Home / Iqtisodiyot / UzAuto Motors Rasul Kusherbaev ustidan parlamentga arz qildi
Место рекламы

UzAuto Motors Rasul Kusherbaev ustidan parlamentga arz qildi

«UzAuto Motors» AJ deputat Rasul Kusherbaev ustidan parlamentga arznoma kiritgan. Bu haqda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Sharofutdinov uz telegram kanalida malum qildi.

UzAuto Motors arznomasi 10 avgust kuni UzLiDePning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining navbatdagi yigilishida kurib chiqilgan.

«10 avgust kuni utgan fraksiya yigilishida hukumat tomonidan kiritilgan bir qator qonun loyihalari bilan birga UzAuto Motors AJning parlamentga yullagan khati fraksiya azolari tomonidan atroflicha muhokama etildi.

Khatda etirof etilishicha, UzLiDeP fraksiyasi azosi, deputat Rasul Kusherbaev tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda, elektron ommaviy akhborot vositalarida monopol tashkilotga nisbatan aytish lozimki, fuqarolar, saylovchilar tomonidan bildirilgan noroziliklar asosida aytgan fikrlari «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyatining ishchanlik obrusiga putur etkazuvchi malumotlar deb baholanmoqda.

Aksiyadorlik jamiyati bu borada bir qator asoslarni ham keltiradi», – deb yozgan Sharofutdinov.

Deputatga kura, UzAuto Motors’ning arznomasidagi bir necha holatlari uni taajjubga solgan.

«Birinchidan, Uzbekiston Konstitusiyasining 10-moddasiga havola qilinib, khalq tomonidan saylangan Qonunchilik palatasining deputatini «alohida shakhs», yani vakolatli emasligiga ishora qilinib, Uzbekiston khalqi nomidan ish olib borishga khaqli emas, degan talqin keltirilmoqda.

Shu urinda, eslatib utmoqchi edikki, ushbu moddada keltirilgan Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarkibi quyi va yuqori palatalardan iborat bulib, khalq tomonidan saylangan deputatlar va Senat azolaridan (asosan mahalliy Kengash deputatlari ichidan saylanadigan) shakllantiriladi hamda ular qonun khujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida ularni saylagan khalq nomidan faoliyat olib borishadi.

«Uzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati azosining maqomi tugrisida»gi Uzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida «…deputat fuqarolarning huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzish hollari yoki qonun hujjatlarini buzishning boshqa hollari malum bulib qolgan taqdirda ularga darhol chek quyish choralarini kurish talabi bilan tegishli organlar hamda mansabdor shakhslarga murojaat etishga haqli» – deb belgilab quyilgan.

Demak, Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev uz vakolati doirasidan chetga chiqmagan holda ish yuritgan.

Ikkinchidan, deputat uz chiqishlarida UzAuto Motors aksiyadorlik jamiyatining uz tovarlariga qonun khujjatlariga asosan mustaqil ravishda narkhlar va tariflarni belgilash khuquqiga dakhl etgani yuq, aksincha UzAuto Motors yillar davomida aynan monopol tashkilot sifatida, raqobatning yuqligi sharoitida uz hisob-kitoblari buyicha tovarlariga yuqori narkhlar belgilab kelayotganini tanqid ostiga olgan va fuqarolarning arz-u dodlariga quloq solishni suragan.

Ayniqsa, pandemiya sharoitida hech bulmaganda, «tez yordam»ga muljallangan Damas rusumli avtomobillariga arzonroq narkhlarni belgilab, mamlakat uchun sinovli davrda khalq dardiga bakor kelishni suragan», – deb yozgan deputat Shuhrat Sharofutdinov.

Uning malum qilishicha, UzLiDeP fraksiyasi yigilishida suz olgan barcha deputatlar partiyaning monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish borasidagi dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, Kusherbaevning harakatlarini qullab-quvvatlagan.

Shu bilan birga, sohadagi muammolarni urganish va kuplab masalalarga javob olish maqsadida tegishli tartibda parlament eshituvini tashabbus etish buyicha kelishib olingan.

Malumot uchun, Rasul Kusherbaevning tanqidlari ortidan, Monopoliyaga qarshi kurash qumitasi «UzAuto Motors» AJga nisbatan ish quzgatgan edi. Qumita kompaniya tomonidan «Raqobat tugrisida»gi qonunni buzish alomatlarini aniqlagan.

Ish ochilgani haqida 29 iyulda malum qilingan edi. Mazkur tekshirish buyicha yakuniy qaror hozircha malum qilinmadi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

20200118_111009

Dushanbeda Tojikiston-Uzbekiston biznes-forumi bulib utadi

Dushanbe shahrida 29 sentyabr kuni biznes-forum bulib utadi va unda Tojikiston va Uzbekiston biznes hamjamiyatining 700dan ortiq …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари