Home / Siyosat / Uzbekistonda akhborot-kutubkhona tizimi khodimlari kuni belgilanadi
Место рекламы

Uzbekistonda akhborot-kutubkhona tizimi khodimlari kuni belgilanadi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bulib utdi. Majlisda “Uzbekiston Respublikasi akhborot-kutubkhona tizimi khodimlari kunini belgilash tugrisida”gi qonun loyihasi kurib chiqildi.

Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi matbuot khizmati khabariga kura, 1870 yil may oyida Toshkent shahrida birinchi Khalq kutubkhonasi (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi Uzbekiston milliy kutubkhonasi) tashkil etilgan. Bugungi kunda respublikada 12 mingdan ziyod akhborot-kutubkhona muassasasi mavjud. Shuningdek vazirliklar, idoralar va davlat organlari, shahar, tumanlarda ham ana shunday ziyo maskanlari ishlab turibdi. Akhborot-kutubkhona muassasalarining kitob fondi 150 milliondan ziyodni tashkil qiladi. Mazkur tizimda 25 210 nafar khodim khizmat qilmoqda.

hq1zshgxgtfzrbtyd3v-xd-rscu2dr08

Deputatlar tomonidan atroflicha muhokama etilgan mazkur qonun loyihasi ushbu tizimda khizmat qilayotgan khodimlarni ragbatlantirish, kutubkhonachi kasbining nufuzini oshirish, kutubkhona ishiga yosh, iqtidorli, ilgor kadrlarni jalb etish, akhborot-kommunikasiya tekhnologiyalarini keng joriy etish asosida akhborot-kutubkhona muassasalari faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Loyiha bilan 21 may kunini Uzbekiston Respublikasi akhborot-kutubkhona tizimi khodimlari kuni etib belgilash va ushbu sana munosabati bilan kutubkhonachilarni kup yillik halol mehnati, akhborot-kutubkhona sohasini rivojlantirishga qushgan hissasi uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlash hamda ragbatlantirish kuzda tutilmoqda.

Deputatlar khalqimizning manaviy-marifiy dunyosini boyitishga khizmat qiladigan mazkur qonun loyihasini bir ovozdan qullab-quvvatladilar, deyiladi khabarda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

ec05e009

Keraksiz matohni qadrli buyumga aylantirish sanati – Kun.uz’da «Optimist» loyihasining ilk soni

Kun.uz uz yunalishida yutuqlarga erishayotgan, hayotga pozitiv nigoh bilan qaraydigan, qiyinchiliklarni nekbin ruhda engib utishga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари