Home / Madaniyat / Uzbek filmiga “Muhtasham yuz yil” seriali aktyori taklif etilishi kutilmoqda

Uzbek filmiga “Muhtasham yuz yil” seriali aktyori taklif etilishi kutilmoqda

muhtasham-yuzyilKinematografiyani rivojlantirish markazi rejissyori Mukhlisa Azizova «Chayon» nomli tuliq metrajli badiiy filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlik kurmoqda. Bu haqda UZ24 khabar berdi.

Joriy yil may oyida Kann khalqaro kinofestivali doirasida Uzbekiston paviloni tashkil etiladi va mamlakat milliy kinematografiyasi taqdimoti utkaziladi. «Chayon» filmi taqdimoti ham shu tadbir davomida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Khalqaro terrorizm mavzusidagi filmga khorijlik aktyorlar va mutakhassislar ham jalb etilgan. Undagi bosh rollardan birini rossiyalik Dmitriy Dyujev ijro etadi. Shuningdek, «Muhtasham yuz yil» seriali orqali tomoshabinlarga yakhshi tanish bulgan turkiyalik aktyor Okan Yalabik bilan muzokaralar olib borilmoqda. Film operatori Mark Sui Germaniyadan taklif etilgan.

Uzbekiston yoshlar ittifoqi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, «Uzbekkino» milliy agentligi, YOsh kinoijodkorlar kengashi yordamida suratga olinadigan film ijodiy guruhi Marokashga yul olishi kutilmoqda.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари