ramazon oyi munosabati bilan qabul qilgan qarorida zakot va fitr sadaqalarini idora huzuridagi «Vaqf» khayriya jamoat fondi hisob raqamiga utkazishni tavsiya qildi. Shu munosabat bilan «Vaqf» khayriya jamoat fondi rahbari Iskandar domla Khalilov bilan uchrashdik.

Vaqf uzi nima?

«Vaqf» suzi lugatda «kutib turish, saqlab turishlik» degan manolarni anglatadi, yani vaqf qilingan narsa sotilmaydi, meros qilib qoldirilmaydi. Istilohda esa aslni ushlab turib, foydasini kishilarga ehson qilishga vaqf deb aytiladi.

Vaqf bilan inson Alloh taologa qurbat hosil qiladi. Allohga yaqinlik hosil qiladi va shu asnoda Alloh roziligiga erishishga harakat qiladi. Bu haqida Paygambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Aslini tutib turgin, samarasini ehson qilgin», deb marhamat qilganlar.

Islomda vaqfning hukmi qanday? Uning dalillari nimalardan iborat?

Alloh Quronda marhamat qiladiki: «Yakhshi kurgan narsalaringizdan ehson qilmagunlaringizga qadar yakhshilikka, jannatga eta olmaysizlar».

Bu haqida Quroni karimda kup oyat va dalillar keltirilgan.

Paygambar sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: «Inson vafot etsa, uning amali tukhtaydi. 3ta narsaning savobi etib turadi. Birinchisi – sadaqai joriya, ikkinchisi – foyda beradigan ilm, uchinchisi – duo qiladigan solih farzand».

Bilamizki, shu sadaqai joriya savobi doim insonga etib turadigan ajr hisoblanadi. Shariatimiz vaqfning hukmlarini, asoslarini shu oyat va hadislardan istihbod qilib chiqarib olgan.

Usmon roziyallohu anhu quduqni sotib olib, Allohning yuliga vaqf qilganlar. Hozir ham Madinada shu quduq bor va undan kup yillar davomida musulmonlar manfaatdor bulgan.

Savobi doimiy borib turadigan narsaga sadaqai joriya deyiladi. Vaqf mana shu kabi dalillardan olingan.

«Vaqf» khayriya jamoat fondining vazifalari nimalardan iborat?

Fond uz oldiga bir qancha maqsadlarni quygan. Diniy talim muassasalari, tolibi ilmlar, ustozlar, imom-khatiblar, noib-imomlar, masjidda ishlaydigan khodimlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami, nogironligi bulganlar yoki kam taminlangan kishilarga yordam berish, masjid, madrasalarni tamirlash, rekonstruksiya qilish va diniy-marifiy kitoblarni chop etish, ota-bobolarimiz qoldirgan meroslarni khalqqa etkazish kabilar fondning vazifalaridir.

Fond mablaglari qanday shakllantiriladi?

Khayriya jamoat fondi asosan 3ta: vaqf, khayriya, zakot (ushr, fidya, fitr sadaqasi) hisob raqamlariga ega.

Bu hisob raqamlarga alohida mablag tashlaydiganlar uchun «Vaqf» fondida billing tizimi tashkil qilingan bulib, har bir fuqaro tushirgan mablagini vaqf.uz sayti orqali kurishi va qaerga sarflanganini bilishi mumkin.

Fondga zakot mablagini internet tulov tizimlari orqali utkazsa ham buladi.

Fond faoliyatining tamoyillari

«Vaqf» khayriya jamoat fondi Allohning kalomi, Paygambar s.a.v. sunnatlari va yurtimizning qonun-qoidalariga kura uz ishini amalga oshiradi. Shariat kursatmasiga muvofiq, zakotlarni ham uz egalariga etkazib berishga harakat qiladi, chunki vaqfga tushgan har bir mablag omonat hisoblanadi.

Omonat – eng ogir yuk. Mana shu ogir yukni egasiga topshirish vakolati bizga berilgan ekan, bu Alloh oldida ham, insonlar oldida hisobini beramiz.

Qanday kishilarga zakot, ushr, khayriyalar berishlar buyicha yuriqnomalar ishlab chiqilgan.

Nimalarni vaqf qilish mumkin?

Vaqf asosan mol-mulklardan, yani foyda beradigan narsalardan qilinadi. Oziq-ovqat vaqf qilinmaydi, chunki ular vaqfdan tashqaridagi narsalardir. Ilgarilari masjidlar, yullar qurish, bog yaratish, erlar vaqf qilingan.

Vaqf qiluvchi kishi uzining vaqf qiladigan mulkiga bazi bir shartlarni quyishi mumkin. Vaqf qilinadigan mol-mulkimning bir qismi uzimning ahlimga qoldiriladi, bundan chiqqan foydaning bir qismi kambagallar, tolibi ilmlarga beriladi, qolgan qismiga kitob chop etish mumkin, degan shartlarni quyishi mumkin.

«Vaqf» fondiga khonadoni, binosini vaqf qilganlar buldimi?

«Vaqf» fondiga uz mulkini topshirish holati hozircha uchramadi. Lekin takliflar bulib turibdi.

Khalqimizga vaqf shunday sadaqai joriyaki, oqib turuvchi savob ekanini tushuntirsak, insonlar albatta uz mulklarini Allohning yulida ulug vaqf qilishga muvaffaq bulishadi.

Khorijiy vaqf tashkilotlari bilan qanday hamkorlik qilinmoqda?

Utgan yili Turkiya diyonat boshqarmasi bilan uchrashuv qildik. Ularning vaqf borasidagi tajribalarini kurdik, memorandum imzoladik. Ularning vaqfiga 45 yil bulibdi.

Islom taraqqiyot banki bilan vaqf qonunchiligi buyicha hamkorlik qilishga harakat qilyapmiz. Vaqf qonunchiligi haqida Islom taraqqiyot banki masul khodimi Vosim Abdulvahhob bilan 2 marta uchrashuv utkazdik.

Zakot mablaglarini oluvchilarning haqiqatan ham haqdor ekani tekshiriladi

Zakot, fitr, fidya uchun alohida hisob raqam ochilgan. Zakot ibodat deganidir. Islomning besh farzidan biridir. Zakotni urniga tushirishlik ham farz. Bu oddiy tushunchamas. Fond esa tushgan zakot pullarini uz egalariga etkazishni kafolatlaydi.

Bizga keladigan etimlar, kasalmand, nogironlar – hammasining haqdor ekanliklarini imom khatiblar ham tasdiqlab, mahalla faollari ham haqiqatda zakotga muhtoj ekanini tasdiqlab, hujjatlashtirilgandan keyingina ushanga zakot mablaglari berishga harakat qilinadi.

Zakot kur-kurona murojaat qilgan odamga berilavermaydi. Zakot haqli insonlarni tekshirib, haqiqatda shu zakotga haqli bulsa, imom khatiblar yoki mahalla faollaridan shu kishi zakotga haqli degan hujjat olganimizdan keyin uning murojaati qondiriladi.

Jamoat fondiga tushadigan mablaglarni onlayn kuzatish imkoni bor, ammo okhirgi vaqtlarda mablaglar onlayn uzgarmayapti. Buning sababi nima?

Fond billing tizim asosida shakllantiriladi, yani qancha mablag tushsa, bu usha zahoti tizim orqali kurinadi va kharajatlar ham aks etadi. Masalan, siz zakotingizni tashladingiz. Ismingiz yoziladi va nomingizdagi pul qaerga berilganini ham kursatadigan tizimni yaratishga harakat qilyapmiz. Hozirgi paytdagi tizim buyicha tushgan va kharajat qilingan mablag kurinadi.

2 yillik sarhisob

Fond katta khayriya ishlarini amalga oshirdi. Tolibi ilmlarga kontrakt tulab berish, imom khatiblarni qullab-quvvatlash, umuman olganda, respublikadagi barcha viloyatlarga muruvvat karvoni asosida khayriya tadbirlar amalga oshirdi.

Shu kungacha fondga 5 mlrd 846 mln 810 ming sum pul tushdi.

Undan 5 mlrd. 193 mln. 230 ming sum pulni 6500 nafar odamga taqsimot qilib berildi.

Bu mablag tushishini ham billing tizimi orqali nazorat qilib boramiz.

Fond tomonidan 10ta aksiya utkazildi. «Ilmga kumak», kitob, masjidlar va «Obod khonadon» aksiyalari mavjud. Fond bu aksiyalar doirasida 30dan ortiq masjidlarni tamirlashga va bazilarini rekonstruksiya qilishga muvaffaq buldi.

Yaqinda Bukhoroda qattiq shamol tufayli 21ta masjid tom qismini shamol kutarib tashladi. Jamoat fondi homiylar jalb qilgan holda shu masjidlar tom qismini yopib berdi. Kuni kecha mana shu 21ta masjidning ichki tamiri uchun qurilish materiallarini junatdik.

Yil davomida amalga ishlarimiz bor. Navoiy viloyatining Nurota tumaniya Chuya qishlogida «Chuya» masjidi bor. «Vaqf» fondi shu masjidni odamlarga qulay hududga kuchirib, yangi masjid qurishga hissa qushdi. Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy viloyatlari va boshqa chekka hududlarda shunday ishlarni amalga oshiryapmiz.

«Vaqf mulkidan obi hayot» aksiyasi bor. 5 km masofada Hakim Termiziy ziyoratgohi yoniga suv olib borishga muvaffaq buldik. Samarqandda ham shunaqa ishlar amalga oshirilyapti.

«Obod khonadon» aksiyasi doirasida Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida 3ta uy qurib berildi.

«Malham» khayriya aksiyasi doirasida Qon quyish gematologiya markazida oqqonga chalingan bolalarga yordam berib kelyapmiz. Nogironligi bulgan bolalarga kumak berishga harakat qilinyapti.

Bizga murojaat qilganlarning har biriga etibor berib, murojaatini qondirishga harakat qilamiz. Shunaqa murojaatchilar keladiki, qaniydi imkoniyatingiz bulsa, ularning hojatini chiqarsangiz. Bular asosan jigar sirrozi bilan kasallanishgan. Hattoki jigari yarmini uz eriga berishga rozi bulgan ayollar keldi.

Yuzlab odamlar Hindistonda operasiya qilishga muhtojligidan kelyapti.

Fondning klinikasini ochish rejalashtirilmoqda

Tibbiyot klinikasi ochib, bizga murojaat qilganlarni davolash, kerak bulsa Hinbistondan shifokorlarni olib kelish ishlarini amalga oshirmoqchimiz. Muhtojlarga bu khizmatlar bepul buladi.

Shuningdek, Moskvaning protez ishlab chiqaradigan korkhonasi bilan hamkorlik qilishni muljallashtiryapmiz, chunki ularning protezlari ancha sifatli ekan.

Murojaat qilayotganlarning aksariyati kichkina pul suramayapti. Kamida 50-100 mln. sumdan suralyapti. 3538 nafar fuqaroga 2 mlrd 274 mln sum mablag ajratildi. Jumladan, jarrohlik amaliyoti uchun 776 nafar shakhslarga 922 mln sum, dori-darmon uchun 1071 nafar shakhsga 955 mln sum ajratildi.

Ramazon oyi murojaati

Mana, ulug oyda turibmiz. Ulug oy ichidagi eng ulug 10 kunligida turibmiz. Savoblar, ajrlar cheksiz beriladigan vaqtda turibmiz, chunki bu vaqt 1 yildan keyin qaytib keladi. Bizga shu yoki nasib qiladi, yoki qilmaydi. Demak, bizga shu narsa nasib qilayotgan ekan, bu kunlarda ulug kunlarni qilishga harakat qilishimiz kerak.

Har bir inson: ilm uqiydigan kishi kuproq ilm bilan, suz bilan ehson qiladiganlar suz bilan, boy-badavlatlar uzlarining sakhovatlari, zakotlarini urniga tushirishlari bilan harakat qilishlari lozim. Chunki bu kunda beriladigan har bir mablagning qiymati ajri, savobini olib keladi.

Shu sakhovatpesha vatandoshlarimiz bu kunlarni ganimat bilishga, bu kunlarda savob ish qilishga musobaqalashlikka chaqiraman, chunki Alloh Quronda bandalarini savob ish qilishga musobaqa qilishga buyurgan. Ayniqsa, sakhiy kishilarimizning bu kundagi musobaqasi boshlandi. Sahobalar mana bu kunda musobaqalashardi, yani kim kup yakhshilik qilishga musobaqa qilishardi.

Shunday imtihon kunlarda kuproq musobaqa qilishimiz kerak. Yakhshilikning ham, savobning ham katta-kichigi bulmaydi.

Paygambar sollallohu alayhi vasallam aytganlarki, Alloh 3ta narsani ichida 3ta narsani yashirgan. Birinchisi, yakhshiliklarning ichida uz roziligini yashirgan. Yakhshilikning katta-kichigi malum emas. Kichkina yakhshilik bulsayam, qilishga harakat qilishimiz kerak. Balkim shuning ichida Allohning roziligi, fayzi, barakasi bordir.

Alloh Quronda: «Kimki zarracha misqol savob bulsa ham qilsa, u Allohning huzurida kuradi», dedi. Bu kunlarda qilingan savob katta ajrlarni keltiradi.

Ikkinchisi, gunohlarning ichida Alloh uz gazabini yashirgan, dedilar. Qaysi gunoh amalini? Biz bilmaymiz. Katta gunohmi yoki kichigi? YOki bulmasa bir suzimizning ortidan kelgan gunohmi? Demak, kichik gunoh bulsa ham, uni pisand qilmaslik emas, unga yul quymasligimiz, saqlanishimiz kerak.

Uchinchisi, Alloh avliyolarni khalq ichiga yashirgan, dedilar. Kimni kursang, avliyo bil, deydi khalqimiz. Biz kishilarga khuddi shunday muomala qilsak, Allohning dusti sifatida murojaat qiladigan bulsak, jamiyatda uzaro adovat, gazabnoklik paydo bulmaydi. Jamiyat isloh bula boshlaydi.

Ikkinchi manosi – Allohning valiy dustlari khalq ichida buladi. Ular abdollardir. Ularning duolari Khudoning dargohida qabul buladi. Shuning uchun bu kunlarda har bir kishi duo qilishi kerak. Har bir kishi duo qilsa, balki Allohning valiysi usha insondir. Ushaning duosi orqali mul-kulchilik buladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Toshkentda issiq suv uchirilmagan holda issiqlik tarmoqlari tekshiruvdan utkaziladi

2020 yilda manbalardan issiqlik tarmoqlarini sinovdan utkazish grafigi tasdiqlandi.  2020-2021 yillarda isitish mavsumiga tayyorgarlik kurish …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари