Uchrashuv kun tartibida Uzbekiston Respublikasi «Yul harakati khavfsizligi tugrisida»gi qonunining 6-moddasi asosida ilk marotaba yul harakati khavfsizligini taminlashning hududiy dasturini qabul qilish masalasi buldi.

Yigilishda Toshkent shahar hokimiyati yuqoridagi qonunni amalga oshirishning quyidagi Dasturini taklif qildi.

Khususan:

1. Ijtimoiy obektlar (maktablar, maktabgacha talim muassasalari, institutlar, poliklinikalar) va odamlar ommaviy ravishda tuplanadigan joylar (parklar, savdo-kungilochar markazlari, bozorlar, teatrlar, stadionlar, konsert zallari, masjidlar, cherkovlar, tuy tantanalari utkazish joylari, biznes markazlar, supermarketlar) oldidagi er usti utish joylarida tezlikni

— har bir harakat tomoni uchun 3 va undan kup polosalar bulgan holda 50 km/soatgacha;

— har bir harakat tomoni uchun 1 yoki 2 va undan kup polosalar bulgan holda 30 km/soatgacha pasaytirish;

2.Barcha ijtimoiy obektarda yul belgilari mavjudligi va ularning GOST 23457-86ga muvofiqligini inventarizasiya qilish. Inventarizasiya utkazilganidan sung «Yul kharakatini boshqarishning tekhnik vositalarini urganish va foydalanish departamenti» DUK tomonidan kamchiliklarning bartaraf etilganligi haqida kerakli kursatmalar berish;

2. Harakatlanuvchi tomonlarning har biri uchun 2 va undan ortiq miqdordagi polosalar mavjud bulgan barcha yul usti piyodalar utish joylarida sfetoforlarining majburiy ravishda mavjud bulishi;

3. Transport oqimlarini ajratuvchi utish qismining urtasida urnatilgan tusiqlarni piyodalar utish joylari, qayrilishlar oldida, shuningdek, kuchalar kesishuvida kurishni cheklashi jihatidan urganib chiqish. Muammoli uchastkalardagi tusiqlarni olib tashlash yoki ularning balandligini pasaytirish buyicha aniq takliflar kiritish;

4. Barcha er usti va er osti piyodalar utish yullarini eskalator, lift va panduslar borligi jihatidan inventarizasiyadan utkazish. Bunda barcha er usti piyodalar utish yullarida eskalator, panduslar va liftlarning bor bulishi (imkoniyati cheklangan kishilar uchun), barcha er osti utish yullarida imkoniyati cheklangan kishilar uchun panduslarning mavjud bulishi majburiy talab ekanligini hisobga olish;

5. Barcha piyodalar utish svetofor obektlarini qolgan vaqtni teskarisiga hisoblovchi taymerli svetofor obektlariga bosqichma-bosqich almashtirish;

6. Barcha tonnel, kuprik, yul utkazgich, estakadalar oldida, shuningdek, aylanma harakatlanish joylarida «Dastlabki yunalish kursatkichlarini» urnatish;

7. OAV va bush turgan reklama konstruksiyalari orqali YHQ targibotini kupaytirish;

8. Harakat tigiz bulgan chorrahalar va uch va undan kup harakat polosalariga ega yullarni chekkadagi ung polosadan ikki bosqichda ungga tusiqlarsiz burilishni kuzda tutuvchi belgilar va yul razmetkasi bilan jihozlash;

— 1-bosqichda er usti piyodalar utish joylari mavjud bulmagan, harakat tigiz bulgan chorrahalar va uch va undan kup harakat polosalariga ega bulgan barcha yullarni jihozlash;

— 2-bosqichda harakat tigiz bulgan chorrahalar va uch va undan kup harakat polosalariga ega bulgan qolgan barcha yullarni jihozlash.