Home / Madaniyat / Uzbekistonda besh oyda 245 ta mehmon uyi tashkil etildi
Место рекламы

Uzbekistonda besh oyda 245 ta mehmon uyi tashkil etildi

wrbregxfnfrzo20qv-skzsfyr_wyvur4

Bugunga kelib Uzbekistonda faoliyat yuritayotgan yagona reestrga kiritilgan oilaviy mehmon uylari soni 346 tani tashkil qilib, ular 3063 kishini uzida sigdira oladi. Etiborlisi shundaki, 346 ta mehmon uyidan 245 tasi (2177 urinli) 2019 yilning yanvar-may oylarida tashkil etilgan. Kun.uz mukhbiri 31 may kuni Milliy matbuot markazida bulib utgan “Dam olish turizmining rivojlanishi, dam olish zonalarida yaratilgan sharoitlar” matbuot anjumani doirasida Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi vakillari tomonidan berilgan malumotlarga asoslanib, shu haqida khabar berdi.

Hududlarga ziyorat, dam olish va sayohat maqsadlarida tashrif buyurayotgan aholiga yanada kuproq qulayliklar yaratish maqsadida, khususan, ularga arzon va qulay bulishi uchun turistik obektlar atrofida oilaviy mehmon uylari tashkil etilmoqda.

“Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi tomonidan tadbirkorlik subektlariga katta imtiyozlar berilmoqda. Sayyohlar oqimi kupaygani sari ularni joylashtirish masalasi muammo bulmoqda. Shuning uchun bugungi kunda davlat tomonidan mehmonkhonalarga berilayotgan subsidiyalar, mehmon uylarini tashkil qilish buyicha tushuntirish ishlarini olib boryapmiz. Mehmonkhonalar, mehmon uylari kupaygani sayin birinchidan, ularning sifati oshadi, ikkinchidan, narkhi tushadi”, – dedi Qumita raisi urinbosari Saidakbarkhon Akbarov.

Takidlash joizki, hozirgi kunga qadar faoliyati yulga quyilgan 79 ta mehmon uyi aynan dam olish zonalari, pansionat va sanatoriylar atrofida joylashgan. Bu ham uz navbatida, dam olishga kelayotgan aholi uchun qulayliklar yaratadi. “Khalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari khalqimizga khizmat qilishi kerak” goyasi doirasida dam olish zonalari atrofida oilaviy mehmon uylarini kupaytirish buyicha ishlar davom ettiriladi. Natijada dam olishga keluvchilar uchun sharoitlar yaratilib va ularga khizmat kursatuvchi mahalliy aholi vakillari uchun qushimcha ish urinlari yaratilib, turmush darajasi oshishiga erishilishi kuzda tutilgan.

2019 yil 2 may kuni Prezident boshchiligida utkazilgan “Har bir oila – tadbirkor” dasturini respublika hududlarida amalga oshirish natijadorligi tugrisida”gi 16-sonli videoselektor majlisi bayoni 12-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 avgustdagi “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etish tugrisida”gi 631-sonli qarori doirasida joriy yilning 13-16 may kunlari Qumita markaziy apparati masul khodimlari va hududiy bulinmalari vakillari tomonidan hududlarda mehmon uylari tashkil qilish buyicha tuman, mahalla, qishloqlar kesimida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularga mehmon uylarini tashkil etish tartiblari, turizm sohasida uz tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan imtiyozli bank kreditlari tugrisida targibot-tashviqot tadbirlari ukazildi hamda uchrashuvlar davomida tadbirkorlar tomonidan kutarilgan muammolarini hal etish buyicha amaliy yordam kursatildi.

Khususan, Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 ta viloyatda 9 shahar, 1 shaharcha, 37 tuman, 72 mahalla, 19 qishloq kesimida 960 khonadon vakillari bilan uchrashildi va targibot ishlari olib borildi.

Shu bilan birga, hozirgi kunda respublika miqyosida 500 dan ortiq fuqaro oilaviy mehmon uyi tashkil etish istagini bildirgan va ularga Qumita tomonidan zaruriy metodik kursatmalar va tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Ularni qonun doirasida davlat reestriga kiritish buyicha ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, malum qilinishicha, dam olish zonalari va sanatoriylarda turistik kharitalarni urnatish, hududlarning sayyohlik salohiyatini namoyish qiluvchi tarqatma materialarni joylashtirish buyicha ham ishlar boshlangan. Masalan, Surkhondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan “Omonkhona” sanatoriyasining kirish joyida “Boysun tumanining turistik salohiyati” kharitasi urnatilgan. Boshqa hududlar kesimida ham shunday kharitalar tayyorlanmoqda.

Toshkent viloyatidagi “Chorvoq” erkin turizm zonasi, Namangan viloyatidagi “Nanay” kichik turizm zonasi, Surkhondaryo viloyatidagi “Zovboshi” turizm zonalarining ishga tushirilishi bilan aholining dam olishi uchun yangi yunalish va qulayliklar yaratilishi takidlandi.

Kelgusida respublikamizda dam olish turizmini yanada rivojlantirish uchun targibot-tashviqot ishlarining qamrovi kengaytirilib, dam olish zonalarida turizm akhborot markazlarini tashkil etish, yul kursatkichlarni, turistik kharitalarni urnatish va boshqa ishlar davom ettiriladi. Aholini dam olish turizmini tashkil qilishga keng jalb qilish orqali dam oluvchilarga sharoitlar yaratiladi va uz navbatida, yangi ish urinlari yaratilib, mahalliy aholining turmush darajasi yakhshilanadi.

Shu bilan birga, Uzbekistonga dam olishga keladiganlar geografiyasini kengaytirish (uzoq khorijiy davlatlardan keladiganlar ulushini kupaytirish) choralari kuriladi. Hozirgi kunda kelayotgan dam oluvchilarning aksariyati Uzbekistonga bulgan qushni davlatlar fuqarolari hisoblanadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

getImage

Namoz uqish tartibi ayollar uchun

Bir kunda besh vaqt (bomdod, peshin, asr, shom va khufton) namoz uqish har bir musulmonga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари