Home / Jamiyat / Uzbek khalq ertaklari: Kitob, mp3, uqish, skachat onlayn

Uzbek khalq ertaklari: Kitob, mp3, uqish, skachat onlayn

Muqbil toshotar

Bir bor ekan, bir yuq ekan. Utgan zamonda Bukhoro shahrida bir zolim podshoh bor ekan. Uning bir chiroyli qizi bor ekan. Uning nomi Mehrinigor ekan. Yuzining nuri oyni khira qilar ekan.
Mehrinigor chiroyli, kuchli va gayratli qiz ekan. Yuziga niqob tortib, khuddi yigitlar singari, yonida qilich-qalqon osib, kup vaqtini ovda utkazar ekan. Mehrinigor bir kuni sakkiz yuz yigit bilan ovga chiqibdi, yura-yura, bir togga etibdi. Tog juda baland ekan, bir tomoni tuqay ekan. Togning bir chekkasidan bir chiroyli kiyik chiqib qolibdi. Mehrinigor yigitlarga qarab: “Mana shu kiyikni urtaga olinglar, uni tirikligicha tutishimiz kerak, kiyik kimning yonidan utib ketsa, shu odamga jazo beraman”, debdi. Sakkiz yuz odam har tarafdan davra olib kiyikka kamon tashlabdi. Kiyik chaqqonlik qilib malikaning yonidan utib ketibdi. Malika juda gazablanib, kiyikning ketidan ot quyibdi. Etib olib uq otibdi, tegmabdi. Malika ot quyib ketayotganida togning bir chekkasidan bir yulbars chiqib, malikaga yuguribdi. Ot yulbarsdan hurkib orqaga tislangan ekan, malika otdan yiqilib tushibdi. Yulbars malikaga etishiga ikki qadam qolganda, yaqinda turgan chupon tosh bilan yulbarsning manglayiga bir uribdi. Yulbarsning boshi tars yorilib, erga chuzilibdi. Chupon yugurib kelib malikani urnidan turgazibdi. Malika uyalib hech narsa deyolmabdi.
Shu vaqt sakkiz yuz yigit etib kelibdi, malikani bu ahvolda kurib hayron bulishibdi. Chupon bechora nima qilishini bilmabdi. Malika darhol otga minib, qulidagi uzugini chuponga uzatibdi.
Malika saroyga qaytgandan keyin bir necha vaqtgacha ovga chiqmabdi. Endi gapni chupondan eshiting.
Bechora chupon malikadan ajrab qolgandan keyin uyiga bazur etib kelibdi. Qattiq kasal bulib yotib qolibdi. Chupon tog khalqining eng yakhshi kurgan farzandi ekan, uning ism-laqabi Muqbil toshotar ekan. Muqbilning tusatdan kasal bulib qolganiga tog khalqi hayron bulibdi.
Muqbil tog khalqining podasini boqib, uni yirtqich hayvonlardan saqlar ekan. Chupon har qanday yirtqich hayvonni bitta tosh bilan urib yiqitar ekan. Yirtqichlar Muqbildan qurqib, tog khalqining yaqiniga, poda boqiladigan yaylovlarga yulamas ekan. Muqbil kasal bulgandan keyin, yirtqichlar tog khalqining mol-joniga hujum qila boshlabdi.
Muqbil toshotarning qartayib qolgan otasi bilan onasi bor ekan. Ular Muqbilning kasaliga kuyib yiglashar ekan. Tog odamlari Muqbilni har kuni kurgani kelishar ekan. Ular ichida bir donishmand chol bor ekan. U bir kuni Muqbildan surabdi:
— Uglim, sening kasaling unaqa-bunaqa kasal emas, ishq kasali bulsa kerak. Rostini ayt, bolam, bu dard senga qaydin keldi? Kimga oshiq bulib qolding?
Chupon yotgan joyida kuz yoshi qilib:
— Ey, ota, nimasini suraysiz. Mening dardim tuzalmaydigan dardga ukhshaydi, — debdi.
Shunda chol yana:
— Jon bolam, yuragingdagi dard-hasratingni ayt. Agar sen yakhshi kurgan qiz osmondagi oy bulsa ham olib beramiz, — debdi.
Chupon malikani kurganini, uning uzuk berganini birma-bir aytibdi.
Chol yigitning dardi ishqdan ekanligini bilib, bu sirni tog khalqiga aytibdi:
— Bizning Muqbil toshotarimiz podshoh qizi Mehrinigorga oshiq bulibdi. Endi bunga biz iloj topishimiz kerak, bulmasa Muqbilning dardi yana ogirlashadi, — debdi.
Tog odamlari uylashib turib:
— Podshoh qizini Muqbilga bermaydi, — deyishibdi. Keyin ulardan biri:
— Shunday bulsa ham kishi yuborib kuramiz, bersa bergani, bermasa boshqa biror chora kurarmiz. Muqbilni yo tilagiga etkazamiz, yo podshohning gazabiga uchraymiz, — debdi.
Donishmand chol bir qancha kishini ergashtirib, podshoh qiziga sovchi bulib boribdi. Podshoh ularga qarab:
— Khush, nima arzlaring bor? — deb surabdi.
Donishmand chol hamma voqeani bayon qilib, keyin:
— Shohim, biz sizga qulchilikka keldik, — debdi. Podshoh tutoqib ketib:
— E, nodonlar, mening qizimga senlar sovchi bulib keldilaringmi? Bu qanday nomus, yo meni mensimaysanlarmi? — deb sovchilarni zindonga soldiribdi. Keyin lashkarlariga qarab:
— Hammangiz borib sahroyilarning mol-mulkini olib keling. Muqbilni tiriklayin tutib keltiring! — debdi.
Lashkarlar tog odamlarining mol-hollarini och buriday talab, kup jabr-zulm qilibdilar. Muqbilning otasi hamma voqeani ugliga aytib beribdi. Shunda Muqbil:
— Hali meni deb bechora khalq shu ahvolga tushdimi, — debdi-yu, palakhmonini elkasiga osib, jang bulayotgan joyga ot choptirib ketibdi. Borib qarasa, podshoh lashkarlari hali ham khalqni ezib-yanchib talayotgan ekan. Muqbil darhol ularga qarshi jang boshlabdi. Lashkarlarning allaqanchasini qirib tashlabdi. Qolganlari urdaga qarab qochishibdi. Borib podshohga arz qilishibdi:
— E, shohi olam, Muqbil toshotar juda zur yigit ekan. Har qanday odamni bir musht ursa, til tortqizmay uldirar ekan. Bir qancha lashkar uldi, biz dargohingizga qochib qutuldik.
Podshoh bugilib, butun lashkarini yigdiribdi, uzi bosh bulib, jangga kiribdi.
Muqbil uzoqdan turib tosh bilan lashkarlarning boshlarini uchiraveribdi.
Podshoh Muqbilga baravar kelolmasligiga kuzi etib, unga mana shu khatni yuboribdi:
“E, pahlavon yigit! Qizimni senga berishga roziman. Lekin bir shartim bor: ikki qulingda turttadan sakkizta yulbarsni etaklab kelasan. Agar shu shartimni bajo keltirsang, qizim seniki”.
Muqbil bu shartni qabul qilibdi, ammo podshohdan zindonda yotgan begunohlarni chiqarib yuborishni talab qilibdi. Podshoh bu talabni qabul qilibdi, zindondagilarni bushatib yuboribdi.
Muqbil tog khalqidan rozilik olib, yakka uzi yulbars qidirib ketibdi. Yura-yura bir tuqayzorga etibdi. Qamishzorda ukhlab yotgan bir yulbarsni kurib qolibdi. Vaqtni quldan bermay, bora solib uni bugibdi. Yulbars urnidan turib Muqbil bilan olisha ketibdi. Muqbil yulbarsni mahkam bugib olib, mushuk boladay qulida uynatib, bir-ikki marta erga uribdi. Yulbars gangib qolgandan keyin, tumshugiga behush qiladigan dori tutib, uni hushidan ketkizibdi, burnidan buroz solib, yugon zanjir bilan darakhtga boglab, yana yulga tushibdi.
Yurib-yurib bir togga chiqibdi, unda yana bir yulbarsga duch kelibdi. U bilan olishib, uni ham engibdi: zanjir bilan bir katta darakhtga boglabdi. Shu yusinda sakkizta yulbarsni tutib boglabdi. Keyin ularning hammasini bir joyga yigib, birin-ketin hushiga keltirib, tepib-tepib qurqitib quyibdi. Yulbarslar qurqqanidan boshlarini quyi solib, dir-dir titrar emish. Muqbil sakkiz yulbarsni etaklab yulga tushibdi, ettinchi kuni kechqurun qishlogiga etib kelibdi. Muqbilning ulja bilan omon-eson kelganini kurgan qishloq khalqi juda sevinibdi.
Muqbil erta bilan qulida turttadan sakkizta yulbarsni etaklab, podshoh saroyiga boribdi.
“Muqbil toshotar shartni bajarib, sakkizta yulbarsni etaklab kelayotir”, deb hammaning yuragiga gulgula tushibdi. Odamlar uni kurishlari bilan tus-tus bulib qocha boshlabdilar. Yasovullar bu khabarni podshohga etkazibdilar. Podshohni vahima bosib: “Men uni ulib ketar deb uylagan edim, attang, tirik qolibdi”, deb bir qancha lashkar bilan Muqbilni kutib olishga chiqibdi. U noiloj bunday debdi:
— Balli, uglim, balli! Shartimni bajaribsan. Endi qulingdagi yulbarslarni togga eltib, usha erda terilarini shil. Bu ishni qilib kelganingdan keyin senga yana bir shartim bor. Bu shartim shuki, Hotamtoyning boshini kesib keltirasan. Uning bitta yakhshi oti bor, shuni ham olib kelasan. Ana shundan sung senga qizimni beraman.
Shohning vadasida turmaganligi Muqbil toshotarga yoqmabdi. Muqbil uzicha uylabdi: “Balki Hotam qaroqchi, khalqqa jabr qiluvchi kishidir. Bulmasa uning boshi podshohga nima uchun kerak buladi. Khup, mayli, shunday ekan, ikkinchi shartni ham urniga quyay. Shoyadki khalq zulmdan qutulsa”.
Sungra Muqbil qishloqdagi yor-dustlari bilan khayrlashib, Hotamning boshi bilan otini olib kelishga junab ketibdi. Muqbil bir qalandar suratiga kirib safarga chiqibdi, turt oy deganda Hotamtoyning shahriga etibdi. “Shu kecha biron joyda qunay”, deb uylab borayotgan ekan, katta anhor buyida qirq yoshlar chamasidagi bir odam otini yuvib turganini kuribdi. Muqbil undan:
— Hotam shahardami yo biror yoqqa ketganmi? — deb surabdi. Ot egasi javob beribdi:
— Hotamtoy shaharda. Yul bulsin, yigit. Musofirga ukhshaysiz. Bugun biznikida mehmon buling, Hotamtoy oldiga ertaga borarsiz.
Muqbil uzicha: “Ayni muddao buldi” deb sevinib, haligi odamning uyiga boribdi. Uy egasi Muqbilni yakhshilab mehmon qilibdi. Vaqt yarim kechadan ogganda uy egasi Muqbildan surabdi:
— Yakhshi yigit, Hotamtoyda nima ishingiz bor edi?
— Ha, zarur ishim bor edi. Siz uni taniysizmi? Uzi qanday odam?
— Ha, Hotamni taniyman, u shu shaharning kattasi buladi. Shunday bulsa ham boshqa shohlar singari takhtda utirmaydi, faqir singari khalq orasida yuradi. U kishida qanday ishingiz bor edi? — deb yana surabdi uy egasi. Shunda Muqbil ancha noqulay ahvolga tushib, biroz jim qolibdi. Uzicha: “Hotamtoy khalq orasida yursa, fuqaroga yomonlik qilmasa, yomon odam emas ekan-da”, deb uylabdi, keyin bunday debdi:
— Men juda hayron bulib qoldim. Yurtimiz podshosining amri bilan Hotamning boshini olib ketgani kelgan edim. Gapingizga qaraganda Hotam juda bahodir yigit kurinadi. Men endi u bilan maydonda qanday olishar ekanman?
Uy egasi Muqbildan:
— Hotam sizga nima yomonlik qilgan edi? — deb surabdi.
— Hotam-ku menga yomonlik qilgan emas, — debdi Muqbil. Sungra Hotamni nima uchun uldirgani kelganini birma-bir aytib beribdi.
— Siz bu kecha yakhshilab dam oling, — debdi uy egasi, — erta bilan sizni Hotamga olib boray.
Muqbil uy egasidan minnatdor bulib, uyquga ketibdi. Tong otibdi. Ertalab nonushtadan keyin Muqbil:
— Qani, Hotamning uyini menga kursatib quying, — debdi. Uy egasi:
— Hotam men bulaman. Podshoh aytgan otni bisotimda boshqa narsa bulmaganidan, kecha suyib, sizga ovqat qildim. Siz oshiq yigit ekansiz, siz uchun bitta bosh emas, mingtasi ham qurbon bulsin, — deb Muqbil oldiga tiz chukib, boshini tutibdi. Muqbil Hotamning mardligini kurib, yiglab yuboribdi.
Sungra bunday debdi:
— Yuq! Sizning boshingizni kesadigan qulim qirqilsin! Podshoh qizini bermasa, bermay quya qolsin. Men sizdek sakhiyning qurboni bulay!
Hotamning bir ugli bor ekan, otasiga qarab debdi:
— Mehmon tugri aytadilar. Baribir, siz boshingizni berganingiz bilan: “Bu bosh Hotamniki emas”, deb uchinchi shart quyishdan toymaydi.
Sungra Muqbilga qarab:
— Otam siz bilan birga borsinlar, agar otamning boshi bilan sizdek muhtoj kishining hojati chiqadigan bulsa, men mingdan mingga roziman, — debdi.
Uglining suzini Hotam maqullab debdi:
— Men bironta muhtoj odam hatto boshimni surab kelganda ham ayamayman, deb ahd qilgan edim. Endi murodimga etdim.
Muqbil nima qilarini bilmay, noiloj Hotam bilan yulga tushibdi. Ular bir qancha kundan keyin Bukhoro shahriga etib kelibdilar. Muqbil Hotamni tashqariga quyib, uzi podshoh saroyiga kiribdi. Podshoh Muqbilni kurishi bilan darhol:
— Qani, Hotamning boshi bilan otini olib keldingmi? — deb surabdi.
— Hotam sakhiy yigit ekan, bilmasdan men uning uyiga borib, mehmon bulib qolibman. Bisotida boshqa narsasi bulmaganidan otini suyib, mendek bir musofirni mehmon qildi. Mening ahvolimni bilib, boshini qilichga tutib berdi. Lekin men shunday mard, sakhiy kishining boshini emas, uzini tiriklayin olib keldim, — debdi. Podshoh:
— Qani Hotamning uzi! — deb qichqiribdi. Muqbil podshohdan Hotamni boshlab kelishga ijozat surabdi.
Podshoh bosh qimirlatib ijozat beribdi. Muqbil Hotamni podshohga rupara qilibdi. Hotam podshohga salom beribdi. Podshohning rangi qochib, badaniga titroq turibdi. Keyin Hotam podshohga qarab:
— Siz yuqlagan Hotam men bulaman, —debdi.
Podshoh Muqbilga qarab:
— Men senga “Hotamning boshini keltir”, degan edim. Sen buni tiriklayin olib kelibsan, — degan ekan, Hotam:
— Men uz yurtimda boshimni bu yigitga tortiq qilgan edim, unamadi. Noiloj uzim birga keldim. Mana, marhamat, boshimni kestiring, shu bechorani murodiga etkazing, — debdi.
Podshoh Hotamni ulimga buyuribdi. Jallod Hotamni olib ketayotganda Muqbil chidolmabdi: bir musht urib jallodning yuzini teskari qilib quyibdi, keyin podshohga gazab bilan:
— Sen qanday nomardsan! Shunday begunoh, mard, oliyjanob yigitni uldiradigan bulsang, qizingni bermay quya qol! Agar uylaganing odam uldirish bulsa, Hotam urniga meni uldir, — debdi. Podshoh tutoqib bugilibdi va Muqbilga qarab:
— Uldirsam sendan qurqamanmi! — deb jallodni chaqiribdi, Muqbilni ulimga buyuribdi:
Shu payt ichkaridan Mehrinigor yugurib chiqib, uzini Muqbilga tashlabdi. Podshoh gazab bilan:
— Uni ham uldiring! — deb buyuribdi. Shunda Hotam:
— Ey, khoin podshoh, senda rahm-shafqatdan asar ham yuq ekan, har qanday yirtqich hayvondan ham battar ekansan! — deb yugurganicha borib, podshohga hujum qilibdi. Bunga qarshi podshoh qilich uqtalgan ekan, Hotam podshohning qilichli qulini mahkam ushlab, yuziga bir tarsaki uribdi. Podshoh takhtdan agdarilib tushibdi. Hotam Muqbilga qarab:
— Takhtga chiqib utiring, yigit, — debdi. Khalq zolim podshohni urib uldiribdi, el-yurt surashni Muqbilga topshiribdi. Sungra Hotamning uzi bosh bulib Mehrinigorni tuy-tomoshalar bilan Muqbilga olib beribdi. El-yurt tinch va farovon umr kechira boshlabdi.
Shunday qilib, Muqbil toshotar bilan Mehrinigor ikkisi murod-maqsadiga etibdi.

Hakim baliqchining ugli

Qadim zamonda hakim baliqchi degan chol bor ekan. Hakim baliqchi Changalzor degan bir qishloqdan uzoqroq joyda khotini va bir ugli bilan kun kechirar ekan. Ular turgan joydan sal nariroqda katta daryo oqar ekan. Chol har kuni erta bilan baliq oviga ketar, ushlagan baliqlari bilan tirikchilik qilar ekan. Ular juda kambagal bulgani uchun hech kimga aralasha olishmas ekan, boshqa kishilar ham ular bilan kam muomala qilishar ekan. Hakim chol bir kuni odatdagicha baliq oviga ketibdi. Daryoga boradigan yul jarlik, baland-past bulib yurish juda mushkul ekan. Chol zurga daryo labiga borib, biroz dam olgandan keyin baliq oviga kirishibdi. Juda kup baliq ovlagandan keyin, turga oltin baliq tushibdi. Baliqchi chol oltin baliqni quliga olib, uni rosa tomosha qilibdi. Keyin uyiga borib uglini chaqirib:
— Uglim, mana bu oltin baliqni podshoning vaziriga olib borib ber-da, tezda qaytib kel, — debdi.
Kampir esa nima ish bulayotganini payqamay qolibdi. Cholning ugli baliqni olib chopganicha katta yul bilan yurib, podsho saroyiga kirib boribdi. “Podsho nima-yu, vazir nima. Kel-e, podshoning uziga bera qolay”, deb baliqni podshoga beribdi. Podsho hech narsa demay baliqni olib qola beribdi. Bola chopib uyiga qaytibdi.
Baliqchi chol uglidan:
— Baliqni kimga berding, uglim? — deb surabdi.
— Podshoga berdim, — debdi bola. Baliqchi chol juda khafa bulibdi-da, hech narsa demay uz ishini qila beribdi.
Ertasi ertalab vazir podsho oldiga kelayotib, katta hovuzda chiroyli oltin baliqni kuribdi. Biroz tomosha qilib, podsho oldiga kiribdi. Podshodan: “Hovuzdagi baliq qaerdan paydo buldi?” deb surabdi. Podsho vazirga qishloq chetida yashaydigan bir baliqchi cholning ugli keltirib berganini aytibdi. Vazir bolaning baliqni unga bermay podshoga berganidan jahli chiqib, qanday qilib bulsa ham bolani uldirish payiga tushibdi. Podshoga qarab:
— Podshohi olam, bu baliq yolgiz bulmasa kerak, buning albatta sherigi bulishi kerak. Shu baliq hovuzga juda yarashibdi. Shuning uchun bolaga baliqning sherigini topib keltirishni buyuring, — debdi.
Podshoga bu suz juda yoqibdi-da, shu zahoti cholning oyogini erga tekkizmay huzuriga keltiribdi. Podsho cholga:
— Sen shu baliqni qaerdan olib keltirgan bulsang, uning sherigini ham qirq kun ichida topib keltirasan. Bulmasa dorga ostiraman, — debdi. Chol juda khafalanib uyiga qaytibdi. Uglini chaqirib:
— Mana, sen baliqni vazirga bermaganing uchun boshimizga juda katta mushkul ish tushdi. Shu qirq kunda oltin baliqning sherigini tutib olib borib podshoga bermasak, ikkovimiz dorga osilamiz, — debdi. — Endi buni bajarmay ilojimiz yuq. Ikkovimiz birga daryo labiga borib baliq ovlaymiz. Podsho qirq kun muhlat berdi, — debdi.
Chol ugli bilan birga daryo buyiga borib biroz dam olgandan keyin baliq ovlashga kirishibdi. Kechgacha juda kup oddiy baliqlarni tutishibdi. Lekin oltin baliq uchramabdi. Ota-bola uttiz tuqqiz kun baliq ovlashibdi. Turga oltin baliq ilinmabdi. Chol bilan ugli: “Endi podsho bizni dorga osadi”, deb juda khafa bulishibdi. Qirqinchi kuni ota-bola “Bir kunlik umrimiz qoldi”, deb, ulishlariga ishonib, okhirgi marta baliq oviga borishibdi. Kechgacha ov qilib, kechqurun bulganda turga khuddi ilgarigi oltin baliqqa ukhshash baliq ilinibdi. Ota-bola juda khursand bulishibdi. Cholning quli qaltirab, kuzidan yoshi selday tirqirab, ulimdan qolganiga ishonmasmish. Ota-bola uyga qaytishibdi.
Kampir har kundagidek, chol bilan uglim nima olib kelar ekan, deb tomga chiqib kutibdi. Chol bilan ugli kurinmabdi. “Bugun qirq kun muhlat tamom buldi. Baliqni tutib olib kelishmasa, cholim bilan uglimdan ajralar ekanman” deb, tomning u yogidan-bu yogiga bezovta bulib yuribdi. Uzoqdan choli bilan ugli kuringach:
— Oltin baliqni ushladinglarmi? —deb baqira beribdi. Chol kampir yoniga kelib baliqni kursatibdi. Ertalab bulgach, chol baliqni ugliga berib:
— Baliqni vazirga ber, — deb tayinlabdi. Bola podsho saroyiga junabdi. Podsho dargazab bulib:
— Bugun qirq birinchi kun, cholni topib kelinglar, — deb buyruq berib turgan ekan. Bola eshikdan baliqni kutarib kirib podshoga salom beribdi va baliqni uzatibdi. Podsho sevinib baliqni ilgarigi baliq yoniga — hovuzga quyib yuboribdi. Bola uyiga qaytibdi.
Ertasiga yana vazir podsho oldiga kelayotib, hovuzda bir emas ikki oltin baliq suzib yurganini kuribdi. Podsho oldiga shoshib kirib, baliqlarni tomosha qilishni taklif qilibdi. Podsho bilan vazir bog oralab yurib hovuz yoniga kelibdi. Hovuzda bir-biridan chiroyli ikki baliqning suzib yurganini tomosha qilishibdi. Vazir suz boshlab:
— Podshohi olam, sizning bogingiz juda ajoyib, hech qanday podshoda yuq. Endi shu bogingizda bir narsa kam, u ham bulsa, tilla hovuz, — debdi.
Podsho bir seskanib, keyin khayol surib qolibdi. Vazir:
— Ey, podshohi olam, devlar yashaydigan falon mamlakatda tilla hovuz bor. Suvi buloqdek otilib chiqib turadi. Chetida oltin panjara, oltin kursi, hamma yogi oltin bilan qoplangan. Usha hovuzni olib kelib quyilsa, bogingiz bundan ham chiroyli buladi, — debdi. Podsho:
— Buni kim olib keladi? — deb surabdi.
Vazir:
— Baligini topib kelgan odam olib keladi-da. Siz bundan gam emang, faqat buyuring, kholos, — debdi.
Podsho odamlariga baliqchi cholning uglini tezda topib kelishni buyuribdi. Ikki kishi bolani urdaga olib kelibdi. Vazir bolaga sovuqqina qarab “Endi bola uladi” deb, podshoning suziga quloq solib turibdi. Podsho bolaga:
— Devlar makonida oltin hovuz bor ekan. Sen shu hovuzni olib kelasan. Agar olib kelmasang, dorga osilasan, — debdi. Bola podshoga:
— Ey, podshohim, hovuzni ham olib kelib buladimi? — debdi. Vazir:
— Podshoga gap qaytarma, badbakht, — deb bolani quvlab chiqaribdi. Bola gamgin bulib uyiga qaytib kelibdi. Chol bolani kurishi bilanoq:
— Uglim, baliqni yana podshoga bergan ekansan-da, — debdi.
Bola podshoning buyrugini aytibdi. Chol uylanib, ugliga uzoq tikilib qolibdi-da, keyin:
— Uglim, endi podsho seni uldirmoqchi bulibdi. Sen podsho oldiga bor, podshodan bir temir hassa, bir temir kavush, bir necha quy, bir necha eshak sura! Podsho suzingni qaytarmaydi. Sen hamma narsani olib yulga ravona bul. Quylarni boqib, charchagan eshakni quyib, yangisiga minib ket, — debdi.
Bola podsho saroyiga borib otasi urgatgan narsalarni surabdi. Podsho bola suragan narsalarning hammasini beribdi. Bola ularni olib yulga ravona bulibdi. U ota-onasidan ayrilib, nima qilishini, qayoqqa borishini bilmay chul-u biyobonlarga chiqib ketibdi. Yulda quylardan suyib eb, charchagan eshakni quyib, boshqasiga minib keta beribdi. Quylar ham okhiri tamom bulibdi, eshaklar ham yurolmay qolibdi. Bola nima qilishini bilmay, tavakkal deb temir kavushini kiyib, temir hassasiga tayanib keta beribdi.
Yul yurib, yul yursa ham mul yurib, oyoqlari qavarib, kiyimlari yirtilib ketibdi. Bir qirning tepasiga kelib, charchab ukhlab qolibdi.
Bola uyqusida ajoyib bir tush kuribdi. Tushida ola chopon kiygan, urta buyli, oq soqolli bir muysafid kelib bolaning holini surabdi. Bola cholga uzining qaerga, nima uchun ketayotganini, qachondan buyon chul-u biyobonlarda sarson bulib yurganini birma-bir aytib berib, yiglabdi. Chol:
— Yiglama, uglim, senga yakhshilik qilaman. Lekin sen aytgan hovuz devlar qulida. Buni sen ola olmaysan, — deb bolaning quyniga bir dona yongoq solib quyibdi va: — Mana shu yongoqni podsho oldiga olib borgin-da, hovuzni qaerga quray, degin. Shunda podsho senga duq urib “Qani olib kelgan hovuzing”, deb joy kursatadi. Sen shu yongoqni podsho kursatgan joyga qattiq urasan. Hovuz tayyor buladi, ulimdan qutulasan, — deb ketibdi. Bola uygonibdi. Shoshib-pishib quyniga qul solib qarasa, yongoq turgan emish. Bola khursand bulib badanining, oyoqlarining ogrigini ham sezmay, orqasiga qaytibdi.
Bir necha kun yul yurib uz uyiga etibdi. Qarasa, ota-onasini podshoning ikki odami haydab ketayotganmish. Bola ota-onasini podshoning odamlaridan qutqazib, podsho oldiga uzi boribdi. Podsho bolaga:
— Qani, hovuzni olib keldingmi? — deb gazabga olib baqiribdi.
Shunda bola pinagini buzmay podshodan:
— Hovuzni qaerga quray! — deb surabdi. Podsho bolaga:
— Ikkala qulingni burningga tiqib kelib, yana uyalmay hovuzni qaerga quray deb suraysanmi, — deb yana battarroq dagdaga qilibdi.
Bu janjalni vazir eshitib, darhol etib kelib, podshoga:
— Ey, podshohi olam, hovuz buladigan joyni kursating-chi, bola nima qilar ekan? — debdi. Podsho:
— Mana shu erga qura qol, — deb bogning eng chiroyli eridan joy kursatibdi. Bola quynidan yongoqni olib, podsho kursatgan erga bir uribdi. Darhol tilla hovuz tayyor bulibdi. Hovuzning atrofi tilla panjara bilan uralgan, hovuz urtasidan suv qaynab chiqib, har tomonga sochilib turganmish. Podsho boshi osmonga etib, baliqlarni shu tilla hovuzga quyib yuborishni buyuribdi. Bola ikkala baliqni ushlab hovuzga quyib yuboribdi.
Bolaning ulmay qaytib kelganiga vazirning gazabi kelib, yana bolani biror ishga buyurishni uylay boshlabdi. Bola ota-onasi oldiga borib boshidan utganlarini aytib beribdi.
Vazir podsho oldiga kirib:
— Ey, podshohi olam, siz mening maslahatim bilan oltin baliq ham tilla hovuzga ega buldingiz. Endi bogingizda yana bir narsa kam, u ham bulsa, falon mamlakatdagi pari qizni oldirib keltirsangiz, bogingizda kamchilik bulmaydi, — debdi. Podsho:
— Bu ishni kim bajaradi? — debdi.
Vazir:
— Bu ishni baliqni, hovuzni olib kelgan bola bajaradi-da, — debdi. Podsho tezda bolani topib kelishni buyuribdi. Navkarlar bolani dam utmay olib kelishibdi. Podsho bolaga:
— Sen ikkita ishni bajarding, yana bir ish bor. Parilar mamlakatidan pari qizni olib kelasan, — deb buyuribdi.
Bola nima qilishini bilmasdan uyiga qaytibdi. Otasiga podshoning buyrugini aytibdi. Shunda ugliga qarab: Aytganimni qilmay, uzboshimchalik qilding, vazirga ber, desam baliqlarni podshoga berding, ana endi sendan vazir uch olmoqchi. Mayli, yana podshodan bir necha quy, eshak, temir kavush, temir hassa surab olib, yulga ravona bul, — debdi. Bola podsho oldiga borib, otasi urgatgan narsalarni surabdi. Podsho hamma narsalarni beribdi. Bola quy va eshaklarni haydab ketaveribdi. Yul yurib, yul yursa ham mul yurib, bir qishloqqa yaqin erga borib qolibdi. Qarasa, etti yashardan etmish yashargacha quliga nima ilinsa, shuni olib kun chiqar tomonga qarab chopib ketayotgan emish. Bola bu odamlardan “Qaerga ketayotibsizlar?” deb shuncha surasa ham hech kim javob bermabdi. Bir mahal etti yoshli bir bola tukhtab:
— Qishlogimizning butun mol-mulkini ugirlab ketgan ugri ushlanibdi. Shu vaqtgacha uni hech kim tutolmagan edi. Uni tutib olishganiga uch kun buldi. Odamlar shuni uldirishga chopib ketishayotibdi, — debdi.
Bola ham quy va eshaklarini choptirib usha tomonga ketibdi. Borib qarasa, olomon yigilgan, bir erga dor tikilgan, haqiqatan ham bir odamning buyniga sirtmoq solingan; katta-kichik tosh, sopol, ketmon, kosov, shunga ukhshash narsalar ushlab ugriga yov nazar bilan qarab turganmish.
Bola quy va eshaklarini bir chetga quyib, olomon orasidan utib, ugri oldiga boribdi. Bu ugri shunday odam ekanki, chopsa ot eta olmas, qirqta quyning gusht-yogiga tuymas ekan. Lekin buynidagi sirtmogi qattiq boglanganidan qimirlay olmay turgan ekan. Bola ugrini dorga osayotgan odamlarga qarab: “Uldirmanglar, agar ugri bulsa, menga sotinglar!” — deb qichqiribdi. Avval kupchilik olomon ugrini sotishga kunmabdi, “Baribir yana ugrilik qila beradi. Yakhshisi uldiramiz”, deyishibdi. Ugrini uldirishga qancha urinsalar ham uldira olmabdilar. Bola quy va eshaklarining hammasini berib, ugrini sirtmoqdan bushatib olgan ekan, ugri ikki-uch marta kho-kholab kulibdi-da, yuq bulib qolibdi. Bola olomon ichida quy, eshaklaridan ajralib, nima qilishini, qaerga borishini bilmay, dovdirab turib qolibdi, tavakkal deb temir kavushini kiyib, temir hassasiga tayanib, bir tomonga qarab junabdi.
Ugri qochib ketayotib uz-uziga: “U bola meni nima uchun ulimdan qutqardi. Nima uchun men u bilan suzlashmay ketayotibman”, debdi-da, ketiga qaytib, bolani qidirib topibdi. Bolaga uzining kimligini bildirmay, undan hol-ahvol surabdi. Bola bulgan voqeani birma-bir aytib beribdi. Shunda ugri bolani elkasiga mindirib chopib ketibdi. Tez orada ular baland bir temir qurgon yoniga borib qolibdilar. Ugri temir darvozani ochib, ichkariga kiribdi. Qirqta quyni suyib, pishirib eb, damini olgandan keyin bolaga:
— Men senga pari qizni topib olib kelib beraman. Sen shu erda tur, — debdi va junab ketibdi. Ugri bir qancha yul yurib qizning makoniga etibdi. Borib sekin eshigini taqillatibdi. Bir dev chiqibdi.
Ugri dev chiqishi bilan uni uldiribdi. Ichkariga kirib qirqta dev bilan olishib, ularni ham uldiribdi. Yana ichkaridagi bir uyga kirsa, bir chiroyli qiz utirgan emish. Qiz kup vaqtdan buyon odam kurmaganligidan uning bu erga qanday kelib qolganligini surabdi.
Ugri butun voqeani aytibdi, qizni bolaga olib kelib beribdi. Ugri qiz bilan bolaga ketish uchun bir ot berib, jiloviga tegmanglar, debdi.
Bola qizga uni podshoga olib ketayotganini aytibdi. Birdan shamol, tupolon bulib qiz yuq bulibdi. Osmonda uchta kaptar qizni kutarib uchib, togdagi gorga kirib goyib bulibdi. Bola bu holni kurib, nima qilishini, qizni qaerdan topishini bilmay qolibdi. Bu voqeani ugri sezib, hash-pash deguncha etib kelib, boladan kaptarlar qizni qay tomonga olib ketganini surabdi. Bola gorni kursatibdi. Ugri gorga borib:
— Pari, chiq bu yoqqa, — deb qattiq baqiribdi. Ammo pari gordan chiqish yulini bila olmabdi. Ugri qizga chiqish yulini urgatibdi. Qiz chiqqandan keyin:
— Men keta olmayman, devlar orqamizdan quvlaydi, — debdi.
Ugri qizga gap urgatib:
— Devlar kelgandan keyin ulardan: “Nima uchun odamzodning joni uzida-yu, devlarning joni uzida emas. Devlarning joni qaerda? — deb sura, aytmasa yigla. Sungra aytishga majbur buladi. Uni bilib menga aytasan, — debdi.
Ugri bola yoniga qaytib kelibdi. Qiz devlar kelgandan keyin devlardan ularning joni qaerda turishini surabdi. Devlar avval shubhalanib, qizni uldirmoqchi bulishibdi. Keyin maslahatlashib:
— Bu qizning qulidan nima ish kelardi, — deb jonlarining qaerda ekanligini aytishibdi:
— Usha kuringan jar yoqasidagi chinor ostida bir buloq bor, buloq ichida sandiq bor. Shu sandiq ichida bizning jonimiz turadi. Chinorni borib tebratsa, suv ichidan oltin baliq sandiqni dumi bilan chiqarib beradi.
Qiz buni eshitib olib, devlarga sharob quyib berib mast qilibdi. Devlar mast bulgan vaqtda ugri kelibdi. Qiz ugriga eshitgan suzlarini aytib beribdi. Ugri borib chinorni shu qadar jahl bilan tebratibdiki, chinor qulab ketibdi. Baliq esa dumi bilan bir siltab sandiqni chiqarib tashlabdi. Ugri sandiqni buzib, devlarning jonini olib, bola tomonga kelibdi. Shunda devlardan biri “voy belim” desa, ikkinchisi “voy boshim” deb yugurishib ugri oldiga kelib:
— Nima buyursang qilamiz, — deb oyogiga yiqilishibdi.
Ugri devlarga:
— Parini hozir topinglar, agar topmasanglar, hammangni uldiraman, — debdi.
Devlar parini topib kelishibdi. Ugri qizga devlarning jonini berib, bola bilan khayrlashib, ikkovini junatibdi.
Bola uz mamlakatiga etibdi. Podsho bolaning kelganini eshitib, qizni tezda olib kelib berishni buyuribdi. Bola qizni podshoga berishga rozi bulmaganidan keyin, podsho askarlariga bolaning qul-oyoqlarini boglab olib kelishni buyuribdi. Askarlar kelib bolaning qul-oyogini boglayotganligini ugri sezib qolib, etib kelibdi. Qiz esa devlarning jonini siqibdi, devlar ham darrov etib kelibdi. Urtada qattiq urush bulibdi. Podsho engilibdi.
Baliqchi cholning ugli mamlakatga podsho bulib, pari qizga uylanibdi. Ugri esa ugriligini tashlab khizmatga kiribdi. Murod-maqsadlariga etibdi.

Sohibjon bilan Ahmadjon

Bor ekan-u yuq ekan, och ekan-u tuq ekan, buri bakovul ekan, tulki yasovul ekan, qarga qaqimchi ekan, chumchuq chaqimchi ekan, toshbaqa tarozbon ekan, tungiz qassob ekan, qurbaqa undan qarzdor ekan.
Qadim zamonda bir chol bilan kampir bor ekan. Ular juda kambagal ekan. Bir hovli, unda bittagina chordevordan boshqa hech narsasi yuq ekan. Chol daryoga borib baliq ovlar, kampir esa birovlarning kirini yuvib, yirtiq-yamogini qilar, shu bilan tirikchilik utkazar ekan.
Chol bilan kampirning farzandi yuq, farzandga juda ham tashna ekanlar.
Bir kuni chol kampirga aytibdi:
— E, khotin, mening yoshim ellik beshga, sening yoshing ellikka etdi, farzand kurmadik, ikkimiz ham qarib ishdan chiqsak, qaraydiganimiz, ulsak uyimizni yoritadiganimiz yuq. Endi khudodan astoydil suraylik, bizga ham farzand bersin, — dedi. Chol bilan kampir khudoga munojat qilib yiglashdi, bizga farzand bergin, deb yolvorishdi. Bularning duosi ijobat bulib, kampir homilador buldi, vaqt-soati etib, bir ugil tugdi. Unga Sohibjon deb ot quyishdi. Cholning boshi kukka etdi. Khotiniga aytdi:
— E, kampir, biz murodimizga etdik. Endi bu Sohibjonni yakhshilab tarbiya qilaylik. “Yakhshidan zot qoladi, yomondan — dod”, degan naql bor. Farzandimizni yakhshi ustirsak, rahmat olamiz, yomon ustirsak, lanat olamiz,— dedi. Bu gap kampirga ham maqul buldi. Cholning ikki oyogi turt bulib, ovni yakhshi qildi. Bolani tarbiyalab, uqitib katta qilishdi. Sohibjonning yoshi un oltiga etdi. U qaddi-qomati kelishgan, jussador, pahlavonsifat bola buldi. Kunlardan bir kun chol ugliga aytdi:
— Uglim! Men keksayib qoldim. Endi sen men bilan birga ovga borgin. Ham baliq ovini urganasan, ham kurib, bahri diling ochilib keladi, — dedi. Sohibjon:
— Khup, ota! Aytganingizni jonim bilan qilaman,— dedi.
Ota-bola turni kutarib, daryoga qarab junashdi. Havo sof, hammayoq kungilli, yam-yashil utlar kukargan, parrandalar sayragan, keng daryo suvi tulib, kum-kuk tusda jimillab oqar edi. Ota-bola daryo yoqalab borib, bir chinorning tagiga etib tukhtashdi. Chol ugliga:
— Ana endi, uglim, shu joyda baliq ovini boshlaymiz, — dedi.
Chol turni yozib, suvga tashladi. Birozdan sung tortib edi, hech narsa chiqmadi. Yana tashladi. Bir vaqt chol turni tortgan edi, tur vazminlashib qolibdi, torta olmadi: “Sohibjon, kel, bolam, ikkimiz tortaylik!” dedi.
Sohibjon kelib, otasiga kumaklashdi, ammo ota-bola ham tortib ololmadi. Shunda chol tukhtadi, peshonasidagi terni artib:
— Uh! Charchadim. Turga juda katta nahang baliq tushibdi,— dedi.
Turning bir uchini chinorga bogladi.
— Sen bir uchini ushlab turgin, men borib yordamga bir-ikkita odam aytib kelayin, — deb turning uchini Sohibjonga ushlatib quyib, qishloqqa qarab junadi.
Sohibjon daryoning qirgogidagi utlarni, darakhtlarni, suvning uynab oqishini tomosha qilib utirar edi. Bir vaqt suvda turning ichida bir narsa qimirlaganday buldi. Qarasa, turda bitta baliqning bolasi ikki kuziga yosh olib, Sohibjonning yuziga termulib, yolvorganday bulib turibdi. Sohibjon uni kurib, rahmi keldi. Bu ham menga ukhshagan bola ekan-da, buning ham ota-onasi bordir, keladi, deb yuliga intizor bulib utirgandir. Kel, shu baliqni quyib yuboray, khursand bulib ketsin, deb turning irini qirqib yuboribdi. Baliqcha turdan qutuldi, shodligidan Sohibjonning qarshisida aylanib, uynab-uynab, keyin kuzdan goyib bulib ketdi.
Bir vaqt ikkita odamni ergashtirib chol etib keldi. Qarasa, tur yuq. Sohibjondan:
— Tur qani? — deb suradi. Sohibjon:
— E, ota, baliq juda katta baliqqa ukhshaydi, turni tortqilab-tortqilab, uzib ketdi,— dedi.
Cholning tarvuzi qulidan tushdi. Kelgan kishilar:
— E, chol! YOlgiz ugil olp buladi, olp bulmasa, qolp buladi, deyishar edi. Oltmishga kirganingda yiglab-siqtab topgan ugling, endi senga dastyorlik qiladigan vaqtida, olplik qilmay, katta bir baliqni qochirib qolpli qilib utiribdi. Bu bolang shum qadam ekan! — deb cholga tana qilib, junab ketishibdi. Cholning dami ichiga tushib ketdi, to uyiga kelguncha ugliga gapirmadi. Haligilarning gapi Sohibjonga qattiq botib ketdi. Bu kecha yotdi. Erta bilan turib otasiga aytdi:
— E, ota! Mening qadamim yoqmadi, kecha ovingiz yurmadi. Menga ijozat bering, uzimga munosib biror hunar urganayin, bakhtim ochilsa, qaytib kelib sizning khizmatingizni qilayin,— dedi. Chol-kampirning unamaganiga quymay, ulardan oq fotihani oldi, bir khaltada non-u talqon olib, “YO huv, yo manhu!” — deb qishloqdan chiqib ketdi. Chol bilan kampir: “Khudo peshonangni ochsin! Olgin, oldirmagin! Sog borib, salomat qaytgin!”— deb duo qilib kuzlaridan yoshini oqizib qola berdi.
Sohibjon yul yurdi, yul yursa ham mul yurdi, necha qishloqdan, chullardan, kullardan utdi. Bir joyga borib, charchab, dam olgani utirdi. Shu zamon bir tomondan yoshi qirqlarga borgan bir yulovchi kelib, Sohibjonning oldida tukhtadi va unga:
— Ha, bolam! YOsh ekansan! Qaerga ketyapsan? —dedi. Sohibjon:
— E, mulla aka! Men safarga ketyapman, — dedi. Yulovchi:
— Ha, bulmasa, ikkovimiz birga bulaylik, men ham safarga ketyapman, — dedi. Sohibjon dilida bu begona odam qanday odam ekan, bir sinab kuraychi, deb:
— E, mulla aka! Men bir utirsam, uch kecha-yu uch kunduz utirib qolaman. Unda qanday buladi? — dedi. Shunda yulovchi:
— Ha-ha! Sening safaring uzoq safar ekan, — deb yuliga qarab keta berdi.
Sohibjon damini olib, yana yulga ravona buldi. Yul yurdi, yul yursa ham mul yurdi. Charchaganda yana bir joyga borib, damini olib utirdi. Shunda yana bir yulovchi kelib qoldi. U Sohibjonni kurib:
— Ha, uka! Senga yul bulsin? — dedi. Sohibjon:
— Yul bulgay! Safarga ketyapman,— dedi. Yulovchi aytdi:
— Men ham safarga chiqib edim. Bulmasa, ikkovimiz hamroh bulaylik!
Sohibjon aytdi:
— Aka! Men bir utirsam, etti kecha-yu etti kunduz utirib qolaman. Unda nima buladi? — dedi. Yulovchi Sohibjonga boshdan-oyoq tikilib quydi-da:
— E, uka! Sening safaring uzoq safar ekan! Yulimdan qolmayin,— deb junab qoldi.
Sohibjon damini olib, uzini rostlab, khaltasini elkasiga ilib, yana yulga tushdi. Yul yurdi, yul yursa ham mul yurdi. Borib bir joyda ikki ayilish kucha boshidan chiqib qoldi. Shu erda dam olay deb utirdi. Shunda narigi kuchadan bir yosh yigit kelib qolib:
— Assalomu alaykum! Ha, oshna! Yul bulsin? — dedi. Sohibjon:
— Vaalaykum assalom! Safarga! — dedi. YOsh yigit:
— Oshna, men ham safarga chiqqan edim. Hamroh bulaylik! — dedi.
Sohibjon aytdi:
— E, oshna! Men bir utirsam, qirq kecha-yu qirq kunduz utirib qolaman. Unda nima buladi? Siz yuldan qolasiz-da!
Yulovchi yigit aytdi:
— Ha, mayli, oshna! Men ham utirsam, sizdan kam utirmayman.
Sohibjon dilida uylab: “Bu yigitcha qaynasa qoni qushiladigan kurinadi. Mayli, shu bilan hamroh bulsam, bulayin”, deb:
— Bupti, oshna! Hamroh bulamiz, — debdi va ikkalalari dam olib gaplashib utirishdi. Bular bir-birining otini surashdi. Sohibjon:
— Mening otim Sohibjon. Sizning otingiz nima? — dedi. Bola:
— Mening otim Ahmadjon,— dedi. Sizning yoshingiz-chi? — dedi.
Sohibjon:
— YOshim un oltida, sizniki-chi? — dedi. Ahmadjon:
— Mening yoshim un beshda.
— Bulmasa ikkovimiz aka-uka bulaylik, — dedi. Sohibjon aka, Ahmadjon uka buldi. Sohibjon khaltasidan bitta nonni olib, urtasidan teppa-teng buldi. Bir bulagini Ahmadjonga berib, “Nima topsak, urtada baham kuramiz”, deb suzlashdi. Nonning yarmini u, yarmini bu edi. Shu bilan ikkovlari yulga ravona bulishdi.
Bular yurib-yurib bir mamlakatga etib borishdi. Shaharni aylanib yurishganda bozorda bir odam: “Ho, khaloyiq! Eshitmadim dema! Shahrimizning katta boyi Ovulqosim boy madrasa quradi. Er uygani, loy qilgani, gisht quygani, devol urgani, yogoch chopgani, tom yopgani odam kerak. Khohlaganing boraver!” deb jar chaqiryapti.
Sohibjon Ahmadjonga qarab:
— Uka! Biz ham usha joyga borsak, ishlasak. Ham kunimiz utadi, ham biror hunar urganib olamiz, —dedi. Bu gap Ahmadjonga maqul buldi. Ikkisi borib, boy solayotgan madrasaga ishga kirishdi.
Bular ishboshiga:
— Bizga uzimizga munosib ketmon va belkurak bering, birimiz loy qilamiz, birimiz gisht quyamiz, — deyishdi. Ishboshi bularga ketmon bilan belkurak berdi. Bular:
— Bu asboblar bizga kichkinalik qiladi. Bizga hishshaki ketmon, nimshaki belkurak qildirib bering, — dedi. Ishboshi temirchiga aytib, hishshaki ketmon, nimshaki belkurak qildirib berdi. Sohibjon bilan Ahmadjon er qazib, loy qilib, gisht quygani kirishdi. Ikkisi unta azamat yigitning ishini qildi, pulni suzdi. Oradan bir oy utdi, bozor kuni keldi. Ahmadjon:
— Aka, bugun ishboshidan pul olib, bir bozorni tomosha qilib chiqmaymizmi? — dedi. Ikkovlari ishboshidan pul olib, bozorga yurdi.
Bozorda harna bor, hul-quruq mevalarni sotib olib eb chiqib ketishdi.
Bularning ishtahasiga bozor odami hayron qoldi.
Aka-ukalar yana bir qancha ishlab, kup odamning ishini qilib tashlaydilar. Bularning dongi hamma yoqqa ketadi, Qorakhon podshohga borib etadi. Qorakhon podshoh hayron qolib:
— Bu qanday azamat yigitlar ekan, chaqirib bir gaplashay, — dedi. Qorakhon podshoh yigitlarga odam yubordi. Podshohning odamlari otlarini minib, ikki kun yul yurib, bu joyga etib kelishdi va yigitlarga:
— Sizlar azamat yigitlar ekansiz, bizning podshohimiz sizlarni kurib, bir gaplashishni istaydi. Borsalaring, podshoh bilan gaplashsalaring, khizmat qilib kunglini olsalaring, davlat egasi bulsalaring, — dedi. Aka-uka “Borsakmi, bormasakmi?” deb maslahatlashdi. Borishga qaror qilib yulga tushishdi. Borib Qorakhon podshohga duch kelishdi.
Podshoh:
— Sizlar azamat yigitlar ekansiz. Bir guzal qizim bor. Uch shart quyaman, agar bajarsangiz, ikkingizdan biringizga qizimni beraman, yana biringizni davlatga ega qilaman,— dedi. Yigitlar:
— Ayting shartingizni! — deyishdi.
Podshoh aytdi:
— Mening bogimda bitta ajdarho paydo bulib qoldi. Har eganda bitta buyi etgan qizni eydi. Endigi navbat mening qizimga etdi. Hozir qizim bogda, ajdarning eyishini kutib utiribdi. Birinchi shartim — usha ajdarni uldirasiz.
Usha bogda bir tup olmurut bor. Olmurut har yili meva qiladi, ammo pishay deganda bir dev kelib eb ketadi. Ikkinchi shartim — usha devni uldirish.
Uchinchi shartim shuki, mening shahrimga suv kelmaydi. Borib daryodan suv chiqarib berasizlar.
Yigitlar podshohning quygan shartlarini bajarishga rozi bulishdi. Bolalar podshohga: — Bizga ochilsa qirq gaz, yopilsa bir gaz buladigan qilich; uzunligi qirq qarich, eni ham qirq qarich keladigan ketmon bilan belkurak qildirib berasiz,— dedi. Podshoh bu narsalarni yasashni temirchi ustasiga buyurdi. Temirchi ustalar narsalarni darrov yasab berishdi. Yigitlar qilichni kutarib podshohning bogiga borishdi. Ajdarni qaysi birimiz uldiramiz deb, maslahatlashishdi. Sohibjon: “Men uldiraman!” dedi. Ahmadjon: “Yuq, aka! Khizmat kichkinadan buladi. Men uldiraman!” deb unamay, qilichni kutarib, bogga kirib ketib qoldi. Borib ajdarga rupara buldi. Ajdar Ahmadjonni kurib qahri kelib, bir damiga tortdi. Ahmadjon bir tebranib quydi. Ajdar yana damiga tortdi, Ahmadjon yana bir tebranib quydi. Okhiri ajdar gazab bilan damiga qattiq tortdi. Ahmadjon qilichini yozib, miltiqning uqiday borib, ajdarning ogzidan kirib, ikkiga yorib dumidan chiqdi. Ajdar uldi. Ajdarga tutqun bulib, ulimni kutib, kuzidan yoshlari tizilib utirgan podshohning qizi ozod buldi. Bu khabar birpasda shaharga tarqaldi. Hamma joyda khursandchilik, tuy ustiga tuy boshlanib ketdi. Hamma bu yigitlarni duo qildi.
Sohibjon bilan Ahmadjon ketmon va belkurakni olib daryoga borishdi. Borishsa, shaharga suv chiqaramiz, deb qancha yuz odam kuyib-pishib ishlayapti, suvning chiqishidan hech umidlari yuq. Bular odamlarga:
— E, khaloyiq! Ajdar uldi, shahar shodlikka tuldi. Boringlar, shodliklaringni qilinglar. Suvni biz uzimiz chiqaramiz, — deyishdi.
Odamlar bulardan khursand bulib, ketgani ketdi, ketmagani bularning ishini tomosha qilgani qolishdi.
Aka-ukalar necha darakhtni kesib, daryoga sepoya tashlab, shokh bosishdi. Shokhlarning ustidan ketmon-u belkurak bilan chimlarni qirqib tashlab, daryoni bugib suvni chiqarishdi. Suv oqib borib, Qorakhon podshohning shahriga kirdi. Podshoh bu ishni kurib:
— Barakalla, azamatlar! Endi uchinchi shartni ham bajarsalaring tuy-u tomoshani boshlaymiz,— dedi.
Sohibjon olmurutning tagidan chuqur qazib, unga tushib, olmurutning pishish, devning kelish vaqtini kutib yota beribdi. Olmurut pishdi. Bitta katta bahaybat dev kelib, olmurutni eyishga kirishdi. Shunda Sohibjon chuqurdan chiqdi. Qilichini yozib borib, devni chopib uldirdi.
Podshoh khursand bulib, yigitlarga ofarin aytib, peshonalaridan siladi:
— Endi qizimni qaysilaring olishlaringni aytinglar,— dedi. Sohibjon:
— Khizmatning kupini Ahmadjon qildi. U olsin! — dedi. Ahmadjon aytdi:
— Yuq, podshohim! YOsh khizmatda, katta izzatda. Sohibjon mendan katta, u olsin! — dedi.
Qizni Sohibjon oladigan buldi. Podshoh shaharda tuyni elon qilib, boshlab yubordi. Karnay-surnaylar chalindi, mol-quylar suyilib, khalqqa osh-non tortildi, uloq, kurash, uyin-kulgi qizib ketdi. Tuy qirq kecha-yu qirq kunduz davom etib tugadi.
Bir kuni kechasi Ahmadjon:
— Aka, men bugun eshikka chiqib yotaman, yangam menga eshikka joy qilib bersin, — dedi. Sohibjon: “Uyda yota bergin!”— dedi. Ahmadjon unamadi. Eshikka joy soldirib yotdi. Kechasi el ukhlagan vaqti edi. Uchta tutiqush uchib kelib, hovlidagi chinorga qundi. Tutilardan biri aytdi:

Tutiyo, tutiyo!
Labbay, tutiyo!
Men nima bulsam-u,
Bir yakhshi ot bulsam.
Bir gishtning ustida uynasam,
Bozorga chiqsam,
Kimga yarashur!
Podshohning kuyovi Sohibjonga yarashur.
Olsa-yu ulsa.
Kim eshitib aytsa,
Tizzasidan tosh bulsin!!!

Ikkinchi tuti aytdi:

Tutiyo, tutiyo!
Labbay, tutiyo!
Men nima bulsam?
Bir yakhshi qush bulsam.
Bozorga chiqsam,
Kimga yarashur?
Podshohning kuyovi Sohibjonga yarashur.
Olsa-yu ulsa,
Kim eshitib aytsa.
Belbogidan tosh bulsin!!!

Uchinchi tuti aytdi:

Tutiyo, tutiyo!
Labbay, tutiyo!
Men nima bulsam?
Bir ajdarho bulsam-u
Shamol, buron, tupolon bilan
kelsam.
Tuynukdan tushsam-u
Sohibjon bilan khotinini eb chiqib
ketsam!!! —

dedi-yu pastga qaradi. Pastdagi Ahmadjonga kuzi tushdi-da, qah-qah urib kulib yubordi. Tutilar uchib ketishdi. Ahmadjon bularning gapini eshitib oldi.
Erta bilan Ahmadjon va Sohibjon nonushta qilib bozorga chiqishdi. Bozorda biroq ajoyib bir ot ushlab turibdi:

Kimga yarashur
Podshohning kuyovi Sohibjonga yarashur.

Sohibjon otni kurib, ishqiboz bulib qoldi. Sotib olishga kharidor buldi. Ahmadjon aytdi:
— E, aka! Men oldin bu otni tekshirib kurayin. Menga yoqsa, sung olasiz,— dedi. Sohibjon “Mayli, uka!” dedi.
Ahmadjon otning beliga uzugini tegizgan edi, otning beli shart uzilib ketdi. Sohibjon ichidan chitinib quydi. Bular bozorda yurgan edi. Birov bir qush kutarib yuribdi.

Kimga yarashur,
Podshohning kuyovi Sohibjonga yarashur.

Sohibjon qushni kurib, sotib olish uchun kharidor buldi.
Ahmadjon aytdi:
— E aka! Bu qush menga yoqsa olasizmi? — dedi. “Ha olaman!” dedi Sohibjon.
Ahmadjon qushni quliga olib, uzugini buyniga tegizgan edi, qushning buyni uzilib tushdi. Buni kurib, Sohibjon bir chitinib quydi. Bular bozorni kurib uylariga qaytib kelishdi.
Kechasi Ahmadjon aytdi:
— Aka! Men bugun uchoqning oldida yotaman,— dedi. Sohibjon:
— Uchoqning oldida nima qilasan, uz urningda yota bersang-chi! — dedi. Ahmadjon:
— Mayli, men bu kecha shu erda yotayin, — deb uchoqning oldiga joy soldirib yotdi. Qilichini yozib, tuynukka tikka qilib quydi. Kechasi el ukhlagan choq edi. Birdan shamol, buron, tupolon bilan bir ajdar kelib, tuynukka uzini urdi-yu qilichga tegib ikki bulinib ulib qoldi.
Shunda ajdarning bir tomchi qoni borib, podshohning qizining betiga tomdi. Ahmadjon yugurib borib doka rumolini oldi, etti qavat qilib buklab, kelin oyisining yuziga quyib, haligi qonni artayotgan edi, Sohibjon uygonib, urnidan turib, galva qilib ketdi:
— Podshohning qizini olgin desam olmading! Bu nima qilgan ishing? Kechadan beri joyingni boshqa erga soldirishing bejiz emas ekan. Sen mening uylanganimdan norozi ekansan! — dedi.
Ahmadjon aytdi:
— E, aka! Gap unday emas. Men juda roziman. Boshqa gap bor. Erta bilan aytaman,— dedi.
Bular tinchib yotib ukhlashdi. Ertasi tong otdi. Kelin dasturkhonni yozib, choy-nonni keltirdi. Nonushta qilayotib, Sohibjon yana gap ochib qoldi:
— Khotinni sen ol desam, olmading. Mana endi rashk qilyapsan! — dedi. Ahmadjon aytdi:
— Aka! Rashk qilganim yuq. Endi gapirmasam bulmaydi. Kechasi men hovliga chiqib yotganimda chinorga uchta tuti kelib qunib, bir-biri bilan gaplashdi. Biri aytdi:

Tutiyo, tutiyo!
Labbay, tutiyo!
Men kim bulsam?
Yakhshi bir ot bulsam,
Bitta toshning ustida uynasam.
Bozorga chiqsam,
Kimga yarashur?
Podshohning kuyovi Sohibjonga yarashur.
Olsa-yu ulsa!
Kim aytsa,
Tizzasidan tosh bulsin! —

dedi, — degan edi Ahmadjonning tizzasidan pasti tosh bulib qoldi. Buni kurib, Sohibjon bilan khotini hayron bulib qolishdi. Ahmadjon: “Ikkinchi tuti…” deb gap boshlagan edi, Sohibjon: “Gapirma! gapirma!” deb tukhtatdi. Ahmadjon aytdi:
— Bular ish buldi. Endi u yogini ham ayta qolay! — deb ikkinchi tutining gapini aytib edi, belidan buyogi tosh bulib qoldi. Uchinchi tutining gapini aytgan edi, hamma yogi dumaloq tosh bulib qoldi. Er-khotin yiglashib, endi nima qilamiz, deb toshni kutarib, kuchaga chiqishgan edi, hassa tayangan bir muysafid odam kelib qoldi.
— Ha, bolalarim! Nimaga yiglaysizlar? — dedi. Sohibjon cholga bulgan voqeani aytdi. Chol Khizr edi. “Toshni erga quy”, dedi. Sohibjon erga quydi. Khizr hassasi bilan bir turtgan edi, tosh yana Ahmadjon bulib qoldi. Ahmadjon bir chuchkurdi-da, ”Qattiq ukhlab qolibman”, deb urnidan turdi. Bular juda khursand bulishdi. Shunda Ahmadjon aytdi:
— Aka! Sizniyam ota-onangiz bordir, mening ham ota-onam bor. Ular bizga intizor bulib, yulimizda kuzlari turt bulib utirishgandir. Endi ota-onamizning oldiga borsak,— dedi. Bu gap Sohibjonga ham maqul buldi. Bular podshohning oldiga borib unga arz qilishdi.
— E, podshoh! Biz sizning kup tuzingizni ichdik, oz khizmatingizni, qildik. Bizning ham ota-onamiz bor. Ularning ham khizmatini qilish bizga ham farz, ham qarz. Ular bizga intizor bulib utirishgandir. Bergan tuzingiz-ga rozi bulib, javob bersangiz! Ota-onamizning khizmatiga borsak! — deyishdi.
Podshoh uylab qarasa, bularning gapi tugri. Podshoh bularga ijozat berdi. Shunda Sohibjon:
— Qizingiz men bilan birga ketadimi, qoladimi? — dedi. Podshoh:
— Er qaerda bulsa, khotin ham usha erda buladi,— dedi.
Podshoh bularga qirq khachirga mol-u dunyo va yul ozigini ortib berib:
— Sizlarga oq yul! Uz yurtlaringga sog-salomat boringlar. Bizni ham unutmanglar!— dedi. Shahar odamlari bularni karnay-surnay bilan junatib, khayrlashib qoldi.
Bular yul yurdi, yul yursa ham mul yurdi. Bir kuni bir daryoning buyiga etib borishdi. Shunda Ahmadjon aytdi:
— Aka! Endi men sizlar bilan khayrlashib, boshqa yoqqa ketaman. Siz boshda nima ahd qilgan edingiz? — dedi. Sohibjon:
— Nima topsak, urtada teppa-teng kuramiz, degan edim,— dedi. Sohibjon:
— Bulmasa, mayli, narsalarni bulaylik. Mol-dunyoning kupini sen ol, khotin menga qolsin, — dedi. Ahmadjon:
— Yuq, aka, mol-dunyoni ham, khotinni ham teppa-teng bulamiz. Yarmi sizniki, yarmi meniki,— dedi. Sohibjon:
— Khotinni qanday qilib bulamiz? —dedi. Ahmadjon:
— Khotinni chinorga boglaymiz, arra bilan arralab, teng bulamiz, khohlaysiz yuqorisini olasiz, khohlaysiz pastini olasiz, — deb khotinni chinorga bogladi. Arrani quliga olib, arralay boshladi. Endi arra tekkanda khotin “dod!” deb qichqirib yubordi. Shunda khotinning ogzidan mushtday lakhta qon otilib chiqib ketdi. Ahmadjon arrani tashlab yugurib borib, qonni oyogi bilan tepkilab, ezib tashladi. Qaytib kelib, Sohibjonga aytdi:
— Aka! Men kechasi khotiningizning betiga dokani quyib artayotganimda shu qonni olib tashlamoqchi bulgan edim. Siz yul bermagan edingiz. Mana endi khotiningiz zarardan musaffo buldi. Khotiningiz va bu mol-dunyolar sizga bulsin. Siz bu narsalarni ota-onangizga olib borib, ularni rozi qiling. Mendan rozi buling. Men bir vaqtlar siz turdan chiqarib, ozod qilib yuborgan baliq bulaman, — deb akasini quchoqlab bir updi-da, “Khayr endi!” deb chulp etib uzini suvga tashlab, goyib bulib ketdi.
Sohibjon baliq tushgan suvning betidan jimillagan halqa-halqa tulqinlar yoyilib, bilinmay ketguncha kuzini uzolmay turib qoldi. Keyin suvdan kuzini oldi. Baliqning qilgan yakhshiliklaridan khursand bulib, undan ajralganiga afsuslanib, khotini bilan qishloqqa kirib bordi. Borsa ota-onasi Sohibjon uchun qon yiglab, bagrini zakhga berib yotishgan ekan. Sohibjon kirib borgach, ikkalasining kuzlari yalt etib ochilib, ugillarini quchoqlab, upib qaytadan dunyoga kelganday bulishdi. Sohibjon bulib utgan hamma voqeani gapirib berdi, mana bu keliningiz, mana bu mol-dunyo esa sizlarga olib kelgan sovgalarim, — dedi.
Chol bilan kampir yugurib borishib, kelinlarini quchoqlab upishdi. Qaerga utkazishni bilmay shoshilishdi. Ota-ona ugil va kelin bilan topishib, rohatda kun utkazib, hammalari murod-maqsadiga etishdi.

Ernazar bilan Kimyonazar

Bir zamonda bir podshoh utgan ekan. U podshohning uchta ugli va uchta qizi bulgan ekan. Tungich uglining oti Pirnazar, urtancha uglining oti Khujanazar, kenja uglining oti Ernazar ekan. Pirnazar bilan Khujanazar katta khotinidan, Ernazar bilan uchta qizi kichkina khotinidan tugilgan ekan. Podshoh uchala ugli ichida kenjasini yakhshi kurar ekan.
Podshoh shohlik davlatida aysh-ishrat, kayf-safo ichida davr-u davron surib uta beribdi. Bolalarini uqitmabdi. Ugillari ham ota davlatida katta bulibdi. Katta va urtancha ugli taltaygan, aysh-ishratga, qimorga berilgan ekan. Ernazar esa ancha bosiq, uyli-fikrli ekan. Podshoh uzining dunyodan utish vaqti yaqinlashganini bilib, bolalarini huzuriga chaqirib, ularga pand-nasihatlar qilibdi. Podshoh katta ugli Pirnazarga:
— Falon joydagi katta bog, falon joydagi ichki-tashqili hovli-joy, mana bu ikki khum tilla senga. Mabodo men ulib ketsam, shu narsalar mendan senga meros, — debdi. Urtancha ugli Khujanazarga aytibdi:
— Falon bog va falon hovli-joy, mana bu ikki khum tilla mendan senga meros bulib qolsin, — debdi.
Podshoh Ernazarni chaqirib:
— Uglim, senga nima kerak? — debdi. Ernazar:
— E, otajon! Menga hech narsaning keragi yuq. Menga Sizning sog-salomatligingiz kerak! — debdi. Shunda podshoh aytibdi:
— Falon hovli-joy, bog, ikki khum tilla va mana bu chalabuzar pichoq senga meros bulib qolsin. Pichoqni akalaringga kursatma! Bu pichoq tilsim pichoq buladi. Buning senga kup foydasi tegadi, — debdi. — Mana, sen qarab tur, deb podshoh quliga chalabuzarni olib, bosh-maldoqi bilan bir chekkasini bosib turib:
— Kimyonazar! — debdi. Shunda chalabuzar chiq etib ochilib, podshohning oldida abjir bir yigit paydo bulib:
— Labbay, Nazar! — deb turibdi. Podshoh:
— Menga bir kosada qatiq keltir! — debdi. Usha zamon bir kosa qatiq paydo bulibdi.
Podshoh Ernazarga:
— Kurdingmi? Sen nimani istasang, bu chalabuzarni qulga olib Kimyonazarni chaqirib buyursang, aytganing hozir buladi. Bu pichoqning sirini hech kimga aytmagin, — debdi. Podshoh Ernazarga yana:
— Men ulgan kunim bir chol keladi. Unga katta singlingni olib chiqib bergin. Ikkinchi kuni bir chol keladi. Unga urtancha singlingni olib chiqib bergin. Uchinchi kuni tagin bitta chol keladi. Unga kenja singlingni olib chiqib bergin! — debdi.
Oradan bir qancha kun utgach, podshoh ulibdi. Uning motamini qilib, mozorga olib borib kumishibdi. Podshoh ulgan kuni kechqurun Ernazarning hovlisiga bitta chol kishi chaqirib kelib: “Bizning qizimizni olib chiqing!”— debdi. Ernazar katta singlisini olib chiqib beribdi. Chol qizni olib ketibdi. Ikkinchi kuni yana bir chol kishi kelib: “Qani, bizning qizimizni olib chiqib bering!” — debdi. Ernazar urtancha singlisini olib chiqib beribdi. Chol olib ketibdi. Uchinchi kuni yana bitta chol kelgan ekan, unga kenja singlisini olib chiqib beribdi.
Podshoh ulgandan keyin Pirnazar bilan Khujanazar buzuqchilik yullarida yura beribdi. Otasidan qolgan tillalarni, bog-u rog, hovli-joylarni yutqizib, ship-shiydon bulib qolibdi. Ernazar bulsa, yomon yullarga yurmay, otasidan qolgan bogni uz quli bilan parvarish qilib, ekin ekib, onasini boqib yura beribdi. Akalari och qolib, Ernazardan yordam surab kelsa, otasidan qolgan tillalardan beribdi. Akalari bu tillalarni ham qimorga boy beribdi. Okhiri kelib, Ernazarning quliga qaram bulib qolishibdi. Bir kuni Pirnazar Khujanazarga:
— Ernazar shunday boy bulib yura beradi-yu, biz bunday faqir bulib, bitta nonga zor bulib yura beramizmi? Buni uldiraylik, buning narsalarini uzimiz olaylik, — debdi.
Ikkalasi maslahatni bir qilishib, kechasi hamma ukhlagan choqda, qullariga oybolta olib, ukasi yotgan uyga sekin kirayotganda, oyoqlarini mis kuzaga urib, mis kuza aganab chilopchinga tegib, sharaqlab ketib, Ernazar uygonib ketibdi. Ernazar urnidan turib qarasa, ikki akasi qullariga oybolta olib: “Seni uldiramiz!” deb turishibdi. Shunda Ernazar akalariga aytibdi:
— E, akalar! Men sizlarga nima yomonlik qildim? Nima surasalaring beryapman-ku! — desa, akalari:
— Baribir seni uldiramiz, — deyishibdi. Shunda Ernazar:
— Meni uldirmanglar! Mayli, otamdan qolgan hamma tillalarni, bogni, hovli-joylarni sizlarga berayin. Uzim boshimni olib bir taraflarga ketayin! — debdi. Shunda akalari:
— Unday bulsa, mayli. Sen tezda bu erdan ketgin, — debdilar. Tong otibdi. Ernazar hamma narsalarini akalariga topshirib, boshi oqqan tomonga ketibdi.
Ernazar shu chiqqanicha keta beribdi. Bir joyga borsa, bir kal quy boqib yurgan ekan. U bilan ust-boshini almashtiribdi. Kal nuskhasiga kirib olib keta beribdi. Yura-yura bir shaharga etibdi. Bu shaharda aylanib yurib, bir kabobpazga shogird tushibdi. Kabobpaz gushtlarni maydalab, zira-piyoz qilib, sikhlarga sanchib bera beribdi. Ernazar sikhlarni otashkuraga terib, chap qulidagi elpigich bilan elpib, pishira beribdi, kabobkhurlar eya beribdi. Shunday qilib, kabobpazning ishi yurishib, puldor bulib ketibdi. Ammo kabobpaz khasis odam ekan, Ernazarni bir yil ishlatsa ham, quliga loaqal ikki tanga pul bermabdi.
Shu bozorga bir chol har kuni qatiq olib kelib, sotib ketib turar ekan. Ernazar cholni chaqirib, oldiga non, ikki-uch sikh kabobni quyib, “Ota, charchab kelgansiz. Bularni eb, meni duo qiling!” der ekan. Chol ham non-u kabobni eb: “Iloho! Tuproq olsang oltin bulsin!” deb duo qilar ekan.
Bir kun Ernazar cholga:
— Ota! Uglingiz bormi, yuqmi? —debdi. Chol:
— E, bolam! Menda ugil nima qilsin! Agar uglim bulsa, qarigan chogimda shunday qilib yurarmidim! — debdi. Ernazar aytibdi:
— bulmasa, meni ugil qilib olmaysizmi?
Chol khursand bulib, Ernazarni ugil qilib, uyiga olib ketibdi. Ernazar cholning khizmatini ugildan ham ziyoda qilib, har kuni ota-bola bozorga kelib, qatiq sotib yura beribdi.
Bir kuni chol bilan Ernazar juda erta turib bozorda qatiq sotib tursalar ikki yoqdan oftob chiqib turgan emish. Ernazar hayron bulib, choldan:
— Ota, har kuni bir yoqdan oftob chiqar edi. Bugun ikki yoqdan kun chiqibdi. Bu qanaqa kun? —debdi. Shunda chol:
— Bu kunchiqar tomondan chiqqan oftob uzimizning oftobimiz. Bu tomondagi kun bizning podshohimiz qizining husni, — debdi. Chol bilan Ernazar qatiqni sotib, yana uylariga qaytishibdi.
Usha kuni kechasi chol bilan kampir qattiq uyquga kirishganda Ernazar urnidan turib, molkhonaga kiribdi. Chuntagidan chalabuzarni olib:
— Kimyonazar! —debdi. Tilsim chalabuzar ochilib:
— Labbay, Nazar! — deb, abjir yigit paydo bulibdi. Ernazar aytibdi:
— Shu molkhonaning ichi ipak gilam, atlas kurpa, qandil chiroqlar bilan bezalgan chiroyli uyga aylansin; ichida har khil ovqatlar, sharoblar muhayyo bulsin! Sungra shu shahar podshohining guzal qizi shu uyda hozir bulsin! — debdi. Oradan kup vaqt utmay, Ernazarning aytganlari muhayyo bulib, podshohning qizi hozir bulibdi. Ernazar qizning oldiga kal holida kiribdi. Keyin kal ust-boshlarini, boshidagi pustagini echib tashlab, shahzodacha kiyimlarini kiyib, chiroyli yigit bulibdi. Qiz bilan ikkalalari bazm qilib utirishibdi.
Shu paytda cholning khotini uygonib qolibdi. Kampir tashqariga chiqsa, ogilning ichi yorug. Borib qarasa, molkhonaning ichi chiroyli uy bulib qolibdi. Ichida kal bola shahzoda kiyimlarini kiyib, podshohning qizi bilan bazm qilib utiribdi. Kampir bularni kurib: “YO, Olloh! Bu qanday gap buldi!” deb yoqasini ushlab, hayron bulib qolibdi. Keyin borib cholini uygotib:
— Tez turing! Molkhonadagi ahvolni borib kuring! — debdi. Chol ham bu gapga hayron bulib, tez urnidan turib, chiqib ogilkhonaga borib qarasa, ogilkhona qop-qorongi, hech gap yuq. Ogil uz joyida turgan emish. Chol kampiriga:
— E, kampir! Tush kurib, alahlab chiqibsan, kuzingga shunday narsalar kurinibdi! — debdi.
Ertasi kuni kechasi Ernazar yana ogilga kiribdi. Chalabuzarni olib, Kimyonazarni chaqirib, yana kechagiday bulsin, deb buyuribdi. Ushanday bulibdi. Ernazar podshohning guzal qizi bilan bazm qilib utirsa, yana kampir uygonib chiqib qolibdi. Kampir bularning ishini kurib, yana borib cholini uygotibdi. Chol uygonib turib chiqib qarasa, yana hech gap yuq. Shunda chol kampirini:
— Sen tentak bulib qoldingmi? Nimaga bunday dovdiraysan! Kal urnida ukhlab yotibdi-ku, — deb urishibdi.
Oradan bir necha kun utibdi. Yigit bilan qiz shu kebatada kechasi bilan tong otguncha bazm qilib chiqar ekan. Tong otay deganda qiz uz urnida bular ekan.
Kunlardan bir kuni Ernazar otasiga:
— Ota! Shu podshohning qizini menga khotinlikka olib bering, — debdi. Chol:
— E, bolam! Podshohning qiziga qancha boyvachcha, bekvachcha shahzodalar ham etisha olgani yuq. Sen bir kalvachcha bulsang, men bir kambagal odam bulsam! Podshohning qiziga etishish uchun sen bilan menga yul bulsin! — debdi. Shunda yigit:
— E, ota! Podshoh qizini bizdan ortiq kimga beradi? Sovchilikka bora bering! Beradi, — debdi. Chol bulsa:
— Hoy, bolam! Aqlingni edingmi? Uzingdan uzing nimalar deyapsan? — debdi. Ernazar: “Borasiz! Beradi” deb qistay beribdi. Chol sovchilikka borishga majbur bulibdi.
Chol borib, podshohning urda eshigining oldini supurib yuribdi. Darvozabonlar erta bilan cholni kuribdi-yu, podshohga yugurib kirib:
— Taqsiri olam! Sizga sovchi kelibdi! —deyishibdi. Podshoh surabdi:
— Kim ekan?
— Bilmadik. Bir muysafid chol eshik oldini supurib yuribdi,— deyishibdi. Podshoh:
— Unday bulsa, huzurimga boshlab kiringlar? — debdi. Darvozabonlar chiqib, cholni ergashtirib, podshohning oldiga olib kirishibdi. Podshoh surabdi:
— Khush kelibsiz, ota! Nima ish bilan keldingiz? — debdi. Chol podshohga egilib-bukilib:
— E, shahanshohim! Meni kechiring! Men bir kambagal odamman. Bir uglim bor. Qizingizni yakhshi kuradi. Uglimga qizingizni bersangiz deb keldim, — debdi. Podshoh choldan bu gapni eshitib achchigi kelib:
— Jallod! — debdi. Jallod etib kelibdi. Podshoh:
— Bu cholning kallasini ol! — debdi. Jallod cholning kallasini olib, yoniga quyibdi.
Shu kuni Ernazar otasini kutibdi. Otasi kelmabdi. Ernazar tilsim chalabuzarni quliga olib:
— Kimyonazar! — debdi.
— Labbay, Nazar! — debdi.
— Qani chol? — debdi.
— Cholni podshoh uldirib quydi, — debdi.
— Cholni hozir borib, tiriltirib olib kelasan! — debdi. Oradan sal utgandan keyin chol Ernazarning oldida paydo bulib qolibdi.
Ernazar choldan surabdi:
— Nimaga kech qoldingiz? Podshoh bilan gaplashdingizmi? Nima dedi? — debdi. Chol:
— E, bolam? Podshoh bizga qizini bermaydi. Qizingizni bering desam, jallodini chaqirib, kallamni oldirdi. Yana khudo jon ato qildi, etib keldim, — debdi.
Ernazar sahar turib cholni uygotibdi.
— Turing, ota! Yana sovchilikka boring! — debdi. Chol unamabdi.
Yigit qistabdi. Chol urnidan turib borib, yana podshohning eshigi tagini supura beribdi. Erta bilan uni yana podshohning oldiga olib kirishibdi. Chol podshohga: ”Sovchilikka keldim!..” debdi. Podshoh:
— ”Sen tirilib keldingmi? Joning qattiq ekan. Ulmagan ekansan!” deb jallodini chaqirib:
— Buni turt bulak qil! — debdi. Jallod cholni uldirib, turt bulak qilibdi.
Ernazar qarasa, chol yana yuq. Yana Kimyonazarni chaqirib, unga buyurib, cholni tiriltirib, olib kelibdi.
Chol shu tariqa podshohning urdasiga etti kungacha sovchilikka bora berdi: podshoh cholni uldiraverdi, u yana tirilib kelaverdi. Qirq birinchi kuni borganida, podshohning dono vaziri aytdi:
— E, podshohim! Siz cholni uldira berasiz. Bu tirilib kela beradi. Bunda bir hikmat bor. Shoshmang! Cholni uldirmang! Unga ogir bir shart quyamiz. Shu shartimizni bajarsa, qizimizni beramiz. Bajarmasa, bermaymiz, deb qatiy qilib aytamiz,— dedi. Bu gap podshohga maqul buldi. Cholga aytishdi:
— Senga uch kun muhlat. Shu muhlatning ichida necha yuz ot, otga ortib tilla, kumush; necha ming quy, necha yuz tuya olib kelsang, qizimizni beramiz. Chol uyiga qaytib borib, Ernazarni ura ketibdi:
— Sen “Kal” meni shuncha qiynading! — debdi. — Podshoh shuncha narsalarni topib kelasan deb aytdi. Men uch kunda bu narsalarni qaydan topaman? — debdi. Shunda Ernazar.
— E, ota! Khursand bulavering! Podshohning qizi endi uzimizniki bulibdi. Bu narsalarni men topib beraman, — debdi.
Oradan ikki kun utdi. Uchinchi kuni ham hech narsaning daragi yuq. Cholni vahima bosib, kechasi bilan ukhlamay chiqdi. Erta bilan turib, Ernazarga aytdi:
— Qani topganing! Uch kun utdi. Hech narsa yuq. Menda turtta quy, bir sigirdan boshqa nima bor? Nima qilamiz endi?— deb yigitni suka ketdi. Yigit:
— Siz kuchaga chiqib qarang. Men tayyor qilgan narsalarni kurasiz! — dedi. Ernazar erta bilan turib, Kimyonazarni chaqirib: “Podshoh aytgan qalinni ikki baravar miqdorda tayyor qilib, podshohning urdasiga junatilsin!” degan edi. Chol kuchaga chiqib qarasa, ot, mol, quy, tuya hech qaerga sigmaydi. Chol bu narsalarni kurib, suyunib, podshohning urdasiga chopib etib bordi. Borsa, podshoh bu narsalarning hisob-kitobiga etmay, quygani joy topolmay: “Buldi! Etadi endi! Bas endi!” deb baqirib-chaqirib turgan ekan.
Shu bilan orada quda-andalik iri boglanib ketdi.
Bir kuni Ernazar bozorda yursa, bir odam kuyib-pishib bir somsapazning uchogiga ut yoqyapti, kulga tushgan kuyuk somsalarni terib eyapti. Yaqin borib qarasa, urtancha akasi. Uzini tanitmay utib ketdi. Bir joyga borsa, bir odam kir ust-bosh kiygan, soch-soqoli usib ketgan, eshakka akhlat ortib, hammomning gulohiga olib kirib ketyapti. Shunday qarasa, bu katta akasi ekan.
Ernazar uyiga borib, chalabuzarni quliga olib dedi:
— Kimyonazar!
— Labbay, Nazar!
— Ikkala akamni olib kel!
Ikkala akasi etib keldi. Ularni yuvintirib, soch-soqolini oldirib, yakhshi kiyimlarni kiydirib, olgir qushday qilib quydi. Yakhshi ot olib mindirdi.
Podshohning uchta qizi bor edi. Ernazar yakhshi kurgan guzal qizi kichkinasi edi. Bir kuni podshoh uchala qizini bolokhonaga chiqarib quyib:
— Shaharning yigitlarini shu joydan utsin, kichkina qizimga oshiq bulgan cholning ugli ham shu yigitlar bilan birga utsin. Qizim usha yigitni yakhshi kuradimi, boshqani yakhshi kuradimi, uzi tanlasin, — debdi.
Yigitlar uta berdi. Ularning orasida Pirnazar bilan Khujanazar ham ot minib utib qoldi. Shunda podshohning katta qizi Pirnazarga olma otdi. Pirnazar ot bilan bolokhonaga chiqib, qizning peshonasidan upib, olib tushdi. Urtancha qizi Khujanazarga olma otdi. Khujanazar ham chiqib, qizning peshonasidan upib, olib tushdi. Podshohning kenja qizi hech kimni yoqtirmadi. Shunda podshoh odamlaridan surab.
— Utmagan yana kim qoldi? — dedi. Odamlari surishtirsa, Ernazar utmagan ekan.
— Falon mahallada, bir cholning ogilida yotgan bitta “Kal” ugli utmay qolibdi? — deyishdi. Podshoh:
— Aytinglar! U ham utsin! — dedi.
Shunda bir yagir eshakni minib, cholning “Kal” ugli Ernazar ham utib qoldi. Podshohning kichkina qizi Ernazarni tanidi va urnidan turib, unga olma otdi. “Kal” eshak bilan chiqib, qizning ikki yuzidan upib, olib tushdi. Shunda qizning opasi:
— He, ul! Sen kelib-kelib, shu qirmoch kalni tanladingmi? — deb maskhara qildi. Podshohning kichkina qizi aytdi:
— Har kimniki uziga, oy kurinar kuziga. Mayli! Men kal bulsa ham shu yigitga tegaman,— dedi.
Podshoh qirq kecha-yu qirq kunduz tuy-tomosha qilib, qizlarini bu aka-ukalarga berdi. Katta, urtancha qizi va kuyovlarini yakhshi-yakhshi uylarga joyladi. Kichkina qizi bilan “Kal”ni bulsa, bitta otkhonaga joyladi. Ernazar kechasi bulganda Kimyonazarni chaqirib otkhonani juda ham yakhshi uyga aylantirib, uzi shahzodaga aylanib, tong otguncha bazmini qila berdi. Tong otganda uyni yana otkhonaga aylantirib quydi.
Ernazarning ikkala akasi kamon-uqlarini olib, otlariga minib: “Biz ov ovlab kelamiz!” deb kulga borib, hech narsa ota olmay, lab-lunjlari tushib, qaytib kelishdi. Ertasi podshohning kenja kuyovi uzining yagir eshagini minib ovga chiqib ketib, kechqurun goz va urdaklarni eshakka yuklab olib keldi. Bir juft goz bilan bir juft urdakni yakhshilab pishirib, podshohga: “Mana bu kichik kuyovingizdan!” deb kirgizib yubordi.
Podshoh erta bilan ikkala katta kuyovini chaqirib kelib:
— Qani, sizlar ham ovga borib, ilvasin otib kelinglar-chi! Bir ilvasinkhurlik qilaylik-chi! — dedi.
Ikkala kuyovi yana ovga borib, kechgacha yurib, hech narsa otolmay, ikki qullarini burunlariga tiqib qaytib kelishdi. Kenja kuyov bulsa yagir eshagining ikki yogiga bittadan ikkita savatni osib chiqib, ilvasinni kup otib, savatlarni tuldirib keldi. Yakhshilab pishirib, podshohga kirgizib yuboraverdi. Ikki akasi juda bugilishdi. Ular ukasiga:
— Hoy, kal! Bizga otib kelgan goz va urdaklaringdan sotsang-chi! — dedi. Ernazar:
— Yuq, sotmayman! — dedi. Akalari: ”Sotgin!” deb yalinaverdi.
Shunda Ernazar aytdi:
— Bulmasa, ikkalang yalangoch bulasan! Orqalaringga tamga bosaman. Keyin ikkala savatdagi ilvasinni olib ketaverasan! — dedi.
Akalari: “Biz shu kalning nimasidan uyalamiz. Bossa, bosaversin!” dedi. “Kal” ularning orqasiga tamgani qizdirib bosdi. Tamganing izi tushib qoldi. Keyin ikkalasiga bir savatdan goz, urdak berdi.
“Kal” yana savatlarini ilvasinga tuldirib, akalaridan burun uyiga etib kelib, quliga chalabuzarni olib:
— Kimyonazar! — dedi.
— Labbay, Nazar! — dedi.
— Bir tuqqiz urdakni, patini yulib, shirin qilib pishir! — dedi.
Bir tuqqiz urdak darrov pishdi. “Kal” urdak gushtlarini bir jonon tovoqqa bosib, podshohning oldiga olib kirdi. Podshoh bu urdak gushtlarini vazirlari bilan birga baham kurdi. Hammalari: “Juda mazali ekan!” deb maqtashdi.
Podshohning ikki kuyovi ham urdaklarni olib keldi. Ulib-tolib, patlarini yulib, chala-chulpa pishirib, podshohga olib kirdilar. Podshoh bularning urdaklarini emay:
— Ikkalang kalchalik ham bulmading! — deb gazab qildi.
Bir kun dehqonlar podshohni khonadoni va butun amaldorlari bilan qovun sayliga aytishdi. Podshoh khonadoni va amaldorlari bilan birga qovun sayliga bordi. Uchala qizi va ikkala katta kuyovi ham borishdi. Ammo kenja kuyovi bormadi. Dehqonlar mehmonlarni yakhshi kutib oldilar. Podshohni va bola-chaqalarini baland joylarga utqazishdi. Dasturkhonlarni yozib, ob-taom tortilayotgan paytda tilla egar, tilla yuganli otni minib, zar-zarbopga uranib, bir shahzodasifat yigit etib keldi. Uning otining ikki tomonida bittadan ikkita chiroyli it irgib, uynab kelyapti. Bu Ernazar edi. Uning peshvoziga odamlar chiqib, darrov otdan qultiqlab olib, yuqoriga taklif etishdi. Shahzoda yuqoriga chiqib borib, uz khotinining yoniga utirdi va khotinining peshonasidan bir updi. Shunda khotinning ikki opasi:
— Bu kim? Nimaga seni upadi? — deyishdi.
— Bu erim! — dedi. Opalari:
— YOlgon aytasan! — deb ishonishmadi.
Ziyofatlar ketma-ket utib turar edi. Ashula, uyin avjiga chiqdi. Ernazarning ikki akasi podshohning yonida ukasini sira pisand qilmay, tursayib utirishar edi.
Shunda podshoh ikkala katta kuyovlaridan qanday qilib ilvasinlarni ovlaganlari haqida surab qoldi. Ular qanday ov qilganlari haqida yolgon ishlatib gapirib beradilar.
Shunda Ernazar podshohga:
— Taqsir! Kuyovlaringiz yolgon aytadi. Bular chumchuqning ham burnini qonatolmaydi. Bularga yordam berib, orqasiga tamgamni bosganman, Ishonmasangiz, tekshirib kuring! — deb podshohga tamgani berdi. Podshoh bularning orqalarini ochirib kursa, shahzodaning aytgani tugri. Kuyovlari juda uyalib, sharmanda bulishdi.
Qovun sayli tugab, hammalari qaytib kelishdi. “Kal” podshohga:
— Menga uch kunga rukhsat bersangiz. Bir ishim bor edi. Qilib kelayin! —dedi. Podshoh rukhsat berdi. Ernazar bundan junab, daryoning labiga bordi. Chalabuzarni chaqirib:
— Kimyonazar! —dedi.
— Labbay, Nazar! — dedi. Ernazar:
— Shu suvning ustiga bir qasr yasagin! Tepasi osmonga, tagi suvga tegmasin! — dedi. Bir zumda suvning ustida shunday qasr bino buldi. Kurgan odamning ogzi ochilib qoladigan, juda chiroyli qasr buldi.
Ernazar qaynotasining oldiga qaytib borib:
— Mana, men keldim! Endi bizga rukhsat bering! Biz ketaylik,— dedi. Podshoh aytdi:
— Qaerga borasan? Ernazar aytdi:
— Bizning ham joyimiz bor. Qizingiz bilan borib, usha joyimizda turamiz.
Podshoh:
— Sening qaerda joying bor?
Ernazar aytdi:
— Sizni uyimizga ziyofatga chaqiramiz. Shunda borib kurasiz.
Podshoh rukhsat berdi. Ernazar khotinini olib, qasrga junadi.
Qasrga shoti bilan chiqib, shotini yuqoriga tortib olib quydi. Malika bilan shu joyda yashay berdi. Ernazar uzlariga nima kerak bulsa, Kimyonazarni chaqirib aytadi, aytganlari darrov tayyor buladi. Maishat, kayf-safoni surisha beradi. Ernazar bazan ovga chiqadi. Khotinini ham birga olib chiqadi. Agar khotinini qoldirsa: “Qasrga hech kimni chiqarmang! Agar uzingiz pastga tushib-chiqsangiz, shotini yana balandga olib quying!” deb tayinlab ketadi.
Khayr, bular bu erda shunday aysh-ishrat qilib yota bersin. Endi gapni boshqa joylardan eshiting. Podshohning mamlakatida shunday ovoza bulib ketdi: “Bir qatiqfurush chol bor ekan-u, uning “Kal” ugli bor ekan. Shu “Kal” podshohning kichkina qiziga uylanibdi. Qizning qaliniga shuncha ming ot, shuncha ming quy, shuncha ming tuya, ot va tuyalarning ustiga oltin-kumushlarni ortib beribdi. Uzi hozir falon daryoning yuziga tepasi osmonga, tagi suvga tegmaydigan qasr qurib, shu qasrda turar emish” degan dung-u daroz gap tarqalib ketdi. Bu ovoza Qorakhon podshohning ham qulogiga borib etdi. Qorakhon podshohning bir ayyor, jodugar kampiri bor ekan. Darrov shoh jodugarni chaqirtirib kelib, unga:
— Falon podshohning bir “Kal” kuyovi bor ekan. U ”Kal” podshohning kichik qiziga juda katta qalin beribdi, hali Odam Atodan beri hech kim bu qadar kup qalin bera olgan emas. Usha “Kal” bir daryoning ustiga qasr qurgan emish. Sen usha mamlakatga borasan. Shu “Kal” shuncha narsalarni qanday muhayyo qila oldi ekan, qanday qilib suv ustiga, suvga tegmaydigan, muallaq qasr qurdi ekan, shularning sirini bilib kelasan! — debdi. Jodugar:
— Khup, podshohim! Bu topshirigingizni bajarib kelaman! —deb junab ketibdi.
Jodugar kampir Ernazarning qasrini surab-surab topib boribdi. Borib, malikani chaqirib: “Men bir kimsasiz kampirman. Meni uzingga khizmatchi qilib olgin! Khizmatingni qilib yuraman!”— debdi. Malika: “Bizga khizmatchi kerak emas!” debdi. Kampir ketmasdan un kungacha yalinib, pastda yota beribdi. Bir kuni malika eriga aytibdi:
— Pastda bir kampir un kundan beri meni khizmatchi qilib ol, deb yiglab yotibdi. Hech kimi yuq ekan. Shu kampirdan nima yomonlik kelar edi. Keling, shuni khizmatchi qilib olaylik! — debdi. Eri rozi bulibdi. Kampirni qasrga chiqarib, uzlariga khizmatchi qilib olishibdi. Kampir qulogini ding qilib yura beribdi. Kampir diqqat qilsa, har kuni qozon qurilmay, gusht-yog, sabzi-piyoz, guruch tayyor qilinmay, shirin-shirin taomlar; un elab khamir qilinmay, yakhshi nonlar paydo bulib qolar emish. Jodugar: “Shoshma! Bunda bir gap bor!” deb diliga tugib quyibdi.
Kampir malikaga uzini yaqin tutib, uzini juda jonkuyar kursatib, har khil shirin gaplar bilan uning kunglini ovlay beribdi. Bir kuni Ernazar ovga ketib, bular ikkovi qolibdi. Shunda ayyor kampir malikaga:
— Ering juda alomat yigit. Khudoyo, qusha qaringlar! Ering baraka topkur senga qancha qalinlar beribdi. Mana bu qasrni quribdi. Bu bir mujiza-ya! Eringdan bir surasang-chi! Shuncha narsalarni qanday qilib tayyorladi ekan-a! — debdi.
Bu gaplar malikani ham qiziqtirdi. Kun kech buldi. Malikaning eri ovdan keldi. Kechki ovqat ham utdi. Kechasi uyquga yotishganda malika eridan:
— Siz dadamga shuncha narsalarni qaerdan topib bergansiz. Hech odamning aqli bovar qilmaydi-ya! Bu qasrni qanday qilib qurdingiz? — deb suradi. Eri:
— Bu sir. Buni hech kimga aytganim yuq, sizga ham aytmayman, — deb aytmadi.
Ertasiga kampir yana urgatdi:
— Bu kecha yotganda buyniga osilib olgin! Siz meni yakhshi kurmas ekansiz! Agar yakhshi kursangiz aytar edingiz, degin, — dedi. Ertasi kuni kechasi eri bilan yotganda, malika kampir aytganlarini qilib, erining buyniga osilib, yigladi. Shunda eri aytdi:
— Men bu narsalarni mana shu tilsim chalabuzarning kuchi bilan qilganman, — deb chalabuzarning butun sirini khotiniga aytib quydi. Malika:
— Men bu chalabuzarni shu kungacha sizda kurmagan edim-ku! — desa, eri:
— Kunduz kuni chuntagimda yuradi. Kechasi yostiqning tagiga quyib yotaman,— dedi.
Ertasi kampir:
— Ha, qizim, suradingmi? —dedi.
— Suradim! —dedi. Erining aytgan gaplarini kampirga aytdi.
Jodugar:
— Bulmasa, bugun kechasi ering ukhlaganda sekin chalabuzarni olib chiqqin-chi! Bir kuraylik, qanaqa ekan! —dedi.
Kun kech buldi. Ernazar qaytdi. Malika uning yuliga chiqib: “Hormang!” deb borib, buyniga osilib, quchoqladi. Keyin olib kelgan ilvasinlarini olib kirdi. Kechki ovqat eyildi, ichildi, okhiri bular ukhlash uchun yotishdi.
Kechasi osmonda yulduzlar charaqlar, daryoning yoqimli suvlari uynab oqmoqda edi. Osmondagi oy hamma yoqni yoritib turar, oy shulasi derazadan kirib, Ernazar bilan malikaning urinlarini yoritib turardi. Ovdan charchab kelgan eri malika bilan uzoq gaplasha olmay ukhlab qoldi. Shunda eriga sezdirmay yostiqning ostidagi chalabuzarni sekingina oldi va kampirga olib chiqib kursatdi. Kampir malikaning qulidan chalabuzarni olib, u yoq-bu yogini kurgan buldi. Shunda kampir malikani narigi khonaga bir ishga buyurdi. Malika usha ish bilan ketganda kampir fursatni ganimat bilib, darrov chalabuzarga qarab:
— Kimyonazar! —dedi.
— Labbay, Nazar! —dedi.
— Kalni bir tuqayga olib borib tashla! Sungra bu qasrni shu kuyicha Qorakhon podshohning shahariga olib borib qurasan! — dedi.
Jodugarning aytgani buldi.
Ernazar subhi sodiq vaqtida bir tush kurdi: tushida kulga ovga borgan emish. Ammo bu kuni hech narsa otolmabdi. Kulda aylanib yursa, bir yulbars chiqib, bunga qarab, irillab kela beribdi. Ernazar yulbarsni qancha muljallab otadi, uqi tegmaydi. Uqlarini otib tugatadi. Yulbars ogzini ochib, etib keladi. Ernazar chuntagidan chalabuzarni olib: “Kimyonazar!” deydi, Kimonazar kelmaydi. Shunda yulbars kelib unga tashlanadi. Shu payt malika kulga chukib; “Dod, meni qutqaring!” degan tovushi eshitiladi. Ernazar chuchib uygonib ketadi. Kuzini ochib qarasa, bir joyda botqoqqa botib yotibdi. Yigit: “Hay, attang! Otam: Pichoqni hech kimga kursatma!” degan edi. Men kursatib quydim. Ham joydan ajraldim, ham yordan, deb khafa buldi. Botqoqdan chiqib, boshi oqqan tomonga keta berdi. Bir joyga borsa, darvozasi temirdan, juda mustahkam bir qurgon turibdi.
Yigit darvozani taqillatdi. Darvozani ochib bir yosh ayol chiqib keldi. Ernazar shunday qarasa, otasi ulganda bir chol olib ketgan kichkina singlisi. Bular bir-birini tanishib, quchoqlashib, yiglashib kurishishdi. Hol-ahvol surashdi. Qiz akasini uyiga olib kirdi. Akasi:
— Bu qanday joy? — deb suradi. Singlisi:
— Bu devlarning makoni. Otam ulganda borib meni olib kelgan chol odamkhur dev ekan. Bu usha devning joyi. Hali kelsa, sizni eb quymasin, men sizni duo uqib, olma qilib, tokchaga quyaman! — dedi.
Singlisi akasini ziyofat qildi. Bir zamon havo yurishib, shamol, buron buldi, momaqaldiroq gulduradi. Singlisi: “Dev kelyapti” deb duo uqib, akasini olma qilib, tokchaga olib quydi. Shamol-tupolonning ichida dev etib kelib:
— Puf, odam isi kelyapti! Uyda odam bor, deb tashqarida tura berdi. Shunda malika aytdi:
— Kira bering! Otam ulganda meni sizga olib chiqib bergan akam kelibdi! — dedi. Dev kirdi va:
— Qani akang? — dedi.
— Sizni, bilmasdan, eb quymasin deb, tokchaga olma qilib olib quygan edim,— deb olmani olib, duo bilan yana odam qilib, devga tugri qildi. Dev Ernazar bilan kurishib, surashib, gaplashib utirdi. Uch kundan keyin dev Ernazardan hol-ahvol suraydi. Ernazar butun bulib utgan voqeani gapirib berdi. Shunda dev aytdi:
— Jodugar qasringizni uchirib utganda kurgan edim. Ushlab olayin dedim, singlingiz unamadi. Endi men sizga har khil duolar urgatayin, — deb bir oygacha unga ismi azam urgatdi. Ernazar bir duo uqib qush, yana odam bulib qolar edi. Ernazar devdan iltimos qildi.
— Menga buncha duolarni urgatdingiz! Sizga rahmat! Endi menga yordam bering, men borib qasrni va chalabuzarni topib olib kelayin,— dedi.
Dev Ernazarni elkasiga mindirib osmonga uchdi. Uchib borib-borib, necha togdan oshib, bir qurgon darvozasining oldiga tushdi. Elkasidan yigitni tushirdi va:
— Bu qurgon urtancha akamning qurgoni. Urtancha singlingiz ham shunda turadi. Sizga urtancha akam yordam qiladi, — deb dev yana uchib ketdi. Yigit shu joyda qoldi. Bir vaqt havo buzilib, shamol, buron boshlandi. Yigit darvozani taqillatdi. Ichkaridan bir ayol chiqib:
— Kim? — deb suradi. Yigit singlisining tovushidan tanidi va:

— Havo havodin oshdi,
Havoga bulut toshdi.
Ochmaysanmi, jon singlim,
Yurak tulib, gam toshdi, —

dedi. Singlisi eshitsa, akasining tovushiga ukhshaydi. Yuraklari urib ketdi: “Akam meni akhtarib keldimikin?” deb darvozani ochib, kuchaga chiqdi. Qarasa, akasi ekan. Bular bir-birini tanishdi. Yiglab, kurishib, ichkariga olib kirdi. Akasiga:
— Hozir dev keladi, — deb dam solib, olma qilib, tokchaga olib quydi. Buron-tupolon ichida osmonda dev uchib keldi va pastga tushmay, osmonda aylanib yura berdi. Khotini:
— Tushing! — dedi.
Dev:
— Uydan odam hidi kelyapti! — dedi.
— Hech odam yuq! Tusha bering! — dedi.
— Sen yolgon aytyapsan! Uydan odam hidi kelyapti,— dedi.
— Otam ulganda borganingizda, meni olib chiqib bergan akam kelibdi. Tusha bering! — dedi.
Shunda dev tushib, uyga kirdi va:
— Qani akang? — dedi. Khotini:
— Kursatsam, eb quymaysizmi? — dedi. Dev:
— Emayman! — dedi. Shunda singlisi olmani oldi, duo bilan yana odam qilib, devga tugri qildi. Dev u bilan surashdi, gaplashdi.
Ernazar devga hamma voqeani gapirib berdi. Dev yigitga duolar urgatdi. Ikkovi kaptar bulib, devning katta akasinikiga uchib borishdi. Dev yigitni shu joyda qoldirib:
— Katta singling shu joyda turadi. Eshikni taqillatsang, chiqadi, — deb uzi uchib ketdi.
Dev ketgandan keyin yana shamol, tupolon boshlandi. Yigit darvozani taqillatdi. Bir ayol chiqib:
— Kim taqillatgan? — dedi. Ernazar katta singlisining ovozidan tanib:
— Menman? — dedi. Singlisi kelib eshikni ochdi. Aka-singil bir-birlarini tanishib, surashdi. Qiz akasini uyiga olib kirdi. Ikkalasi gaplashib utirdi.
Bir vaqt yana havo buzilib, jala quydi. Shu tupolonda katta dev etib keldi. Qiz akasini igna qilib, yoqasiga sanchib quydi. Katta dev kelib, bu ham pastga tushmasdan osmonda tura berdi. Khotin:
— Tushmaysizmi? — dedi. Dev:
— Uydan odam hidi kelyapti,— dedi.
— Odam yuq, tusha bering, — dedi. Dev:
— YOlgon aytasan! — dedi. Shunda khotini:
— Otam ulgan kuni borganingizda meni sizga olib chiqib bergan akam keldi. Tusha bering! — dedi.
Dev tushib uyiga kirdi.
— Qani akang? —dedi. Khotini:
— Eb quymaysizmi? — dedi. Dev:
— Emayman. Kursataver! — dedi.
Shunda singlisi yoqasidagi ignani olib, bir duo uqib dam solib, yana odam qilib quydi. Yigit dev bilan surashdi. Bular ham har tarafdan gaplashib utirishdi. Yigit nima ish bilan kelganligini va boshidan utganlarni devga gapirib berdi. Dev uch oygacha yigitga har khil tilsimlarni urgatdi. Yigit devga aytdi:
— Siz menga yordam qiling! Borib qasrimni olib kelayin,— dedi. Dev aytdi:
— Qasringiz shu joydan uchib utgan edi. Men ushlab olay desam, singlingiz unamadi. Endi turing. Qorakhon podshohning shahriga boramiz! — dedi. Ikkalalari lochin bulib uchib, Qorakhon podshohning yurtiga etib borishdi. Erga qunishdi. Dev yigitga aytdi:
— Siz kechgacha shu joyda turasiz. Kech bulganda musicha bulib, Qorakhon podshohning derazasiga qunasiz. Qorakhon podshoh yotgandan keyin, chumchuq bulib uyiga kirasiz. YOstigining tagidan chalabuzarni olasiz! — deb uzi orqasiga qarab uchib ketdi. Ketayotib:
— Qasrni qulga kiritsangiz, bizning joyga qunib uting. Bizning ham kunglimiz taskin topsin!— dedi.
Yigit kechgacha utirdi. Namozi asr bulganda bir tilsim uqib, musicha bulib uchdi va Qorakhon podshohning derazasiga borib qunib: “huv-huv”lab sayray berdi. Kechasi bulib, Qorakhon podshoh ukhlab qoldi. Shunda yigit yana bir duo uqib, chumchuq bulib, uyning ichiga kirdi. Kirsa, Qorakhon podshoh ukhlayotgan ekan. Sekin borib, yostigini kutarib, ostidan chalabuzarni quliga oldi. Uyning bir chekkasiga olib kelib:
— Kimyonazar! — dedi.
— Labbay, Nazar! — dedi. Ernazar Kimonazarga hazillashib, qulogining tagiga bir tarsaki solib:
— Qaerda eding?! — dedi. Kimonazar ham Ernazarning qulogining tagiga bir tarsakini tushirib:
— Shu erda edim,— dedi. Ikkalasi quchoqlashib kurishib, kulishdi, yigit aytdi:
— Nimaga bu erlarga kelib qolding? — dedi. Chalabuzar aytdi:
— Men uzim kelibmanmi? Meni kim quliga olsa, ushaning quliman. Nima ish buyursa, qilaman. Senga otang: “Pichoqni hech kimga kursatma, sirini birovga aytma!” degan edi. Sen khotiningga aytding. U bilmasdan jodugar kampirga aytdi. Jodugar shu ishlarni qildi! — dedi. Yigit:
— Malika qani? — dedi.
— Malikani podshoh uz nikohiga olmoqchi edi, malika rozi bulmadi. Podshoh kup qiynoqlarni berib, bir uyga qamab, kampirni unga qorovul qilib quydi,— dedi. Yigit:
— Podshoh bilan kampirni tosh qilib qotirib quy, — dedi.
Kampir bilan Qorakhon podshoh tosh bulib qotib qoldi. Ernazar malika qamalib yotgan khonaga borsa, malikaning jamoli uyni yoritib turibdi. Uzi oh urib:

Shovvozimdan judodurman,
Boshimda soyabonim yuq.
O, gamim gam togidan oshdi,
Ani ayturga yorim yuq! —

deb yiglayapti. Shu zamon yigit eshikni ochib kirdi. Har ikkalasi bir-birini quchoqlab, yiglab kurishdi. Yigit malikasiz juda qiynalganini yoriga bildirish uchun:

— Darakhtsiz hovliga kirdim,
Boshimdan oftob utdi! —

dedi. Shunda malika:

— Buyingdan aylanay yorim,
Sening qadring yomon utdi,—

dedi. Yigit chalabuzarni chaqirdi:
— Kimyonazar,
— Labbay, Nazar!
— Qasrni uz joyiga olib borib qur!— dedi.
Qasr osmonga kutarilib uchdi. Qasr Ernazarning singillarining qurgoni ustidan uchib utdi. Singillari va devlar bularni kurib, khursand bulib qolishdi.
Qasr uz joyiga qurildi. Malika bilan yigit yana topishib, shodlikda umr utkaza berdi.
Kunlardan bir kuni Ernazar borib, qaynatasi bilan kurishib, uni hamma amaldorlari bilan birga ziyofatga taklif qildi. Podshoh khotinlari, qizlari, kuyovlari va hamma amaldorlari bilan kenja kuyovnikiga ziyofatga keldi.
Ernazar bulsa, “Kal” takhlitidan chiqib, shahzodalardek kiyindi. Kimyonazarga buyurib, podshohning yuliga gilamlar yozdirib, yulning ikki tomoniga kelishgan yigit va qizlarni qatorlashtirib quydi. Podshoh kelganda bular: “Khush kelibsizlar!” deb egilib salom qilib turdi, otlarini olib bogladi. Podshoh odamlari bilan qasrga chiqib joylashdi. Podshoh qarasa, kuyovi kal emas, juda kelishgan yigit. Podshoh hayron qoldi. Kelganlarning hammasi yigitning ishlariga qoyil qolishdi. Ernazar bilan khotini ikkovi kelganlarni ziyofat qildi, uyin-kulgilar buldi. Kelganlarning hammasiga sarpo berishdi.
Eng okhiri yigit podshohning yakka uzini bir khonaga olib kirib, unga boshidan utgan hamma voqeani gapirib berdi. Podshoh bu gaplarni eshitib: “E, bolam! Men seni bilmabman! Tanimasni siylamas bulibdi! Endi khafa bulmaysan! Sen mening urnimga podshoh bulgin. Men sening davlatingda umr utkazayin!” dedi. Ernazar Kimyonazarga aytib, Qorakhon podshoh bilan jodugar kampirni yana tiriltirdi. Podshoh dor qurdirib, bu ikkovini dorga ostirdi.
Podshoh odamlari bilan uz joyiga qaytib borib, Ernazar bilan qiziga yana qirq kecha-kunduz tuy qilib berdi. Uz urniga Ernazarni podshoh qildi, boyagi qatiqfurush cholni olib kelib, ikkalasi ulfat bulib, avgon bogida yota berdi. Shunday qilib, hammalari murod-maqsadlariga etishibdi.

Check Also

2826413_1000

Qishda lablaringizni quritadigan 5 ta khato

Qishda quruq va yorilib ketgan lablar ham yomon kurinishga, ham ogriqqa sabab buladi. Dudoqlar quruqlikka …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари