Home / Media / Uzbekiston parlamentining ilk rahbari nega Mustaqillik bayramlariga taklif etilmagani va Islom Karimov haqida gapirdi
Место рекламы

Uzbekiston parlamentining ilk rahbari nega Mustaqillik bayramlariga taklif etilmagani va Islom Karimov haqida gapirdi

Jurnalist Komiljon Shamsiddinov taniqli davlat va jamoat arbobi Shavkat Yuldoshev bilan suhbat uyushtirdi. Uning matni UzA tomonidan elon qilindi.

Uzbekiston parlamentining mustaqillik davridagi ilk rahbari bulgan Shavkat Yuldoshev suhbat davomida nega siyosatdan ketgani hamda bugungi uzgarishlar haqida ham gapirib utdi.

«Uzim ketganman. Kup odam, hatto yaqinlarim ham, qanday qilib shu darajadagi lavozimdan uz khohishiga kura ketish mumkin, deya, ishonmaydi. Lekin bu rost. Salomatligim vajidan, uzim ariza berib ketganman. 33 yoshimda infarkt bulib, ikki oy reanimasiyada yotganimdan sung, Khudo jonimni qaytarib bergan. Asorati bilinardi. Akhir, tasavvur qiling – usha siz aytgan “utish davri”da kun buyi, kechki soat 10-11 gacha ishlaysiz. Kechasi uyga borib, dam olish urniga bir quloch qonun loyihalari va turli hujjatlarni tonggacha kurib chiqasiz, ertasiga yana sessiya davom etishi kerak. Khullas, shu takhlit, uzim ishdan ketganman…

Taskin shuki, Uzbekistondek davlatning mustaqil bulishi haqidagi hujjatga imzo chekish mening peshonamda bor ekan, Olloh menga shuni nasib qilgan ekan. Bu – menga hayotning bergan mukofoti, sharaf. Tarikhni yuz yildayam, ming yildayam hech kim uzgartira olmaydi: Konstitusiya, qonunlar uzgarishi mumkin. Ammo “Uzbekiston mustaqil buldi” degan hujjatni hech kim uzgartira olmaydi», – dedi Yuldoshev.

«Salomatligim sababli siyosatdan sal vaqtliroq ketganimga afsus qilaman. Yana bir gapni aytay. Mustaqillikning 1 yillik bayramida qatnashganman, Prezident bilan yonma-yon utirganmiz. Ammo ishdan ketganimdan sung, pastdagilar “biror gap buldi shekilli” deb uylashganmi, biror marta bulsin, meni bayramlarga chaqirishmagan. Endi buni qarangki, “Uzbekiston mustaqilligi haqidagi hujjatga imzo quygan odamni nega Mustaqillik bayramlariga taklif qilishmaydi”, deya hayron bulasan. Bu hayotning past-u balandi kup ekan-da…

Men Den Syaopinni kup eslayman. Aslida Khitoyni Khitoy qilgan aynan uning islohotlari. Madaniy inqilob davrida u odam Mao Szedun tomonidan – olisga, dehqonchilik qilish uchun surgun qilingan. Shunga qaramasdan, zamon uzgarib, Den Syaopin hokimiyat tepasiga kelgach, olamdan utgan, uzidan oldingi salafi Mao Szedun haqida “Uning 70 foiz ishi – adolatli, 30 foizi esa khato edi” deya, adolatli khulosa bergan. To hanuz Khitoydagi Mao Szedun haqidagi qarashlar uzgarmadi. Yani uning yakhshiliklari – qilgan khatolari posangisini bosib ketadi, degan qarash ustuvor.

Aksincha, sovet Ittifoqini qulatgan, abgor qilgan jihatning ildizi ham – yangi kelgan rahbar uzidan oldingisiga loy chaplashi, birovining qilgan ishlarini ikkinchisi oyogini osmondan keltirib tashlashiga borib taqaladi.

Khursand bulganim – bizda Islom Karimovning nomi bulganmadi. Aksincha, khotirasiga hurmat bajo keltirilmoqda, nomi abadiylashtirildi. Prezident Shavkat Mirziyoevga qoyil qoldim, mardlik qildi. Aslida bu – bizning kelajagimiz uchun juda yakhshi zamin. Agar uzim Islom aka bilan birga ishlagan davrni misol qilib oladigan bulsam (harqalay, besh yil yonma-yon ishlaganman), I.Karimovning Uzbekiston uchun qilgan ishlari Mao Szedundan ham kura tosh bosadi, yani 80 ga – 20…

Umuman olganda, bugun zur uzgarishlar bulmoqda, Uzbekistonning ajoyib kelajagiga zamin yaratilmoqda. Hammamiz Prezident Sh.Mirziyoevga elkadosh bulib, kumak berishimiz lozim!..», – deya aytib utdi Uzbekiston parlamentining ilk rahbari.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Scarlett-Johansson-680x454

Skarlett Yokhansson 40,5 mln dollar daromad bilan 2018 yilning eng kup maosh olgan aktrisasi buldi

Amerikalik aktrisa Skarlett Yokhansson Forbes jurnali tomonidan tuzilgan 2018 yilning eng kup daromad olgan aktrisalari …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари