Home / Jamiyat / Uzbekistonda 450 mingga yaqin khotin-qiz «ayollar daftari»ga kiritildi
Место рекламы

Uzbekistonda 450 mingga yaqin khotin-qiz «ayollar daftari»ga kiritildi

Uzbekistonda 433 ming nafar khotin-qiz «ayollar daftari»ga kiritilgan. Bu haqda AOKAda utkazilgan brifingda Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi matbuot kotibi Saodat Boymirzaeva malum qildi.

Foto: «Daryo»

Qayd etilishicha, mamlakatda 17 milliondan ortiq khotin-qizlar istiqomat qiladi. Ular deyarli barcha sohalarda ishtirok etib, jamiyat va davlat rivojiga hissa qushib kelmoqda.

Takidlanishicha, davlat rahbari tashabbusi bilan uz vaqtida joriy etilgan «ayollar daftari»ga khotin-qizlarni kiritish orqali ayollar tashvishlari, ularni uylantirayotgan masalalar hal etilmoqda. Jumladan, 6,5 million nafar khotin-qiz bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ushbu daftarga 9 ta mezon asosida 433 ming nafari kiritildi. Ularning:

  • 253 ming nafari — ishsiz sifatida;
  • 44 ming nafari — tibbiy;
  • 48,5 ming nafari — huquqiy va psikhologik yordamga muhtoj sifatida;
  • 37 ming nafari — boquvchisini yuqotgan;
  • 33,5 ming nafari — nogironligi bulgan (shundan 4,5 nafari uy-joyini tamirlashga muhtoj);
  • 9 ming nafari — noturar joyda yashovchi;
  • 8 ming nafari nogironligi bulgan farzandini tarbiyalayotgan yolgiz ayol sifatida ruykhatga olingan.

Ayni vaqtga qadar mazkur ruykhatdagi 80 mingdan ortiq ayolning aniqlangan muammolari urnatilgan tartibda hal etilgan.

Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi tomonidan ayni paytda manfaatdor vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda daftarga kiritilgan khotin-qizlar orasidagi tadbirkorlik bilan shugullanish istagida bulgan 15 665 nafar ayollarning tadbirkorlik kunikmasi hamda moliyaviy savodkhonligini oshirish maqsadida «motivasiya, kunikma va moliyaviy kumak» tamoyili asosida ish olib borilmoqda.

Khususan, «Khalq banki» bilan hamkorlikda ayollar tadbirkorligiga mos bulgan 60 ta namunaviy «biznes reja»ni ommalashtirish ishlari yulga quyilmoqda.

Bundan avval Shavkat Mirziyoev 2021 yil yakuniga qadar 15 ming nafar ishsiz ayolni hunarmandchilikka uqitish buyicha topshiriq bergani, yil yakuniga qadar qariyb 9 million nafar ayol chuqurlashtirilgan tibbiy kurikdan utkazilishini malum qilgani hamda viloyat hokimlari mahalliy byudjet hisobidan 100 nafardan khotin-qizlarning kontrakt pulini tulab berishi haqida khabar berilgandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

lQzJN6d1M7PhkTbtG-Gz9Z0Z4_kE5y_o_medium-680x385-680x385

Kuchli brendning yuqligi va valyuta khavfi: Fitch khalqaro reyting agentligi UzAuto Motors’ning zaif joylarini aytdi

Fitch Ratings khalqaro reyting agentligi birinchi bor UzAuto Motors’ning uzoq muddatli khorijiy va milliy valyutadagi kredit …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари