Home / Siyosat / Uzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugrisidagi qonun kuchga kirdi
Место рекламы

Uzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugrisidagi qonun kuchga kirdi

Qonunchilik palatasi tomonidan shu yil 18 fevralda qabul qilingan, Senat tomonidan 28 fevralda maqullangan va Prezident tomonidan 13 mart kuni imzolangan «Uzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugrisida»gi qonun kuchga kirdi.

Foto: KUN.UZ

Prezident 13 mart kuni «Uzbekiston Respublikasining fuqaroligi tugrisida»gi qonunni imzolagandi. Mazkur qonunning 58-moddasiga kura, u rasmiy elon qilingan kundan etiboran 6 oy utgach kuchga kirishi belgilangan. Qonun qonun hujjatlari malumotlari milliy bazasida 2020 yil 14 mart kuni elon qilingan.

Qonunning avvalgi tahriridan jiddiy farq qiluvchi jihatlaridan biri – Uzbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansublik masalasidir. Unga kura:

– 1992 yil 28 iyul holatiga kura Uzbekiston Respublikasida doimiy yashagan, chet davlat fuqarosi bulmagan va Uzbekiston Respublikasining fuqarosi bulish istagini bildirgan shakhs;

– Uzbekiston hududida yashagan va 1992 yil 28 iyulga qadar uqish uchun Uzbekistondan tashqariga chiqib ketgan hamda uzluksiz ravishda talim olgan yokhud harbiy khizmatni utagan va uqish yoki harbiy khizmat tugaganidan keyin bir yil ichida Uzbekistonga qaytib kelgan hamda Uzbekiston Respublikasida doimiy propiskadan utgan shakhs, basharti uning chet davlat fuqaroligi mavjud bulmasa Uzbekiston Respublikasining fuqarosi hisoblanadi.

Shuningdek, qonunda fuqaroligi bulmagan shakhsga nisbatan Uzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olishga doir qoidalar belgilangan.

Jumladan, 6-moddaga kura, 1995 yil 1 yanvarga kadar Uzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan va doimiy propiskadan utgan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan hamda ushbu Qonun kuchga kirguniga kadar fuqaroligi bulmagan shakhsga Uzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi asosida yashab turgan shakhs istak bildirgan taqdirda, Uzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Bundan tashqari, ota-onasi (yolgiz otasi yoki onasi) Uzbekiston Respublikasining fuqarolari deb tan olingan bola ham yuqoridagi asoslarga kura Uzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olinadi.

Shuningdek, qonunga yangi vatandosh tushunchasi kiritilib, unga kura Uzbekiston hududida tugilgan yoki ilgari uning hududida yashagan, Uzbekiston fuqaroligiga ega bulmagan, Uzbekiston hududidan tashqarida yashaydigan shakhs va uning nasl-nasab shajarasi buyicha tugri tutashgan uzidan keyingi qarindoshlari, basharti, agar ularning nasl-nasab shajarasi buyicha tugri tutashgan uzidan oldingi qarindoshlari Uzbekiston hududida yashayotgan bulsa, ular vatandosh deb yuritilishi belgilandi.

Fuqaroligi bulmagan shakhs hisoblangan vatandoshga nisbatan Uzbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi joriy etildi. Unga kura, vatandoshga nisbatan tirikchilikning qonuniy manbayiga ega bulsa, Uzbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga rioya etish majburiyatini uz zimmasiga olsa yoki davlat tilini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa, Uzbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi.

Qonunning ayrim moddalari (6, 45 va 55-moddalari) shu yilning 1 aprelidan kuchga kirgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

AfbSpsgpnkI1KU8dy5HosuDTg9UqqGyW

V Uzbekistane poyavitsya Agentstvo po kadastru

Foto: Shutterstock Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoev podpisal ukaz «O merakh po kardinalnomu sovershenstvovaniyu sistemi vedeniya ucheta zemli …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари