Home / Jahon / Tramp Kobuldagi teraktdan keyin Afgoniston prezidenti va “Tolibon” bilan uchrashuvni bekor qildi
Место рекламы

Tramp Kobuldagi teraktdan keyin Afgoniston prezidenti va “Tolibon” bilan uchrashuvni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Kobuldagi teraktdan keyin Afgoniston prezidenti Ashraf Gani va “Tolibon” harakati etakchilari bilan 8 sentyabrga belgilangan uchrashuvini bekor qildi hamda Afgonistondagi vaziyatni tartibga solish buyicha muzokaralarda ishtirokdan voz kechdi.

5 sentyabrda Kobulning NATO qarorgohi, AQSh elchikhonasi va hukumat binolari joylashgan Shosh Darak tumanida portlash sodir etilgandi. Hujum oqibatida 12 kishi, jumladan bir amerikalik va bir ruminiyalik harbiy halok bulgan. Ushbu terakt uchun javobgarlikni “Tolibon” uz zimmasiga olgan.

Donald Trump

Trampning takidlashicha, u Afgoniston prezidenti va toliblar etakchilari bilan uzining Kemp-Deviddagi qarorgohida uchrashmoqchi bulgandi.

“Nima uchun buncha kup odam uldirishadi – muzokaralarda uz pozisiyalarini mustahkamlash uchunmi? Ular bunga erishmadilar, aksincha uzlariga yomonroq qildilar. Ular bu muhim muzokaralar vaqtida ut ochishni tukhtatishga kelisha olmasalar va hattoki 12 nafar begunoh odamni uldirishga borsalar, ular kurinishicha kattaroq kelishuvga erishishga qodirmaslar. Ular yana necha un yillab jang qilmoqchilar?”, deb aytgan Tramp.

Qatarda AQSh va “Tolibon” urtasida utgan okhirgi muzokaralarda kelishuv imzolangandan keyin AQSh qushinlarining Afgonistondagi 5 ta bazani 135 kun ichida tark etishiga kelishib olingandi.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

LUjhdQJyZ4S1f51Bxk3uhW41UKivjRVs

Bayden ilk bor Trampga impichment elon qilishga chaqirdi

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Jo Bayden Ukraina rahbariyatidan uning ugli Khanter Baydenga nisbatan tergov utkazilishiga …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари