Home / Jamiyat / «Uzstandart» agentligi Toshkent bozorlarida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi bolalar uyinchoqlari sotilayotganligini aniqladi

«Uzstandart» agentligi Toshkent bozorlarida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi bolalar uyinchoqlari sotilayotganligini aniqladi

uyinchok«Uzstandart» agentligi Toshkent bozorlarida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi bolalar uyinchoqlari sotilayotganligini aniqladi. Bu haqda agentlik matbuot khizmati khabar berdi.

«Uzstandart» agentligi, «Uzbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi» bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan «Urikzor» bozorida sotilayotgan bolalar uyinchoqlarini belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida, quyidagi bolalar uyinchoqlarining kharidi amalga oshirildi:

Yuqorida kursatilgan mahsulotlar Vazirlar Mahkamasining «Sertifikatlashtirish tartibotlari va sifat menejmenti tizimlarini joriy etishni takomillashtirishga doir qushimcha chora-tadbirlar tugrisida»gi Qarorining 1-ilovasida keltirilgan majburiy sertifiktlanadigan mahsulotlar ruykhatiga kiritilgan bulsada, mahsulotlarning sifati va khavfsizligini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikati va sanitar-epidemologik khulosalarisiz sotilyotganligi aniqlandi. Kharid qilingan bolalar uchun uyinchoqlar meyoriy hujjatlar talabiga nomuvofiq deb topildi. Meyoriy hujjat GOST 25779-90 «Uyinchoqlar. Umumiy khavfsizlik talablari va sinov uslullari» ning talabi buyicha uyinchoqlarda burmalar va yoriqlar bulmasligi kerak. Respublika SSM DK qoshidagi sinov majmuasining sinov natijalariga kura, barcha uyinchoqlarda burma va yoriqlar mavjudligi aniqlandi. Yuqorida aniqlangan burma va yoriqlar bolalarning qul terisi va tana qismlarining shikastlanishiga olib keladi. Meyoriy hujjat SanPiN 0287-10 «Bolalar sogligi uchun uyinchoqlar khavfsizligiga quyiladigan sanitariya-gigiena talablari» buyicha formaldegid miqdori 0,003 mg/metr kub bulishi kerak, ammo Uzbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tibbiyot sanitariya birlashmasi sanitariya-epidemiologiya stansiyasi qoshidagi akkreditatlangan sinov laboratoriyasining sinov natijalariga kura yuqoridagi uyinchoqlarda 0,031 mg/metr kub, yani meyoriy hujjat kursatgichidan bolalar uyinchoqlari un baravar yuqoriligi aniqlandi. Umumjahon Sogliqni Saqlash Tashkilotiga qarashli Saraton kasalligini urganish agentligining khabariga kura, formaldegid inson organizmida saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy omil hisoblanadi. Ayniqsa, bolalar organizmi har khil zaharlar bilan kurashish uchun zaif bulganligi uchun formaldegid bola tanasida tuplanganda yutalish, gijjalar, bronkhial astma kabi kasallikni jadal rivojlanishiga olib keladi. Bundan tashqari, rang uzgarishi, toliqish, nafas qisish, bosh ogrigi, uyqusizlik va hattoki ongining zayiflashishigacha olib keladi. Bularning barchasi organizmda formaldegid tuplanishi natijasida yuzaga keladi. Istemolchilarga tavsiyalar Ota-onalar tomonidan bolalarga uyinchoq kharid qilish jarayonida ogoh bulishlari va uyinchoqni kharid qilishdan oldin, foydalanish tavsiyanomasini va undagi ogohlantiruvchi yozuvlarni urganib chiqishlari tavsiya etiladi. Eng muhim omillardan biri bu bolaning yoshini inobatga olishdir, chunki mayda qismlardan tashkil topgan uyinchoqlar bola organizimiga jiddiy tasir kursatishi mumkin. Shu yusinda bolalar uyinchoqlarini tanlashda quyidagilarga etibor qaratish lozim:

  • Uyinchoqni buzilmagan qadoqda bulishi;
  • Qadoq yorligidagi malumotlar davlat tilida, foydalanish tavsiyalari kursatilgan holda, qanday khom ashyolardan tayyorlanganligi (plastmassa, rezina, yogoch va h.k) va majburiy tarzda ishlab chiqaruvchi tugrisida malumotlar bulishi shart;
  • Uyinchoqlardagi kuchli hid va buyoqlarni qulga yuqishi ota-onalarni hushyorlikka chaqirishi lozim. Bu holatda ishlab chiqaruvchilar tomonidan khavfsiz bulmagan buyoqlar ishlatilgan bulishi va tekhnologik jarayon buzilgan bulishi ham mumkinligini anglatadi. Sifati shubhali uyinchoqlar bolalarning sogligiga jiddiy zarar etkazishi mumkin.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари