Home / Jahon / Turizm qumitasi: «Kuplab davlatlarda «Umra» safarlarini tashkil etish khususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi»
Место рекламы

Turizm qumitasi: «Kuplab davlatlarda «Umra» safarlarini tashkil etish khususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi»

3 dekabr kuni qator ijtimoiy tarmoqlar va nashrlarda Din ishlari buyicha qumita fuqarolarni Umra vizasini sokhtalashtirayotgan turfirmalardan ogohlikka chaqirgani haqida maqolalar elon qilindi. Turizmni rivojlantirish davlat qumitasi ushbu malumot yuzasidan rasmiy munosabat bilan chiqdi.

Takidlanishicha, mamlakatda ushbu jabhada yillar davomida yigilib qolgan va davom etib kelayotgan bu kabi muammoli masalalarni tizimli ravishda hal etish maqsadga muvofiqdir.

Jahon tajribasidan keltirilishicha, ziyoratchilar uchun «Umra» safarlarini tashkil etish vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan talablar asosida khususiy sektor vakillari tomonidan amalga oshiriladi. Turkiya (156 ta), Indoneziya (101 ta), Malayziya (71 ta) va qushni Qozogiston (30 taga yaqin) mamlakatlarida qonunchilik bilan mustahkamlangan aniq tartib-taomil asosida turizm faoliyati subektlari tomonidan «Umra» safarlari yuqori saviyada tashkil etib kelinadi.

«Buning natijasida esa, mazkur ziyoratni amalga oshirishga qodir bulgan kishilarning yillab navbat kutishi, safar narkhining asossiz kutarilishi, fuqarolarning aylanma yullar orqali ziyoratni amalga oshirishi va tadbirkorlik subektlarining yashirin iqtisodiyot vakillari sifatida safarlarni tashkil etishi kabi nokhush holatlarga barham berilgan», – deyiladi munosabatda. .

Aytilishicha, Uzbekistonda «Umra» safarlarini amalga oshirishni khohlovchilar sonining kupligi hamda amaldagi tartib asosida ularning khohishi tulaqonli qondirilmayotganligi sababli minglab fuqarolarimiz mavjud tartibni chetlab utgan holda turizm tashkilotlari va boshqa vositachi shakhslar orqali muqaddas ziyoratlarini tashkillashtirishiga olib kelmoqda.

Malumotlarga kura, 2018-2019 yilgi mavsumda Uzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan qancha fuqaro «Umra» ziyoratini amalga oshirgan bulsalar, deyarli shuncha fuqaro Qozogiston, Qirgiziston, Turkiya, BAA kabi mamlakatlar orqali «Umra» safarini amalga oshirishgan.

«Shuni alohida takidlash kerakki, bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish faqatgina turli cheklovlarni urnatish orqali emas, balki fuqarolarimizda muqaddas ziyoratlarni amalga oshirishga bulgan ehtiyojning kattaligini inobatga olgan holda, ularning salomatligi va khavfsizligini taminlash hamda fuqarolarning mavjud tartibni chetlab utishlarini oldini olish maqsadida «Umra» ziyoratlarini bozor munosabatlari va fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkillashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi», – deyiladi Turizm qumitasi rasmiy munosabatida

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

Britaniya qirolichasining kuchmas mulklari qiymati 700 mln dollarga pasaydi

Buyuk Britaniya qirolichasi manfaatlari ostida London garbi va mamlakatning qishloq hududlaridagi kuchmas mulklarni boshqaruvchi Britaniya …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари