Home / Jahon / «UzAtom» rus elchisining AES haqidagi gaplarini rad etdi. Hali kelishuvga erishilmagan
Место рекламы

«UzAtom» rus elchisining AES haqidagi gaplarini rad etdi. Hali kelishuvga erishilmagan

«Shartnomani muhokama qilishda Uzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini inobatga olgan holda muzokara pozisiyalari ishlab chiqilgan va himoya qilib kelinmoqda», – deya bayonot berdi «UzAtom» agentligi.

Foto: UzAtom

Uzbekiston va Rossiya rasmiylari Uzbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish buyicha asosiy shartnoma yuzasidan muzokaralarni davom ettirmoqda.

«UzAtom» agentligi, Rossiyaning Toshkentdagi elchisi Vladimir Tyurdenevning gaplariga javoban, shunday bayonot bilan chiqdi.

Avvalroq elchi AES buyicha shartnoma «deyarli tayyor» ekani va masalaning faqat tekhnik jihatlari qolgani haqida gapirgandi.

«Hozirda Uzbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan Uzbekiston Respublikasida atom elektr stansiyasini qurish buyicha asosiy shartnoma shartlarini muhokama qilish buyicha doimiy muzokaralar utkazib kelinmoqda.

Ushbu shartnomani muhokama qilishda Uzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini inobatga olgan holda muzokara pozisiyalari ishlab chiqilgan va himoya qilib kelinmoqda.

Hozirda tomonlar loyihaning khavfsizligi va ishonchliligi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirish, shuningdek respublikaning milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda pozisiyalarini yaqinlashtirish buyicha muzokaralarni davom etmoqdalar.

Bundan tashqari, AESni joylashtirish maydonchasiga tegishli rukhsatnoma olish maqsadida obektni joylashtirish buyicha ustuvor maydonchada keng kulamli muhandislik tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda va AES qurilishi hamda undan foydalanishning atrof muhitga tasirini baholash buyicha hujjat ishlab chiqilgan bulib, ushbu hujjat buyicha urnatilgan tartibda ekspertizadan utkazish hamda jamoatchilik eshittiruvlarini tashkil etish buyicha rejaga asosan ishlar olib borilmoqda.

Tanlangan maydonchada Rossiya tomoni bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan muhandislik tadqiqot ishlari natijalari AES qurilishi buyicha shartnoma shartlarining asosi bulib khizmat qiladi», – deyiladi «UzAtom» bayonotida.

Eslatib utamiz, shu kunlarda rus elchisi Vladimir Tyurdenev Uzbekiston Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasidan 1 mln doza buyurtma bergani haqida ham khabar tarqatdi. Ammo bu malumotni hozircha rasmiy Toshkent tasdiqlagani yuq.

RFning Uzbekistondagi favqulodda va mukhtor elchisi Vladimir Tyurdenev
Foto: Kun.uz

Elchining gaplariga qaraganda, Uzbekiston ushbu 1 mln doza vaksinadan Rossiyaga ishlagani boradigan fuqarolarini emlash uchun foydalanadi. Qayd etish lozim, Rossiya Qozogiston va Qirgiziston fuqarolaridan farqli ularoq, Uzbekiston fuqarolari uchun hamon chegaralarini ochmayapti.

Uzbekiston rasmiylari Rossiya bilan qatnovlarni tiklashga tayyorligi va ikkinchi tomon bilan muzokaralar olib borayotgani bundan uch oy oldin malum bulgan edi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Otabekov britancha shtamm qanday belgilar bilan kechishi haqida malumot berdi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi azosi Nurmat Otabekov britancha shtamm bilan kasallanganda qanday belgilar kuzatilishi haqida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари