Home / Jamiyat / Yunusoboddagi tajriba bekor qilinishi kutilmoqda
Место рекламы

Yunusoboddagi tajriba bekor qilinishi kutilmoqda

Uzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Yunusobod tumanida joriy qilingan, limitdan ortiqcha ishlatilgan gaz va elektr energiyasi uchun qimmatroq tarifda tulanishi kuzda tutilgan tartibni bekor qilishga doir choralar boshlaganini malum qildi.

«Ayrim OAV tarqatayotgan malumotlarga kura, Toshkent shahri Yunusobod tumani aholisiga elektr energiyasi haqini tulash buyicha boshqa abonentlarga qaraganda teng bulmagan sharoitlar yaratilgan.

Bu hol 2019 yil 1 yanvardan Yunusobod tumanida yoqilgi-energetika resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida joriy qilingan yangi eksperimental haq tulash tizimining joriy qilinganligi bilan izohlanmoqda.

Hozirgi paytda, karantin bilan bogliq vaziyatni, yani aholining kupchilik qismi uz vaqtini uy sharoitida utkazishini hisobga olgan holda, Energetika vazirligi tomonidan Uzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga ushbu tajriba bekor qilinishini surab, murojaatnoma yuborildi.

Shu munosabat bilan Yunusobod tumani aholisi uchun bazaviy meyorni bekor qilish buyicha zarur chora-tadbirlar kurilimoqda», deyiladi Uzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi matbuot khizmati akhborotida.

Eslatib utamiz, 22 mart kuni Kun.uz saytida «Yakuniga etkazilmagan islohot yuki yunusobodliklarning chuntagiga tushmoqda» sarlavhali maqola elon qilingandi. Unda butun respublika aholisi elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun bir khil tarifda pul tulayotgan bir paytda, Yunusobod tumani aholisi limitdan ortiqcha ishlatgan energiya resurslari uchun 20 foiz qimmat narkhlarda tulov qilayotgani haqida suz yuritilgandi.

Kun.uz sayti Adliya vazirligi va Moliya vazirligidan tegishli javob kutib qoladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

qWVdia6gGqazkoxG5oJBXInM9c-FVTYP

OTB: Pandemiya va energotashuvchilar narkhining pasayishi Uzbekiston iqtisodiy usishini sekinlashtiradi

Osiyo taraqqiyot bankining yangi hisobotida aytilishicha, koronavirus pandemiyasi hamda tabiiy gaz va misga bulgan narkhlarning …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари