Home / Jamiyat / Vyacheslav Pak Uzbekiston moliya vaziri urinbosari etib tayinlandi

Vyacheslav Pak Uzbekiston moliya vaziri urinbosari etib tayinlandi

pakUzbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligi birinchi urinbosari Vyacheslav Pak moliya vaziri urinbosari etib tayinlandi. Bu haqda «Kun.uz» khabar bermoqda.

Khabar berishlaricha, Uzbekiston Prezidentining 23 fevraldagi qarori bilan YOrqin Tursunov moliya vazirining urinbosari lavozimidan ozod etilgan. Uning urniga Vyacheslav Pak tayinlangan.

YOrqin Tursunov «boshqa ishga utishi munosabati bilan» vazir urinbosari lavozimidan ozod etilgan, biroq aynan qaerga ishga utganiga aniqlik kiritilmagan.

Adliya maslahatchisi Vyacheslav Pak esa sunggi yillarda Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentida ishlab kelayotgan edi. U 2016 yili Mustaqillik bayrami arafasida «Sodiq khizmatlari uchun» medali bilan mukofotlangan.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари