Home / Siyosat / Tramp koronavirus sabab braziliyaliklarning AQShga kirishini taqiqlab quyishi mumkin
Место рекламы

Tramp koronavirus sabab braziliyaliklarning AQShga kirishini taqiqlab quyishi mumkin

Prezident Donald Tramp koronavirus bilan kasallanganlar soni buyicha dunyoda 3-urinda turgan Braziliyadan fuqarolarning AQShga kelishini taqiqlash niyatida. Bu haqda Amerika etakchisiga tayanib, Reuters khabar berdi.

Foto: Getty Images

«Men u erdan odamlar kelishini va bizning fuqarolarimizga kasallik yuqtirishini istamayman», — deydi Tramp. Shu bilan birga, u AQSh Braziliyaga yordam berayotgani va mamlakatga suniy nafas oldirish apparatlari yuborilganini malum qilgan.

Jons Hopkins universiteti malumotlariga kura, Braziliyada koronavirusga chalinganlar soni 271 885 kishiga etdi. Shunday qilib, mamlakatda kasallar soni buyicha AQSh (1 528 661) va Rossiyadan (308 705) keyin 3-urinda ketmoqda.

Avvalroq Tramp AQShda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish buyicha qayd etilayotgan yangi holatlar sezilarli darajada kamayayotganini malum qilgandi. Amerika etakchisining suzlariga kura, u koronavirusga chalinishning oldini olish uchun bezgakni davolashga muljallangan preparat — gidroksikhlorin qabul qilmoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

zz1_wFo0bS6eKPJobO8JZ1dVdUsg3Ol5

Qaysi sohalarda millionerga aylanish oson ekanligi malum buldi

Malumot berilishicha, boyligi 5 mln dollardan ortiq bulgan tadbirkorlarning aksariyati (30 foizga yaqini) uz mablaglarini …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари