Home / Iqtisodiyot / Uzbekistonda «UzVS» milliy venchur jamgarmasi tashkil etiladi
Место рекламы

Uzbekistonda «UzVS» milliy venchur jamgarmasi tashkil etiladi

Innovasion goyalar va startaplar ekotizimini qullab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish va “UzVS” milliy venchur jamgarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “Innovasion goyalar va startaplar ekotizimini qullab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish va “UzVS” milliy venchur jamgarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari tugrisida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Uzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi va Taraqqiyot va rivojlanish jamgarmasi bilan birgalikda:

Uzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzurida “UzVS” milliy venchur jamgarmasini tashkil etish;

Jamgarmaning boshlangich ustav kapitali (fondi)ni 30 milliard sum miqdorida belgilash;

Jamgarma boshlangich ustav kapitali (fondi)ni shakllantirishda Uzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va rivojlanish jamgarmasining mablaglari hisobidan ulushini – 50 foiz, Uzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligining ulushini – 50 foiz ulushlarda shakllantirish tugrisidagi takliflari maqullanadi.

Quyidagilar Jamgarmaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

innovasion goyalar va startaplar ekotizimini qullab-quvvatlash infratuzilmasini yaratish;

yuqori tekhnologik innovasion goyalar va loyihalar hamda startaplarni moliyalashtirish va khususiy investorlarni jalb qilish uchun imtiyozli cubsidiyalar, investorlar bilan sheriklikda venchur fondlar ochish kabi investision instrumentlarni (“Fund of Funds”) ishlab chiqish;

Jamgarma ustav kapitali hisobidan yuqori tekhnologik startap loyihalarini 150 million sumdan oshmagan holda moliyalashtirish va monitoringini olib borish.

Belgilanishicha:

Jamgarma yuridik shakhs hisoblanib, uz mustaqil balansi, Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi shakhsiy gazna hisobvaraqlari hamda Uzbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri va davlat tilidagi uz nomi tushirilgan muhr, shtamp va boshqa belgilariga ega;

Jamgarmaning ustav kapitali boshqa manbalar orqali oshirilishiga rukhsat beriladi;

Jamgarma yuridik va jismoniy shakhslar, shu jumladan, khorijiy yuridik va jismoniy shakhslar bilan sheriklikda venchur loyihalarni moliyalashtirish maqsadida venchur jamgarmasi muassisi bulishi mumkin;

Jamgarmaning tashkiliy tuzilmasi khalqaro tajribadan kelib chiqib Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Taraqqiyot va rivojlanish jamgarmasi bilan kelishilgan holda Uzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

Jamgarma direktori Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Taraqqiyot va rivojlanish jamgarmasi bilan kelishilgan holda Uzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan tayinlanadi;

Jamgarmani saqlash kharajatlari Jamgarmaning uz mablaglari hisobidan amalga oshiriladi;

Jamgarma uchun samaradorlikning eng muhim kursatkichlari (“KPI”) khalqaro tajribadan kelib chiqib Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Taraqqiyot va rivojlanish jamgarmasi bilan kelishilgan holda Uzbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan belgilanadi;

Jamgarma boshqaruviga malakali va khalqaro tajribaga ega chet el yoki Uzbekiston fuqarolari jalb etilishi mumkin.

Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Innovasion rivojlanish vazirligining Jamgarmaning ustav kapitalidagi ulushini shakllantirish uchun 15 milliard sum miqdoridagi mablag 2020 yil Uzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan vazirlik uchun ajratilgan mablaglar doirasida moliyalashtiradi.

Uzbekiston Respublikasi Taraqqiyot va rivojlanish jamgarmasi 15 milliard sum miqdoridagi mablagni Jamgarmaning ustav kapitalidagi ulushini shakllantirish uchun moliyalashtiradi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Uzbekistonda tuproq unumdorligini oshirishdagi tizimli muammolar ochiqlandi

Er resurslaridan samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash, qayta tiklash va oshirish yuzasidan qushimcha chora-tadbirlar qabul …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари