Home / Jahon / Turkmanistonda gazeta va jurnallar koronavirus tufayli onlayn rejimga utkaziladi
Место рекламы

Turkmanistonda gazeta va jurnallar koronavirus tufayli onlayn rejimga utkaziladi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ommaviy akhborot vositalarini raqamlashtirishni tezlashtirish haqidagi topshiriqni berdi.

Foto: hronikatm

Davlat rahbari suzlariga kura, dunyoda koronavirusning tarqalib borayotgani sharoitida bu jarayon dolzarb bulib turibdi.

«Viruslar qogoz orqali ham yuqishi mumkin. Ayniqsa odamlar kup tuplanadigan joylarda kasallikni yuqtirib olish khavfi yuqori. Shu tufayli, aloqa va khizmatlarning masovafiy elektron tizimiga iloji boricha tezroq utish muhim», – deb prezident suzlarini keltirmoqda Turkmen Dovlat Khabarlari.

Prezident qogoz gazetalarga qaraganda, ularning elektron nuskhalari akhborot bilan ishlash uchun qulay ekanini, ular orqali malumot izlash osonligini, mavzuga aloqador boshqa internet-resurslarga utish imkoni borligini takidladi.

Berdimuhamedov 2020 yil oktyabr oyigacha barcha gazeta va jurnallarni elektron formatga utkazish va ulardan foydalanish narkhini aniqlab olish haqida topshiriq berdi.

Eslatib utamiz, rasmiy khabarlarga kura, ayni paytda Turkmanistonda koronavirus bilan khastalanganlar yuq.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

vkxxL0w4nRaiCGKB_MD-CEDnn8LS_TtE

AQShda koronavirusdan davolanish necha pulga tushishi malum qilindi

Sunggi malumotlarga kura, AQShda koronavirusga chalinganlar soni 278 mingdan oshib ketgan bulib, ularning soni Nyu-York …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари