Home / Sport / Uzbekiston milliy jamoasi Yaman va Singapurga qarshi uyinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda (fotoreportaj)
Место рекламы

Uzbekiston milliy jamoasi Yaman va Singapurga qarshi uyinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda (fotoreportaj)

Vadim Abramov boshchiligidagi Uzbekiston milliy jamoasi JCh-2022 saralashi doirasidan urin olgan Yaman va Singapurga qarshi uyinlarga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Mashgulotlar «Jar» stadionida bulib utmoqda.

Tarkibdagi uzgarishlarga keladigan bulsak, kengaytirilgan ruykhatdan urin olgan Odil Hamrobekov, Oston Urunov, Dilshod Ahmadaliev va Jasur Yakhshiboev bugungi mashgulotlarda qatnashishmadi. Malum bulishicha, Abramov ularga javob berib yuborgan. Bu futbolchilardan ikkitasi – Oston Urunov va Jasur Yakhshiboev olimpiya terma jamoasi mashgulotlariga qushilishdi.

Legionerlarimizdan Odil Ahmedov, Otabek Shukurov va Timurkhuja Abdukholiqov ayrim mashgulotlarni invidiual tarzda bajarishdi. Eldor Shomurodov va Ikrom Aliboev esa Toshkentga etib kelishgan, mashgulotlarga ertadan qushilishadi.

Yana bir yangilik shuki, olimpiya terma jamoamiz azosi Sanjar Qodirqulov bugun milliy jamoa bilan shugullandi. Abramov uni ung qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonovga zakhira varianti sifatida chaqirgan kurinadi.

Shunday qilib, Abramov ikhtiyorida 25 nafar futbolchi qoldi. Qaydnomadan 23 nafar futbolchi joy olishini inobatga olsak, yana 2ta futbolchiga javob berib yuborilishi mumkin.

Eslatib utamiz, milliy jamoamiz 10 oktyabr kuni Yamanni qabul qilib, 15 oktyabr kuni Singapur mehmoni buladi. Yaman milliy jamoasiga qarshi bahs «Pakhtakor» stadionida bulib utadi. Uyin Toshkent vaqti bilan 17:00da boshlanadi.

Malumot uchun, Uzbekiston milliy jamoasi uz guruhida sunggi, 5-urinda bormoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

HoHGDHBjashAnbqhTqi6rblVzGkTlm2J

Van Deyk yana bir kursatkich buyicha yuqori urinni egalladi

«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk 2018/19 yilgi mavsum Chempionlar Ligasida eng yuqori tezlik kursatgan futbolchiga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари