Home / Jamiyat / Uquvchiga rumol uragani uchun «qamalasan» deyish ahmoqlik – vazir Izboskandagi voqeaga munosabat bildirdi
Место рекламы

Uquvchiga rumol uragani uchun «qamalasan» deyish ahmoqlik – vazir Izboskandagi voqeaga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 25-maktab direktori rumol uragan uquvchi qizni “qamataman”, deya qurqitgani tugrisidagi khabar tarqaldi va ommaning keskin etiroziga sabab buldi.

Khalq talimi vaziri Sherzod Shermatov mazkur voqea khususida fikr bildirdi. Vazirning suzlariga kura, rumol uragan qizni “qamataman” deb tahdid qilish ahmoqlikdir.

«Bu masalani urganish kerak. Faqat bir kishining gapi olinmasligi lozim.

Ikkinchidan, qaysi qonunda yozilgan ekan rumol uchun qamaladi degan gap? Bu ahmoqona gap. Bu masalani urganib chiqishgan. Izboskan tumani hokimligi bunga munosabat bildirgan.

Joylarga boramiz, «mana bu uqituvchiga ish bermayotgan ekan», deb gapirishadi. Agar usha uqituvchi bilan gaplashib kursangiz, uni umuman maktabga yaqinlashtirish kerak emasligi malum buladi. Chunki ertaga asabiy holatda bolani urib mayib ham qilib quyishi mumkin. Shuning uchun bitta tomonni olib shov-shuv qilib, bu tomonni aytib bulmaydi. Vaziyatni tuliq urganish kerak.

Biz huquqiy jamiyat qurishga harakat qilyapmiz. Noqonuniy harakat qilgan bulsa sud ham, prokuratura ham bor. Yani hamma narsa qonun doirasida hal qilinishi kerak. Lekin hech kim, hech qaerda uqituvchiga «uquvchini qamataman degin» deb kursatma bermagan», degan khalq talimi vaziri.

Ushbu holat buyicha Izboskan tumani hokimligi munosabatida qamatish bilan tahdid qilgani aytilgan maktab direktori 23 oktyabr kuni farzandini uylantirish maqsadida tuy marosimi utkazgani, tuman khalq talimi bulimi mudiridan ishga chiqmaslik uchun rukhsat suragani va videomurojaat tarqalgan kuni ish joyida bulmagani qayd etilgan.

«Qizning onasi bilan suhbat utkazilganda ona karantindan avval farzandi diniy libosda emas, zamonaviy liboslarda yurganligi buyicha maktab mamuriyati etiroz bildirganligini, yoz mavsumidan boshlab qizining kiyinish uslubi uzgarganligini, ijtimoiy tarmoqqa quyilgan videomurojaatdan esa khabari yuqligini takidlagan.

Bundan tashqari, suhbat jarayonida uquvchi qiz astronomiya fani uqituvchisi dars jarayonida unga maktab formasiga rioya qilishini, milliy mentalitetga mos uslubda kiyinish lozimligini aytganligini, lekin qizga libosi sabab qamatish yoki shunga ukhshash choralar qullash buyicha bosim bulmaganligini takidlagan. Shuningdek, uquvchi qiz maktab direktorini videomurojaat tarqatgan kuni kurmaganligi va gaplashmaganligini, murojaat qilayotgan vaqtida hissiyotga berilgan holda qamatish buyicha gap-suzlarni qushib yuborganligini bildirgan», deyilgan hokimlik munosabatida.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

wEgw2YQl0RjuLKd6X_mrB7RYJR3P7sCI

Respublika ikhtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga direktor tayinlandi

Uzbekiston Respublikasi sogliqni saqlash vazirining tegishli buyrugi bilan Nabijon Pirimovich Yuldoshev Respublika ikhtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари