Home / Jamiyat / Toshkentda 22 martdan avtobus, metro va «marshrutka»lar harakati tukhtatiladi
Место рекламы

Toshkentda 22 martdan avtobus, metro va «marshrutka»lar harakati tukhtatiladi

21 mart kuni bulib utgan Uzbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash buyicha respublika makhsus komissiyasining yigilishida 22 martdan Toshkentdagi jamoat transporti harakati vaqtincha tukhtatilishi malum qilindi.

Mazkur yigilishning 8-sonli bayonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilindi, deya khabar bermoqda poytakht hokimligi matbuot khizmati.

Unga kura:

  • 22 martdan etiboran mulkchilik shaklidan qati nazar tashuvchilar tomonidan khizmat kursatiluvchi yunalishlar buyicha Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti (avtobus, metro va yunalishli taksi) harakati vaqtinchalik tukhtatiladi;
  • yulovchilar gavjum yigiladigan maskanlar, metro bekatlarida Toshkent shahrida barcha jamoat transporti harakati vaqtinchalik tukhtatilganligi tugrisida malumotlar beriladi;
  • shahardagi shifokhonalarning tibbiy jamoasini ishga va uyga tashish uchun, ularning khodimlari soniga kura, Toshkent shahar Sogliqni saqlash bosh boshqarmasining buyurtmalari asosida kerakli miqdorda makhsus dezinfeksiya qilingan alohida avtobuslar ajratiladi;
  • jamoat transporti urniga vaqtincha Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi (SEOM) tomonidan makhsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi;
  • har kuni yunalishga chiqqan har bir taksiga SEOM tomonidan dezinfeksiya qilinganligi haqida malumotnoma berib boriladi.

Mutasaddilarga Toshkent shahrida jamoat transporti harakati vaqtinchalik tukhtatilgan vaqtda yunalishsiz taksilarda tashish bilan shugullanuvchilar tomonidan yul haqlarini suniy ravishda oshirilishiga yul quymaslik choralarini kurish topshirildi.

Toshkent shahrida 22 martdan faqat engil avtomobillar, yani dezinfeksiya qilingan yunalishsiz taksilarda yulovchi tashilishiga rukhsat berildi. Ayni vaqtda qonuniy tarzda mazkur faoliyat bilan shugullanuvchi khujalik subektlari uzlariga tegishli bulgan avtomashinalarni shahardagi 8 ta avtobus saroyida Toshkent shahar Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi khodimlari tomonidan hech qanday tulovsiz dezinfeksiyadan utkazishlari mumkin.

«Yulovchi tashishga Toshkent shahar SEOM nazoratidan utmasdan va avtomashinasini dezinfeksiyadan utkazmasdan chiqqan haydovchilarga qonunchilikka muvofiq choralar kuriladi. Shu bilan birga barcha taksi egalaridan yul haqini oshirib yubormasdan, mutadil ushlab turish suraladi», — deyiladi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqkhujaevning murojaatida.

Malumot uchun, Uzbekistonda 21 mart soat 23:59 holatiga kura, koronavirusga chalinish bilan bogliq 41 ta holat aniqlangan. Mamlakatda 21 martdan oshkhona va choykhonalar, barcha kungilochar muassasalar faoliyati tukhtatilgan, 23 martdan sung tuylar utkazilishi taqiqlanadi. Rasmiylar aholidan zarurat bulmasa kuchaga chiqmaslikni, karantin tartibiga rioya etishni suramoqda.

Место для рекламы.

Haqqimizda

Check Also

ItGyZYW07ZFDwybCSFEopLR6VwByArHQ

Avtomobil boshqaruvida niqobsiz bulish ham jarimaga sabab buladi — IIV

Karantin davrida avtomobil boshqaruvidagi haydovchi niqobsiz harakatlanayotgani aniqlansa, ushbu holat mamuriy javobgarlikka sabab buladi, deb …

Даре уз Янгиликлар – сӯнги Ӯзбекистон хабарлари