Home / Madaniyat / UZBEK ADABIYOTI: 8-sinfi uchun darslik kitob

UZBEK ADABIYOTI: 8-sinfi uchun darslik kitob

DAVR, IJODKOR VA ADABIYOT

Milliy manaviyat va badiiy adabiyot. Aziz uquvchim, badiiy adabiyot inson manaviyati va etiqodini shakllantirish vositasi bulgan sanat turidir. Chunki badiiy asarlarning qahramonlari timsolida muayyan millatga mansub eng ezgu fazilatlar aks ettiriladi. Buning ustiga, millatning ijo- biy sifatlari shunchaki aytib quyilmaydi, balki kishining tuygulariga tasir kursatadigan, uni loqayd holdan chiqarib yuboradigan tarzda beriladi. Badiiy adabiyot insonning tafakkuriga qalbi orqali tasir kursatadi va aqli bilan anglaganlarini uning tabiatiga singdirib yuborishga khizmat qiladi. Milliy manaviyat biror millatga mansub kishilar etiqodi hamda akhloqining asosiy jihatlarini ifodalaydigan umumiy qadriyat va tushunchalar tizimini anglatadi. Shuning uchun ham umumtalim maktablari uquvchilariga, sizlarga milliy manaviyatni singdirishda adabiyot darslari alohida ahamiyat kasb etadi.

uzbek-adabiyotiBu borada adabiyot mashgulotlarining alohida mavqeini tayin qilgan muhim jihatlardan biri shundaki, agar uzga uquv fanlarida milliy manaviyat va mafkuraga dakhldor qarashlar faqat tegishli mavzular orqali tarkib toptirilishi mumkin bulsa, adabiyot darslaridagi deyarli barcha mavzular u yoki bu darajada millat ongiga, uning yashash tarzini belgilab beruvchi etiqodni shakllantirishga yunaltirilishi mumkin. Chunki badiiy adabiyot faqat milliy kurinishda buladi. Millatning adabiyoti usha millatning tilida usha millatga khos akhloqiy-manaviy sifatlarni aks ettiradi.

Har qanday asl badiiy asar faqat ijodkorigagina khos sifatlarni aks ettirib qolmay, balki u mansub bulgan millatga tegishli fazilatlarni ham ifodalaydi. Chunki kim bulishidan qatiy nazar, ijodkor ham millatning vakilidir va uz tabiatida usha khalqqa mansub bulgan khususiyatlarni bir qadar mujassamlashtirgan buladi. Milliy manaviyat millat ahlining kungil mulkiga aylanib, khalqning ongi va tuygular olamiga singishgandagina tasirli kuchga aylanadi. Adabiyot kishining kharakter khususiyatlarini shakllantirishda, uning tuygular tizimini qaror toptirishda qator afzalliklarga ega bulgani uchun ham milliy manaviyatni uquvchilarda, singdirishda katta samara berishi tabiiy. Turli davrlarda, t.urli- ijodkorlar tomonidan yaratilgan badiiy asarlarnA ‘utuish jarayonyda uquvchilarda iftikhor, gurur tuygusi paydo buladi, u yoki bu’hayotiy hodisaga uz nuqtai nazari bilan qaray boshlaydi, nimanidir yoqlab*. nimanidir ynkor etadi, qaysidir bir adabiy qahramonga ukhshagisi kelsa, uzgasidagi nafratlanadi. Bunday holatlar yoshlarda hayot hodisala^ni millat nuL’i^] nazaridan turib baholash sifati shakllanganligidan.

Siz, aziz yoshlarimizda milliy va umuminsoniy manaviyatni, qadriyat- larni shakllantirishda utmish va zamonaviy adabiyotmiz boy material bera oladi.

Hayot haqiqati va badiiy haqiqat. Aytilganidek, millatning manaviyatini shakllantirishda, jamiyat azolarini milliy goya atrofiga birlashtirishda, milliy ruhiyatni qaror toptirishda badiiy adabiyot eng kup samara beradigan vositadir. Adabiyot bu vazifalarni odam va olamda ruy beradigan holatu hodisalarni aks ettirish yuli bilan bajaradi. Ammo adabiyot borliqdan ham, odamlardan ham shunchaki nuskha kuchirmaydi, balki hayot va odamni badiiy aks ettiradi. Badiiy asarga hayotdagi hodisa va shakhslar aslida qanday bulsa, shu holicha kuchirib olinmaydi. Bunday qilinganda, kuchirmachilikka yul quyilgan bulardi. Chunki hayotdan kuchirish ham kitobdan kuchirishga ukhshab ketadi.

Hayotiy haqiqat bilan badiiy haqiqat hamisha ham bir-biriga muvofiq kelavermaydi. Bazan badiiy haqiqat hayotiy haqiqatdan chuqurroq, tasirliroq bulib chiqadi. Hayot adabiyotga nisbatan solishtirib bulmaydigan darajada boy, rang-barang va serqirra ekanligiga qaramay, kupincha, hayotning badiiy asarda aks ettirilgan qismi mukammalligi, ortiqcha urinlarning yuqligi. maqsadga muvofiqligi bilan ajralib turadi. Ijodkor hayot hodisalarini tasvirlar ekan, uning adabiy qahramon tabiatini ochishga bevosita khizmat qilmaydigan urinlarini, keraksiz tafsilotlarini, ahamiyatsiz lavhalarini olib tashlab, ularni malum bir badiiy maqsad atrofiga tuplaydi. Bu jarayonda adib voqea va qahramonlarni tanlash, individuallashtirish, umumlashtirish, syujet qurish, yakhlit kompozisiya yaratish, badiiy kharakterlar chizish va ularni uzaro muloqotga kiritish kabi badiiy ijodga khos yumushlarni bajaradi.

Badiiy haqiqat degani shu darajada murakkab va nozik hodisaki, hatto hayotda haqiqatan bulib utgan qandaydir voqea asarga kuchganda badiiy haqiqatga aylanmay qolishi, asar vujudiga singishmasligi mumkin. Demak, badiiy haqiqat bulishi uchun voqealarning chindan ham bulib utganligining uzi etarli emas. YOzuvchi biror hayotiy haqiqatning aynan shundayligini, boshqacha bulishi mumkin emasligini badiiy qahramonlar va ularning khatti- harakatlari, gap-suzlari va kharakter mantigi orqali asoslab. shunga kitobkhonni ishontira olsagina, u badiiy haqiqatga aylanadi. Masalan. millatimizning fakhri shoh va shoir Boburning otasi Umarshaykh Mirzo kaptarkhonadan qulab, halok bulgan. Bu tarikhiy fakt „Boburnoma“da qayd etilgan. Ammo mana shu falokat Pirimqul Qodirovning „Yulduzli tunlar“ romanida boshqacharoq talqin etilgan. Negaki, hayot haqiqati romanga shunday olib kirilsa, u uquvchini ishontira olmaydi va, binobarin, badiiy haqiqat bula olmaydi. Chunki uquvchida urush ketayotgan, toju takht khavf ostida qolgan tahlikali paytda nahotki hukmdor kaptar uynab yurgan bulsa, degan haqli savol tugilishi mumkin. Khuddi mana shu joyda badiiy tuqima deb atalmish muhim vosita yordamga keladi. YOzuvchi buning sababini uzi topishi, uni vaziyat hamda qahramon tabiatidan kelib chiqib, mantiqan asoslagan holda asar vujudiga singdirib yuborishi kerak. Pirimqul Qodirov khuddi shunday qiladi: Umarshaykh takht tahlika ostida qolganini sezib, harbiy yordam surab, boshqa hukmdorga murojaat qilishi kerak. Chopar yuborsa, vaqt utadi, albatta, eng qulay yuli maktubni kaptar orqali junatish (kaptarlar ilgari chopar urnida ishlatilganini eshitgansiz). Buning ustiga uta muhim harbiy sirni bunday vaziyatda boshqa odamga ishonib ham bulmaydi. Shuning uchun shakhsan uzi maktubni junatish maqsadida kaptarkhonaga kirganda, tagidan katta daryo oqib utganligi tufayli nu rab, omonat bulib qolgan imorat tusatdan qulab tushadi. Voqeaning bunday talqini ham kishini ishontiradi, ham voqealarga hayotiy mano yuklaydi.

Shu romandagi kuprik qulab tushib, dushman qushinining talafot kurishi, Boburning egachisi Khonzoda begimning Shayboniykhon haramiga tushib qolishi kabi voqealar tasvirida ham yozuvchi ana shunday badiiy tuqimadan foydalanadi. YOki Maqsud Shaykhzodaning „Mirzo Ulugbek“ tragediyasida sulton Ulugbek bilan Khoja Ahror bir-biriga qarama-qarshi quyib tasvirlangan. Tarikhiy manbalarning guvohlik berishlaricha, bu ikki tarikhiy shakhs hayotlik damlarida mutlaqo uchrashmagan ekanlar. Negaki, Ulugbek hukmronligi davrida Khoja Ahror ancha yosh bulgan va Toshkent tomonlarda hayot kechirgan. Ammo Mirzo Ulugbek obrazini ochish. uningtabiatini yorqinroq kursatish uchun kuchli bir shakhsiyat egasini unga zid quyib tasvirlash zaruriyati bor edi. Dramaturg shunday shakhs sifatida Khoja Ahror valiyni oladi va bu bilan tarikhiy haqiqatga bir qadar zarar etkazsa-da, badiiy haqiqatning tantanasiga erishadi. Kurinib turibdiki, badiiy tuqima yuq joydan uylab topilgan uydirma emas. Tuqima yozuvchi fantaziyasi va hayotiy mantiq asosida voqea yoki shakhs tabiati mohiyatidan keltirib chiqariladigan badiiy hosiladir.

Khulosa qilib aytganda, ijod jarayonida hayot haqiqatiga amal qilish bu hali badiiy haqiqatga erishildi degani emas. Hayot haqiqati ijodkorning fantaziyasi, bilimi, mahorati yordamida badiiyat „qozon“ida qaynab chiqmasa, u etuk badiiy asar emas, oddiy faktlar bayoni bulib qolaveradi.

Davrning ijtimoiy muammolari va adabiyot. Badiiy adabiyot insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham katta ahamiyatga ega bulgan. Garchi, badiiy adabiyot bir kishi tafakkuri hamda ruhiyatining mahsuli sifatida dunyoga kelsa-da, usha alohida shakhs hamisha malum bir davrda yashaganligi uchun ham muayyan tarzda ijtimoiy borliqni aks ettiradi. Badiiy asarda deyarli hamisha aniq bir odamning taqdiri, tabiati. uylari tasvirlanadi. Lekin u odam qanchalar alohida bulmasin, hamisha jamiyat quynida yashaydi. Chunki jamiyat tasiridan chetda turgan inson bulishi mumkin emas. Demak, har qanday insonga faqat uziga emas. balki butun jamiyatga dakhldor qandaydir jihatlar, albatta, singgan buladi. Shularga kura, adabiyot, kupincha, jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bogliq holda rivojlanadi, uzgaradi, unga khos jihatlarni ifoda etadi.

Adabiy jarayon ijtimoiy hayotni uziga khos tarzda aks ettiradi. Har bir jamiyat uzi uchun muhim bulgan mavzu va muammolarning badiiy adabiyotda tasvirlanishini istaydi. Shuning uchun ham badiiy adabiyot kup asrlik taraqqiyoti davomida, ayniqsa, ishlanadigan mavzu nuqtai nazaridan juda kup uzgarishlarga duchor buladi. Aytaylik, Navoiy davrida temuriy shahzodalar urtasida takht uchun kurash avjiga chiqqan edi. Yurtning marifatli odil shoh tomonidan boshqarilishiga erishish shu zamonning asosiy muammosiga aylangandi. Ayni muammoni tugri hal etish uz davrining farzandi hazrati Navoiyning asosiy orzusi edi. Khuddi mana shu sababli toj- takhtdan hunar, bilim egallashni ustun quygan Farhod, adolat bobida tengi yuq Iskandar timsollari adabiyot maydonida paydo buldi.

1905- va 1917- yillarda Rusiyada sodir bulgan siyosiy tuntarishlar adabiyotga inqilobiy mavzuni olib kirdi va bu mavzuga murojaat qilish yoki qilmaslik yozuvchining ijtimoiy-siyosiy mavqeini belgilaydigan ulchovga aylandi. Shuro hokimiyati urnatilgach, adabiyotdagi asosiy mavzular: oktyabr tuntarishini madh etish, yangi tuzumni mustahkamlash, eskisini fosh etish, inqilob „galabalari“ni himoya qilish bulib qoldi. Utgan XX asrning 20 – 30-yillarda bu mavzuda minglab asarlar yaratildi. Shu yillarda khususiy mulkka qarshi kurash elon qilinib, er, chorva mollari egalaridan tortib olindi. Majburiy ravishda jamoa khujaliklari (kolkhozlar) tuzish Gafur Gulomning „Kukan“ dostoni, Abdulla Qodiriyning „Obid ketmon“ qissasi, Abdulla Qahhorning „Qushchinor chiroqlari“ romani kabi kuplab asarlar yozilishiga sabab buldi.

Ikkinchi jahon urushi davrining asosiy masalasi – fashizm ustidan galaba qozonish, tabiiy ravishda, adabiyotning ham bosh muammosiga aylandi va h. k. Mustaqillik sharoitida milliy uzlikni anglash, milliy iftikhor tuygularini uygotish zaruriyati Sh. Kholmirzaevning „Qora kamar“, „Uzbeklar“, Togay Murodning „Otamdan qolgan dalalar“ singari bir qator asarlarini yuzaga keltirdi. Chunki adib ham shu jamiyatning azosi, u qalamga olib tasvirlayotgan qahramonlar ham muayyan jamiyatda mavjuddirlar. Binobarin, davrga khos khususiyatlar, muammolar uz-uzidan yozuvchilarga ham, qahramonlarga ham utadi.

Adabiyotning ijtimoiy hayot va uning muammolari bilan aloqadorligini jun tushunish, amal qilinishi majburiy bulgan talab darajasiga kutarish sanatkor imkoniyatlarini cheklab quyishi ham mumkinligini unutmaslik kerak. Khuddi mana shu talab, oqibat natijada, shurolar adabiyotini kundalik ijtimoiy voqealarning quli, sharhchisi va shu tariqa hukmron mafkuraning yugurdagiga aylantirib quydi.

Aslida esa tarikhiy jarayon shuni kursatadiki, suz sanatining hamma davr va hamma tuzumlar uchun birday dolzarb bulgan umumbashariy muammolarni yuksak badiiy mahorat bilan aks ettirgan namunalarining umri boqiy buladi. Yunon tragediyanavisi Sofoklning „Shoh Edip“ asari miloddan oldingi IV asrda yaratilgan, ammo u bugungi tomoshabin qalbini ham larzaga soladi. Navoiyning salkam olti asr ilgari bitgan asarlari bugun ham kishi dilini yayratadi, chunki ularda inson ruhiyatining hamma davrlarda ham birday qadrlanadigan holatlari aks ettirilgan.

Adabiyotning davr ijtimoiy hayoti bilan aloqadorligi uning marifiy, yani kitobkhonlarga bilim berish vazifasini ham keltirib chiqaradi. Ammo bilim berish badiiy adabiyotda uziga khos usul bilan amalga oshirilishi hisobga olinishi lozim. Aytaylik, fanning falsafa, jamiyatshunoslik, tabiatshunoslik va boshqa tarmoqlari ham kishiga hayot, jamiyat ijtimoiy muammolari haqida tushunchalar beradi. Ammo hayot fanda ilmiy umumlashtirishlar, qoidalar, formulalar, akhborotlar tarzida aks etsa, adabiyotda u badiiy obraz qiyofasida gavdalanadi. Mashhur rus adabiyotshunosi V. G. Belinskiy tabiri bilan aytganda, fan „nima bulganini” tushuntirsa, adabiyot „qanday bulganini“ tasvirlaydi. Inson fan berayotgan akhborotni aqli bilan qabul qiladi, tahlil etadi va tafakkurini boyitadi. Badiiy adabiyot esa akhborotni tugri kishining miyasiga bermay, oldin uning tuygularini quzgatadi, qalbini junbushga keltiradi. Odam tafakkuriga shu yul bilan tasir qiladi, uni boyitadi.

Savol v a topshiriklar:

  1. Milliy manaviyat va milliy adabiyot urtasida qanday yaqinlik bor deb uylaysiz?
  2. Milliy manaviyatning singdirilishida badiiy adabiyotning ustuvor mavqeda ekanligi sababini anglatishga urinib kuring.
  3. Hayot haqiqati va badiiy haqiqatning ukhshash va farqli jihatlari haqida mulohaza yuriting.
  4. Adabiyotda badiiy tuqimaning urni muhim ekaniga misollar keltiring.
  5. Suz sanatining ijtimoiy muammolarga aloqadorligi sababini tushuntirishga urinib kuring.
  6. Adabiyot va fan, badiiy va ilmiy adabiyot orasida qanday farq borligini aniqlashga harakat qiling.

Check Also

duxtari-muskuldor_2

Rossiyadagi va dunyodagi eng mushakli qiz Julia

Bodibilding haqida gap ketganda, ozgina odamlar pompalanadigan ayollar haqida o’ylashadi. A. Shvartsenegger, F. Zeyn, D. …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари