Home / Jahon / Tramp Eronga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi
Место рекламы

Tramp Eronga qarshi sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp 14 noyabrdan Eronga qarshi sanksilarni kuzda tutuvchi favqulodda vaziyat rejimini yana bir yilga uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Oq uy malum qildi.

Tramp AQShning Eron bilan munosabatlari yakhshilanmagani, 1981 yil 19 yanvarda ikki davlat imzolangan kelishuvlar hali ham amalga oshirilish bosqichida ekanini aytgan. Gap AQSh va Eron urtasidagi Jazoir kelishuvi haqida borib, u 1979 yilda Erondagi inqilobdan keyin Tehronda bir yildan kuproq garovda ushlab turilgan amerikaliklarning ozod qilinishiga olib kelgan.

Donald Trump

1979 yil 14 noyabrda AQShning 39-prezidenti Jimmi Karter Tehronda amerikaliklarning ushlab turilishiga javoban 12170-farmonni imzolagan. Unga kura, AQSh moliya vazirligiga Eronning AQShdagi barcha rasmiy aktivlarini, jumladan AQSh banklari va ularning khorijiy filiallaridagi hisobraqamlarini bloklash buyurilgan. Bu Eronga qarshi ilk iqtisodiy choralar kiritilishi bulgan.

1980 yil 7 aprelda Karter Eron bilan barcha diplomatik aloqalarni uzgan va AQShdan Eronga barcha tovarlar eksportini taqiqlagan. Sungra Erondan AQShga tovarlar importi va amerikaliklarning Eronga safarlari taqiqlangan. AQShning keyingi prezidentlari bu sanksiyalarni faqatgina qatiylashtirib borishgan.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

96003b76d7beec66b4931c422bed101b

Avraam Linkolnni kiyintirgan 200 yillik tarikhga ega brend bankrot buldi

AQShning uzoq yillik tarikhga ega kompaniyalaridan biri Brooks Brothers bankrotga uchradi. 202 yil davomida ushbu …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари