Home / Jamiyat / Uzbekistonda 1 martdan boshlab nimalar uzgaradi?

Uzbekistonda 1 martdan boshlab nimalar uzgaradi?

Adliya vazirligining «Huquqiy akhborot» Telegram kanali Uzbekistonda 2020 yil 1 martdan boshlab kuchga kiradigan uzgarishlarni eslatib utdi.

Foto: «Daryo»

Inkassasiya khizmatlari uchun haq buyurtmachi tomonidan tulanadi

Khujalik yurituvchi subektlarning naqd pullarining banklarga inkassasiya khizmatlari orqali etkazib berilishi buyicha khizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, yani inkassasiya khizmatlari kursatilishining tashabbuskori (khujalik yurituvchi subekt yoki bank) tomonidan tulanadi.

Qurilishning loyiha hujjatlariga usimliklarni salbiy tasirdan himoya qilishga oid majburiy talab kiritiladi

Qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital tamirlash, qurilish obektlarini obodonlashtirish, buzish, qurilish obektlarini foydalanishga qabul qilish paytida loyihalash hujjatlariga quyidagi majburiy talablar kiritiladi:

  • usimlik dunyosi obektlariga, ularning usish muhitiga salbiy tasirning oldini olish, shuningdek, ularni bunday tasirdan himoya qilishni taminlaydigan choralar;
  • qonun hujjatlariga muvofiq kompensasiya choralari;
  • kukalamzorlashtirish ishlarini loyihalashtirish qoidalariga hamda shu sohadagi meyorlarga muvofiq amalga oshirish.

Qurilish sohasidagi ayrim khodimlar maoshi oshadi

Byudjet tizimidagi byudjet mablaglari hisobiga moliyalashtiriladigan obektlardan tashqari kapital tamirlash obektlarida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish buyicha talablar bekor qilinadi.

Shuningdek, Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi khodimlari mehnatiga haq tulash miqdorlari 1,4 barobarga oshiriladi.

Limonzorlarni barpo etishning yangi tartibi joriy etiladi

Unga kura, Bogdorchilik va issiqkhona khujaliklarini rivojlantirish agentligi, hokimliklar, qayta ishlash korkhonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperasiyalar (klasterlar) va mahsulot etishtiruvchilar uchun alohida vazifalar belgilandi.

Jumladan, Bogdorchilik va issiqkhona khujaliklarini rivojlantirish agentligi yangi barpo etiladigan limonzorlar uchun standartlarni (kuchat navi va sifati, ekish skhemasi, issiqkhonaga quyiladigan talablar, resurs tejovchi tekhnologiyalar hamda boshqalar) belgilaydi, limonchilik tarmogini rivojlantirishda ilgor khorijiy tajriba va resurs tejovchi innovasion tekhnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi.

Shuningdek, kooperasiyalarga birlashgan limon etishtiruvchi fermer va dehqon khujaliklari, qishloq khujaligi korkhonalari va tadbirkorlik subektlariga:

  • yangi limonzorlarni barpo etish va kuchatlarni kharid qilish bilan bogliq bulgan kharajatlarning har bir gektari uchun 30 million sumdan oshmaydigan miqdori Bogdorchilik va issiqkhona khujaligini rivojlantirish jamgarmasi hisobidan;
  • limon mevalarining eksporti bilan bogliq transport kharajatlarining 25 foizigacha bulgan miqdori Eksportni ragbatlantirish agentligi tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.

Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi

Baholash yarim yillik va yil yakuni buyicha utkaziladi.

Baholash natijasida Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek, tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori kursatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv khodimlari moddiy ragbatlantiriladi. Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Ayrim jihozlarning Uzbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi

Avval foydalanilgan, bojkhona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgani 3 yildan oshgan induksion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) Uzbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi.

Er ajratish haqidagi hujjatlar hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida elon qilib boriladi

Aholi maskanlarining memoriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab usha hududdagi aholi urtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan utkaziladi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shakhslarga er ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida elon qilib boriladi.

Ayrim hududlarda kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi

Andijon, Namangan, Fargona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida 2020 yil 1 martdan boshlab plastik shaklda tayyorlanadigan kuchmas mulk obekti kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi.

Bunda, Andijon, Namangan, Fargona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan kuchmas mulk obektiga bulgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shakhsga utgan, bekor bulgan yoki kuchmas mulk obektining huquqiy holati uzgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DKhMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.

Ipotekaning yangi tartibi buyicha subsidiyaga arizalar DKhM orqali beriladi

Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taminlashning yangi tartibi doirasidagi subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat khizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat khizmatlari portali orqali beriladi.

Nodavlat tibbiy tashkilotlarda lisenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan 2,5 yilda kupi bilan bir marta davomiyligi 5 kundan oshmagan tekshiruv utkaziladigan buladi.

Shuningdek, Davlat yongin nazorati organlari tomonidan yongin khavfliligiga kura obektlar buyicha quyidagi muddatlarda yongin khavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruv utkaziladi:

  • 1-guruhga kiradigan obektlarda — 1 yilda kupi bilan bir marta;
  • 2-guruhga kiradigan obektlarda — 2 yilda kupi bilan bir marta;
  • 3-guruhga kiradigan obektlarda — 3 yilda kupi bilan bir marta.

«Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reestri» onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchi ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt kurinishida ishga tushiriladi.

Davlat umumiy urta talim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal tamirlash va jihozlash, moliyalashtirish manbalaridan qati nazar, «Zamonaviy maktab»larni qurish va rekonstruksiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash meyorlari asosida amalga oshiriladi.

Jamoat maqsadlariga muljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiena shokhobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat kursatishiga yul quyilmaydi.

«Qishloq khujaligiga muljallanmagan er uchastkalarini khususiylashtirish tugrisida»gi Uzbekiston qonuni kuchga kiradi.

Check Also

thumbnail-tw-20201105142056-6058

Shahar hayotiga qarshi soglom hayotning 3 ta asosiy omili

Biz hammamiz bilamiz va kuramiz: shahar hayoti odamlarga salbiy tasir kursatadi, u yoki bu kasalliklarni …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари