
«Koronavirus tufayli kurrai zamin bugun bir vujud, khalqlar va elatlar esa guyo bir oiladek birlashib harakat qilmoqda va mana shunday davrlarda shifokor-u, hamshiralarga bulgan ehtirom va hurmatimiz yanada oshmoqda. Zero, hamshira deganda kuz ungimizga quli engil, suzi shirin, yuzi kulib turadigan va har qanday vaziyatda bemorga beminnat kumak berishga tayyor malakali mutakhassis gavdalanadi. Tibbiyot maskanlarida fidoyi bulib, uziga yuklatilgan bemor parvarishini sidqidildan mehr bilan amalga oshiradigan soha vakillari bugun kasb bayramini nishonlamoqda.
Darhaqiqat, tibbiyot sohasini hamshiralar faoliyatisiz tasavvur etib bulmaydi. Sohadagi eng sunggi tibbiyot tekhnologiyalari asosidagi operasiyalarni muvaffaqiyatli utkazish jarayonidan tortib, operasiyadan keyingi bemor parvarishi, laboratoriya-diagnostika sohasi, ona-bola parvarishi, shoshilinch va tez tibbiy khizmat, sanitariya-epidemiologiya, farmasevtika kabi qator sohalarida yurtimizda faoliyat yuritib kelayotgan 300 ming nafardan ziyod urta tibbiyot khodimlari, hamshiralarning urni beqiyos. Shu jumladan, uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasining yuqori bulishida ulkan hissa qushib kelishayotgan patronaj hamshiralarning mehnati ham alohida tahsinga loyiq.
Mamlakatimizda rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, oliy malumotli hamshiralar tayyorlash tizimi yulga quyilgani aholiga hamshiralik yordamini sifatli kursatish, bu yunalishda jahon tibbiyotining eng ilgor uslublarini amaliyotga joriy etishda muhim omil bulmoqda. Hozirda besh ming nafardan ortiq oliy malumotli hamshiralar tibbiyotning turli buginlarida samarali faoliyat yurityapti. Ularning orasidan olimalar ham etishib chiqqani hamshiraarimizning etuk salohiyatidan dalolatdir. Qolaversa, hamshiralik yordamini kursatishda yuqori natijalarga erishayotgan hamshiralarni moddiy ragbatlantirish tizimi joriy etildi.
Ayni kunlarda koronavirus infeksiyasiga qarshi tinimsiz kurash olib borayotgan 50 ming nafardan ziyod hamshiralar jasorati alohida tahsinga loyiq. Khalqimiz hamshiralarning koronavirusga chalingan bemorlarni davolash yulida tinmay, hatto uz sogliklarini khavf ostiga quyib bulsa ham, davolayotganiga guvoh bulishmoqda. Ularning bu qahramonliklarini har qancha qullab- quvvatlasak arziydi.
Bir suz bilan aytganda, yurtimizdagi uch yuz ming nafardan ziyod fidoyi, kasbiga sadoqatli hamshiralar ham khalqimizning bugungi sinovli va tashvishli kunlardan eson-omon utib olishida katta madad va sababchi bulmoqda.
Sogliqni saqlash vazirligi davlat va khususiy tibbiyot muassasalarida Vatanimiz va khalq oldidagi burchini teran anglab, astoydil mehnat qilayotgan siz, hamshiralarni Khalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy qutlagan holda, oilaviy bakht, sihat-salomatlik, masuliyatli va sharafli ishingizda ulkan muvaffaqiyat tilaydi!», deyiladi Sogliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bulimi tabrigida.
Eslatib utamiz, 2019 yil mustaqillikning 28 yilligi munosabati bilan hamda Tibbiyot khodimlari kuni arafasida jami 95 nafar tibbiyot khodimlari, shu jumladan, 21 nafar hamshira davlatning yuksak unvon va mukofotlariga sazovor bulgandi.