Home / Iqtisodiyot / «Tulovga qobiliyatsizlik tugrisida»gi qonun loyihasi elon qilindi
Место рекламы

«Tulovga qobiliyatsizlik tugrisida»gi qonun loyihasi elon qilindi

Qonunning maqsadi yuridik shakhslar, fuqarolar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlarning tulovga qobiliyatsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Uzbekiston Respublikasining “Tulovga qobiliyatsizlik tugrisida”gi Qonuni loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Qayd etilishicha, tulovga qobiliyatsizlik – iqtisodiy sud tomonidan etirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari buyicha kreditorlar talablarini tula hajmda qondirishga va (yoki) majburiy tulovlar buyicha uz majburiyatini tula hajmda bajarishga qodir emasligi.

Tulovga qobiliyatsizlik tugrisidagi ish yuritish jarayoni boshlangan sanadan etiboran vujudga keladigan pul majburiyatlari va (yoki) majburiy tulovlar ushbu Qonunning maqsadlari uchun, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bulmasa joriy tulovlar hisoblanadi.

Kreditorlarning joriy tulovlari buyicha talablari kreditorlar talablari reestrida aks ettirilmaydi.

Tulovga qobiliyatsizlik tugrisida ish yuritish paytida kreditorlarning joriy tulovlari buyicha talablarini qondirish Uzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi va tulovga qobiliyatsizlik tugrisidagi ishni kurib chiqqan iqtisodiy sud tomonidan kurib chiqiladi.

Qarzdorning pul majburiyatlari buyicha kreditorlar talablarini qanoatlantirishga va (yoki) majburiy tulovlar buyicha uz majburiyatini bajarishga qodir emasligi:

agar qarzdor yuridik shakhsga nisbatan jami talablar bazaviy hisoblash miqdorining kamida uch yuz baravarini, qarzdor shaharni tashkil etuvchi korkhona hamda unga tenglashtirilgan korkhonaga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida besh ming baravarini, qarzdor fuqaroga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining kamida ikki yuz baravarini, yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa bazaviy hisoblash miqdorining kamida yuz baravarini tashkil etsa, qarzdorning tulovga qobiliyatsizlik alomatlari hisoblanadi.

Tulovga qobiliyatsizlik tugrisidagi ish iqtisodiy sud tomonidan kurib chiqiladi.

Tulovga qobiliyatsizlik tugrisidagi ish ushbu Qonun 5-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bulganda iqtisodiy sud tomonidan quzgatilishi mumkin, bundan ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Pul majburiyatlarini bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorni tulovga qobiliyatsizlik tugrisida ish quzgatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor va kreditor ega.

Qarzdor va kreditor tulovga qobiliyatsizlik tugrisida ish quzgatish haqidagi arizada qarzdorning tulov qobiliyatini tiklashga yokhud tugatishga doir taomillarni qullash zarurligini kursatishi lozim.

Majburiy tulovlar buyicha majburiyatlarni bajarmaganligi munosabati bilan qarzdorning tulovga qobiliyatsizligi tugrisida ish quzgatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga qarzdor, davlat soliq khizmati organlari, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bulgan va (yoki) pul majburiyatlari buyicha Uzbekiston Respublikasi oldida qarzi bulgan yuridik shakhslarga nisbatan tulovga qobiliyatsizlik tugrisidagi ishlar buyicha davlat organi va uning hududiy organlari ega.

Ushbu Qonunning 5-moddasida nazarda tutilgan alomatlar mavjud bulganda, qarzdor tulovga qobiliyatsizlik tugrisida ish quzgatish haqidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilishga haqli.

Agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bulmasa, qarzdor yuridik shakhs qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining qarori yokhud qarzdor mol-mulkining egasi tomonidan vakil qilingan organning qarori asosida tulovga qobiliyatsizlik haqida ish quzgatish tugrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qiladi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

lF0x9fUuEqdW524cqa4G7UFj_XvGKJyb

UzAuto Motors Rasul Kusherbaev ustidan parlamentga arz qildi

«UzAuto Motors» AJ deputat Rasul Kusherbaev ustidan parlamentga arznoma kiritgan. Bu haqda Oliy Majlis qonunchilik …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари