Home / Madaniyat / Tuylar va boshqa marosimlar utkazish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi
Место рекламы

Tuylar va boshqa marosimlar utkazish tartibini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

Prezident tuylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar utkazish tartibini buzganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

Foto: doca-tours.com

Shu yilning 17 mart kuni Uzbekiston Respublikasi prezidenti “Uzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga uzgartish va qushimchalar kiritish tugrisida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq Mamuriy javobgarlik tugrisidagi kodeks yangi 192-1-modda, yani tuylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar utkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslikda ifodalangan huquqbuzarlik bilan tuldirildi.

Unga kura, tuylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar utkazuvchi shakhs tomonidan mazkur tadbirlarni utkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik – fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining un baravari miqdorida jarima solishga sabab buladi.

Tuykhonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shakhsi tomonidan tuylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni utkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik – bazaviy hisoblash miqdorining uttiz baravari miqdorida jarima solishga sabab buladi.

Tuykhonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shakhsi tomonidan huquqbuzarlik mamuriy jazo chorasi qullanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bulsa – bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab buladi.

Qonunning mazkur qismi u rasmiy elon qilingan kundan etiboran uch oy utgach amalga kiritiladi.

Eslatib utamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Kengashi va Senati Kengashining Qushma qarori bilan qabul qilingan nizomga kura:

2020 yil 1 yanvardan boshlab:

tuylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlar faqat bir kun (dafn etish marosimi bundan mustasno) soat 06:00 va 23:00 oraligida utkaziladi.

Hududlarning sharoitlaridan kelib chiqib, khalq deputatlari tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan osh berish marosimining vaqti alohida belgilanadi.

Soat 23:00 dan keyin tuylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarni davom ettirishga yul quyilmaydi.

Tuylar, oilaviy tantanalar, maraka va marosimlarda 200 nafargacha, mazkur tadbirlar munosabati bilan osh berish marosimida 250 nafargacha kishi qatnashadi.

Qushaloq tuylarda 250 nafargacha, u bilan bogliq osh berish marosimida 300 nafargacha kishi qatnashishi mumkin.

Dafn etish va motam marosimlari kupi bilan uch kun mobaynida cheklanmagan miqdordagi fuqarolar ishtirokida utkazilishi mumkin, osh berish marosimi bundan mustasno.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

YdD1jPnB1TDaimWF56If8crsKQLb1x4R

Uzbekistonda tukhtatilayotgan tuylar, viza berishni bas qilgan AQSh, koronavirus qayd etilmayotgan Khitoy va kunning boshqa khabarlari

Yakunlanib borayotgan 20 mart juma kuni Uzbekiston va jahonda yuz bergan voqea-hodisalar hamda yangiliklarning eng …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари