Home / Jamiyat / Umra-2019 uchun yangi narkhlar haqida malumot berildi
Место рекламы

Umra-2019 uchun yangi narkhlar haqida malumot berildi

Bugun, 8 oktyabr kuni Uzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashining «YOshlar press-klubi»da Umra-2019 mavsumi buyicha brifing utkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari buyicha qumita raisi urinbosari Muzaffar Komilov ishtirok etdi va umra safaridagi sarf-kharajatlar, viza berish tartibi haqida malumot berib utdi.

vg-ha_w1ofjb1dzv-w_upk-8m1eqntk

«2019 yil Umra mavsumi uchun sarf-kharajatlar smetasi loyihasi ishlab chiqilgani va har bir ziyoratchidan olinadigan mablag arzonlashtirilgani haqida alohida takidlab utish lozim. Yani, 11 600 000 sum etib belgilangan smeta bugungi kunda 11 450 000 sum sifatida arzonlashtirilgan narkhda shakllantirildi. Yana bir masalaga alohida etibor qaratmoqchimizki, joriy yil sentyabr oyidan boshlab Saudiya Arabistoni podshohligi Haj va Umra ishlari vazirligi tomonidan har bir ziyoratchi uchun qushimcha 132 AQSh dollari miqdoridagi mablag joriy etilmoqda. Yuqoridagi kharajatlar smetasiga ushbu mablag kiritilmagan. Bu keyingi shartnomada belgilanishi rejalashtirib olindi. Joriy yil sentyabr oyidan boshlab Saudiya Arabistoni podshohligida turizm, Haj va Umra ziyoratlari tartibiga qushimcha uzgartirishlar kiritish tugrisida yangi nizom amaliyotga tatbiq qilindi. Unga kura, podshohlikka kirish uchun turizm, Haj va tranzit vizalari uchun yangi narkhlari va muddatlari belgilandi. Umra, turizm, biznes, yaqin qarindoshi yoki dustlarini ziyorat qilish masalalarida 30 kun uchun 300 rial, yani 80 AQSh dollari miqdorida summa belgilandi. Haj vizasi ham 80 AQSh dollari miqdorida summa belgilandi. Tranzit vizasi 96 soat muddat uchun ayni narkh belgilangan. Haj va Umra ziyorati uchun sunggi 5 yil ichida takroriy ado etgan shakhslardan undiriladigan 2 ming rial, yani 533 AQSh dollariga teng qushimcha tulov tartibi bekor qilindi. Uning urniga 132 AQSh dollariga teng mablag kiritildi. Shuningdek, har bir ziyoratchiga viza rasmiylashtirish uchun undiriladigan tulov, 5 foiz qushimcha qiymat soligi, elektron khizmat va shirkatning khizmat haqi jami 498 rial, yani 132 AQSh dollari etib belgilandi.

Ziyoratlarga khizmat kursatishning yangi tizim, yani elektron platforma joriy qilinmoqda. Yangi tizim tuliq ishga tushirilmagani sababli 20 kun Saudiya Arabistoniga kirish vizasi faoliyati tukhtab qolgan. Shu yilning 25 sentyabr kunidan boshlab elektron platforma orqali dastlab kichik guruhli (5-25 nafar) umra ziyoratchilariga «V2S» turdagi kirish vizalari rasmiylashtirish boshlangan.

Kuplab savollar bulmoqdaki, khususiy firmalar tomonidan vizalar olish amaliyoti bor, ammo umumiy tarzda Umra ziyoratchilari uchun vizalar olinmaganini ushbu holat bilan izohlash mumkin. Lekin, umra ziyoratiga kelishi rejalashtirilayotgan hukumatlararo kelishuv asosidagi katta guruhlarga esa mazkur portalning tuliq ishga tushirilmagani sababli «V2V» turdagi viza berish tizimi hozirgacha ishga tushmagani haqida rasman bildirildi. Ushbu turdagi kirish vizasini rasmiylashtirish buyicha Uzbekiston hukumati tomonidan barcha amaliy ishlar amalga oshirilib, jarayon shay holga keltirilgan. Hamkorlar tomonidan uzbekistonlik ziyoratchilarni kutib olish ishlari nihoyasiga etgan. Barcha shart-sharoitlar hozirlab quyilgan. Masalalar hal etilganidan sung bu buyicha veb saytda elon qilamiz», – deya masul shakhsning suzlarini keltirmoqda Kun.uz mukhbiri.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

r-oMxvBYHBOMx99h-nqaCsp3jknFOUK0

Samarqandda «mayizkhur»lar qulga olindi

Samarqand viloyatining Qushrabot tumani Oqmachit qishlogida yashovchi N.B. 7 oktyabr kuni uz boshqaruvidagi “Labo” rusumli …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари