Home / Jamiyat / Uzbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi
Место рекламы

Uzbekistonda Ramazon hayiti 24 may kuni nishonlanadi

Uzbekiston Respublikasi prezidentining Ramazon hayitini nishonlash tugrisidagi qarori imzolandi. Qarorga muvofiq, Uzbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may yakshanba kuniga tugri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, shu kun Ramazon hayiti sifatida nishonlanadi.

«Ezgulik, sakhovat va muruvvat oyi bulgan muborak Ramazon oyi bu yil mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli uyda, oila davrasida, uzaro ahillik va hamjihatlik muhitida munosib utkazilmoqda. El-yurtimiz turli sinov va qiyinchiliklardan yanada kuchli va qudratli bulib utgan holda, muqaddas Ramazon hayitini ertangi kunga katta ishonch va khursandchilik bilan kutib olmoqda.

Ushbu ulug ayyomning khalqimiz manaviy hayotida tutgan urni, uning jamiyatimizda sakhiylik, shukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirishdagi ahamiyatini inobatga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va uluglash maqsadida Uzbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 24 may – yakshanba kuniga tugri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda  2020 yil 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nishonlansin», deyiladi qaror matnida.

Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mahalla va oilani qullab-quvvatlash vazirligi, Uzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari buyicha qumita hamda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, khalqning milliy va diniy ananalariga mos ravishda utishi uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishi belgilangan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Toshkentda issiq suv uchirilmagan holda issiqlik tarmoqlari tekshiruvdan utkaziladi

2020 yilda manbalardan issiqlik tarmoqlarini sinovdan utkazish grafigi tasdiqlandi.  2020-2021 yillarda isitish mavsumiga tayyorgarlik kurish …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари