Home / Iqtisodiyot / Turkiy tilli davlatlar savdo-sanoat rahbarlari Toshkentda uchrashdi
Место рекламы

Turkiy tilli davlatlar savdo-sanoat rahbarlari Toshkentda uchrashdi

cozf1okxrczxo7f9xxfdtiqmykxkvppk

Bugun, 5 oktyabr kuni Toshkent shahridagi International mehmonkhonasida Turkiy tilli davlatlar Ishbilarmonlar kengashi yigilishi bulib utdi. Unda Turkiy tilli davlatlar kengashiga azo mamlakatlar vakillari hamda kengash bosh kotibi ishtirok etdi.

Yigilishda Kengashga azo mamlakatlar urtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, savdo-sanoat va tadbirkorlik sohalarida mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Adham Ikromov, Savdo-sanoat palatasi raisi (Uzbekiston):

─ Turkiy kengash unga azo davlatlar urtasida amaliy hamkorlikni, birinchi galda savdo, investisiya, innovasiya, transport, turizm, madaniy va gumanitar almashinuv sohalarini rivojlantirishga yordam beruvchi samarali mintaqaviy tuzilma hisoblanadi. Unga azo har bir mamlakat uz iqtisodiyotini rivojlantirishdan manfaatdordir.

Bogdod Amreev, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi:

─ Uzbekistonda davlat va jamiyat qurilishi, liberal iqtisodiyot, ishbilarmonlik va sarmoyaviy muhitni yakhshilash borasida aniq qadamlar amalga oshirilmoqda. Buni jahon hamjamiyati qiziqish bilan kuzatib turibdi. Mamlakatning Turkiy kengashga azo bulishi esa bu sohadagi islohotlarning yanada ijobiy kharakterga ega bulishiga kumaklashadi.

Rifat Hisarchik ugli, Turk savdo-sanoat palatasi prezidenti (Turkiya):

─ Bu kengash azolari aslida oltita alohida ulkada yashayotgan yagona millatdir. Turkiy kengashga Uzbekistonning qushilishi Kengash uchun ham, Uzbekiston uchun ham manfaatli. Uzbekiston qushilgandan sung Kengashning umumiy tovar aylanmasi 15 mlrd dollarga etishi kutilmoqda.

Kengash azolari hamkorlik barobarida iqtisodiyotdagi muammolarga echim ham izlashi lozim. Iqtisodiyotga ayollar va yoshlarni kuproq jalb qilish, khususiy tadbirkorlikni qullab-quvvatlash darkor. Khususiy sektor ishtirokisiz iqtisodiyotni gullatib bulmaydi.

Mamed Musaev, Tadbirkorlar milliy konfederasiyasi prezidenti (Ozarboyjon):

─ Turkiy tilli dalvlatlar bir-biriga investiiya kiritishdan kuchli manfaatdordir. Ozarboyjon uz qardosh davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikka doimo tayyor. Toshkentda bulib utayotgan Investisiya biznes forumiga ham katta qiziqish bildirdi. Ammo aviaqatnovdagi muammolar tufayli qiziqqan ozarbayjonlik tadbirkorlarning hammasini olib kelish imkoni bulmadi. Shu bois Uzbekiston hukumatiga Toshkent-Boku yunalishidagi reyslarni kupaytirishni tavsiya qilgan bulardim.

Shuningdek, tadbirda Uzbekiston savdo-sanoat palatasining Turkiy savdo palatasi azoligiga kirishi masalasi muhokama qilindi. Malum qilinishicha, 14-15 oktyabr kunlari bulib utadigan Kengashning ettinchi sammiti doirasida Turk savdo palatasi azolarining yigilishida tegishli kup tomonlama memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Eslatib utamiz, Uzbekiston 14 sentyabr kuni 2009 yil 3 oktyabrda imzolangan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashini tuzish tugrisidagi Nakhichevan bitimini ratifikasiya qildi. Joriy yilning 15 oktbyar sanasida tashkilotning Boku shahrida bulib utishi rejalashtirilgan ettinchi sammitida tula huquqli azo sifatida ishtirok etishi kutilmoqda.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turk dunyosi mamlakatlari muloqoti va hamkorligini rivojlantirish uchun tashkil etilgan khalqaro platforma hisoblanadi. Hozirgacha kengashga beshta davlat ─ Ozarbayjon, Qozogiston, Qirgiziston, Turkiya, Uzbekiston azo bulgan. Vengriya kengashda kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etadi. Shuningdek, Turkmaniston ham kengashga kuzatuvchi davlat sifatida kirishni rejalashtirmoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

sU_TDGZBWgihsedpa8HNwU558C8ImZ1c

Toshkent metrosidagi elektr taminoti muammosi sabablari malum qilindi

Bugun, 27 noyabr kuni Toshkent metrosining «Uzbekiston» yunalishi bekatlarini elektr bilan taminlovchi poytakht elektr podstansiyalarida …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари