Uzbekistondagi 2 ta maktabda yangi maktab formasini sinovdan utkazish boshlandi. Bu haqda khalq talimi vaziri Ulugbek Inoyatovning suzlariga asoslanib, «Khalq suzi» khabar bermoqda.
Mahalliy dizaynerlar tomonidan tayyorlangan 30 khildagi formalaridan boshlangich, urta va yuqori sinf uquvchilarga muljallangan 4 tadan tuplamlar tanlab olindi.
Qayd etilishicha, yagona maktab formasini joriy etish buyicha sinov poytakhtning 91-sonli va Sirdaryo viloyatining 4-sonli maktabida utkazilmoqda. Khalq talimi vaziri mahalliy dizaynerlar tomonidan ishlab chiqilgan 30 khildagi uquvchilar formalaridan boshlangich, urta va yuqori sinf uquvchilarga muljallangan 4 tadan tuplamlar tanlab olinganligini aytib utdi.
«Hozirda bu formalar har khil maktablarda amaliy sinovdan utkazilmoqda va ota-onalar tomonidan makhsus nazoratga olingan», — deyiladi khabarda.
«Sinovning shaffofligini taminlash maqsadida bir nechta tuplamlar ikkita har khil maktablarda joriy etishga qaror qildik. Kiyimlar berilgan uquvchilarning ota-onalariga har hafta makhsus kartaga uz etirozlarini yozib borishligi suraldi. Ushbu forma bolalar uchun qanchalik qulayligi va chidamligini bilib olishimiz zarur. Kir yuvilgandan keyin kichraymaydimi, matosi sifatlimi, dazmollangandan keyin qanday bulishi hamda boshqa holatlarga ham ota-onalar alohida etibor berishlarini suradik», — deydi vazir.
Uning suzlariga kura, uquv yili sungida ushbu sinov yakunlanadi. Amalga oshirilgan ishlar natijasi buyicha mutakhassislar qaysi forma yangi uquv yilidan maktablarga keng joriy etilishi aniqlanadi.
Kam taminlangan oilalar uchun maktab formasi narkhini bulib-bulib tulash imkoni ham mavjud buladi. Ular 50 foizini boshidan qolganini uquv yili davomida tulashlari mumkin buladi.