Home / Iqtisodiyot / «Uzbekneftgaz»: Tamirdan keyin 5ta quduqdan kunlik 350 ming kub metrga yaqin tabiiy gaz olina boshlandi
Место рекламы

«Uzbekneftgaz»: Tamirdan keyin 5ta quduqdan kunlik 350 ming kub metrga yaqin tabiiy gaz olina boshlandi

«Uzbekneftgaz» AJ boshqaruv raisi topshirigi bilan quduqlar faoliyati kurib chiqildi. Buning natijasida sunggi uch kunda tamirlash va burgulash ishlaridan sung, 5ta quduqdan kunlik 350 ming kub metrga yaqin tabiiy gaz olina boshlandi. Bu haqda jamiyat matbuot khizmati khabar bermoqda.

Jumladan, Muborak neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Jayron» gazkondensat konidagi 4-sonli quduqda suv yullarini tusish ishlari bajarilib, mahsuldor qatlamda 1281-1279 metr intervallar oraligida perforasiya ishlari utkazildi.

Quduqni uzlashtirish natijasida sanoat miqyosida kunlik 50 ming kub metr tabiiy gaz qazib olinishiga erishildi.

Ustyurt gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Shimoliy Berdaq» gazkondensat konidagi 71-sonli hamda 81-sonli quduqlarda ham burgulash ishlari tugatildi.

Ushbu quduqlarda olib borilgan perforasiya ishlari natijasida, kunlik 140 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.

Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Janubiy Kemachi» konidagi 147-sonli quduqda ham kapital tamirlash ishlari olib borildi va bu ham uz samasini berib, sanoat miqyosida tabiiy gaz oqimi olina boshlandi.

«Uzbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati tomonidan olib borilgan ishlar natijasida Bukhoro viloyati Olot tumanidagi yangi quduq burgulanib, gaz va kondensat qazib olishga erishildi.

«Somontepa» konidagi 127-quduqda kunlik 96 ming 800 kub metr sanoat miqyosida foydalaniladigan tabiiy gaz va 58 tonna kondensat qazib olishga erishilmoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

B1h8cNeAWDt1HBPqQtZSvY1LC3DauZJm

IIV: Qishloq khujalik va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositalari harakati cheklanmagan

Uzbekistonda koronavirusning tarqalishiga qarshi kurash doirasida joriy etilgan avtomobillar harakatlariga taqiqlar qishloq khujalik va oziq-ovqat …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари