«Tashqi reklama bozorini tartibga solish tugrisida»gi Hukumat qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, endi er uchastkalaridagi tashqi reklama obektlari uchun 10 yil muddatga, davlat mulki bulgan bino va inshootlardagi tashqi reklama obektlari uchun 5 yil muddatga DKhMlar orqali reklama joylari pasportlarini berish bir martalik yigim summasini tulash orqali amalga oshiriladi.

Foto: «Daryo»

Adliya vazirligining malum qilishicha, er uchastkasiga urnatilgan video ekranli tashqi reklama obektlari uchun kursatilgan muddat qushimcha 10 yil muddatga uzaytiriladi.

Qonuniy urnatilgan tashqi reklama obektlarini mazkur qaror talablariga moslashtirish uchun 6 oy muddat berildi. Ushbu muddatda moslashtirilmagan reklama obektlari egalari tomonidan ikhtiyoriy ravishda uz kuchi bilan olib tashlanishi (aks holda bu ish sud tartibida amalga oshiriladi) belgilandi.

Shuningdek, 2020 yil 1 martdan boshlab Toshkent shahrida tashqi reklamani joylashtirish sohasidagi faoliyatning alohida tartibi joriy qilinadi. Bunda, tashqi reklama obektlarini er uchastkalarida joylashtirish huquqi («E-ijro auksion» orqali) faqat yuqori tekhnologiyali tashqi reklama obektlariga beriladi.

Qaror bilan tashqi reklama obektlarini urnatish taqiqlangan hududlar belgilandi. Jumladan, trotuar va piyodalar yulaklarida tashqi reklama obektlarini urnatish taqiqlanadi.

Qaror bilan tashqi reklama obektlarini qurish tartibi, qurish uchun beriladigan er, bino va inshootlar ruykhatini shakllantirish, qurish huquqini elektron auksion orqali berish tartibi tugrisidagi nizomlar tasdiqlandi.

Mavzuga doir: Reklamachilarning «Uzavtoyul»ga «isyon»i: Toshkentda «Tadbirkorlarga khalaqit qilmang!» deb yozilgan unlab bannerlar paydo buldi

Avvalroq, poytakht reklamachilarning Prezident Shavkat Mirziyoevning tadbirkorlarni qullab-quvvatlash suzlari va tadbirkorlar faoliyatiga aralashmaslik haqida «Uzavtoyul» davlat qumitasiga qaratilgan chorlov aks etgan reklama bannerlari paydo bulgani haqida khabar bergandik.