Home / Jamiyat / Uzbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi
Место рекламы

Uzbekistonda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi

Uzbekiston prezidenti tomonidan mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish buyicha qarorlar qabul qilindi. Mazkur qarorlarni tayyorlashga etakchi khalqaro tashkilotlar mutakhassislari jalb etilgan.

Uzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etilmoqda.

Agentlik Uzbekiston prezidentiga buysunadi va Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari oldida hisobdor buladi.

Agentlikning asosiy vazifalaridan biri korrupsiya yuqori bulgan sohalarni chuqur tahlil qilish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hisoblanadi.

Byudjet mablaglaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizasiya qilish va davlat kharidlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat qilish masalalari ham Agentlikning vakolatlar doirasiga kiradi.

Bundan tashqari, Agentlikka davlat khizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklarasiya qilish tizimi joriy etilishi hamda deklarasiyadagi malumotlarning haqqoniyligi tekshirilishini tashkil etish vazifasi yuklanadi.

Agentlikka khalqaro standartlarga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish buyicha boshqa bir qator vazifa va funksiyalar yuklanadi hamda ularni amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishi maqsadida Agentlik tasirchan vakolatlarga ega buladi.

Agentlik har yili ommaviy akhborot vositalari orqali elon qilinishi lozim bulgan Korrupsiyaga qarshi kurashish tugrisida milliy maruzani shakllantiradi hamda uni Uzbekiston prezidenti va Oliy Majlis palatalariga kiritadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida Parlament boshchiligida faoliyat yuritadigan Uzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etilmoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

bR7jLcdC7-QqXs9U6iiEi4v4G_qS4qHo

Seul meri jonsiz holda topildi. U prezidentlikka nomzod sifatida kurilayotgandi

Janubiy Koreya poytakhti meri Pak Von Sun goyib bulib qolgach, kun davomida uni qidirgan polisiyachilar …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари