Home / Iqtisodiyot / Uzbekiston sumda evrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda
Место рекламы

Uzbekiston sumda evrobondlar chiqarishni rejalashtirmoqda

Uzbekiston hukumati bu yil 500 million dollar ekvivalentidagi milliy valyutada evroobligasiyalar chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg’ga bergan intervyusida moliya vazirining urinbosari Odilbek Isoqov malum qildi.

Uning suzlariga kura, koronavirus pandemiyasi tufayli Uzbekistonning qarzga ehtiyoji ortadi. Qarzlar bozoriga kirish tugrisida qaror bozor va yilning birinchi yarmi yakunlari buyicha byudjet taqchilligiga bogliq buladi.

500 million dollarga ekvivalent bulgan evrobondlar bu yil va kelasi yili ham khuddi shunday hajmda joylashtirilishi mumkin, dedi Isoqov. Bu byudjet ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, Isoqovning qushimcha qilishicha, Uzbekiston kelgusi yilda qayta tiklanadigan energiya loyihalarini moliyalashtirish uchun birinchi islomiy obligasiyalarni chiqarishi mumkin.

Uning takidlashicha, 10 yil ichida davlat qarzi sumdagi ulushini 11,5 foizdan 50 foizgacha oshirish «katta narsa, ammo bunga erishish mumkin».

2019 yilda Uzbekiston uz tarikhida birinchi marta umumiy qiymati 1 milliard dollarga teng bulgan ikkita evrobondlar transhini joylashtirdi. Qarz obligasiyalarining tulov muddati 2024 va 2029 yil fevral oylariga belgilangan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Ot9seSaXVFxeIOYAPXiyqXFVpJpACZQD

«Uzbekneftgaz»: Iyun oyi boshidan buyon 14ta kondagi 16ta quduqdan tabiiy gaz va gazkondensati olina boshlandi (video)

«Uzbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullaevning topshirigiga asosan, tabiiy gaz qazib chiqarish prognoz kursatkichlarini taminlash …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари